Qodirova Gulbahor Turdievnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarmoq terminologiyasining shakllanish tamoyillari: qishloq xo‘jaligi atamalari asosida (ingliz va o‘zbek tillari qiyosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil4163
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Sobirova Ra’noxon Hakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tojiboev Ilhomjon Usmonjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillari qishloq xo‘jaligi terminologiyasi tizimining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, lingvomadaniy omillarni, semantik struktur xususiyatlarni hamda standartlash masalalarining lisoniy tadqiqidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilida agrar terminlar odatda qisqa, ixcham va qat’iy belgilangan semantik doiraga ega bo‘lib, global fan va texnologiyaga mos holda ishlatilishi hamda ular xalqaro normalar asosida standartlashgan va keng doirada qo‘llaniladigan terminlar ekani, o‘zbek tilidagi agrar terminologiya esa ko‘p hollarda tavsifiy tuzilishga ega bo‘lib, birikmaviy shaklda ifodalanishi aniqlangan;
ingliz tilidagi agrar terminlar texnik taraqqiyot va global standartlar asosida shakllangan bo‘lib, ular aniq belgilangan ilmiy tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi qishloq xo‘jaligi terminlari esa milliy dehqonchilik an’analari va xalqning tarixiy tajribasi bilan uzviy bog‘langani sababli ayrim terminlar ortida faqat ilmiy tushuncha emas, balki xalqning ijtimoiy hayoti va madaniy qadriyatlari mujassam ekani dalillangan;
ingliz tili ilg‘or lingvistik innovatsiyalar manbai sifatida namoyon bo‘lib, yangi terminlar avvalo uning tizimida shakllanishi va keyinchalik boshqa tillarga transfer qilinishi, o‘zbek tilida esa ikki xil: biri tarjima va kalkalash, ikkinchisi – milliy so‘z yasash orqali qishloq xo‘jaligi terminologiyasining boyib borishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi tarmoq terminologiyasi birliklari semantik, grammatik va leksik belgilar asosida yangilangan tasnif bo‘yicha tizimlashtirilgan va zamonaviy texnologiyalarning tarmoq terminologiyasi rivojiga ta’siri empirik dalillar bilan isbotlangan hamda yangi konseptlar uchun zarur terminlarni kiritish tamoyillari ochib berilgan;
ingliz tilidagi yangi terminlarning o‘zbek tilidagi tarmoq terminologiyasi tarkibiga moslashuv jarayonini aks ettiruvchi zamonaviy modelning asosiy bosqichlari ochib berilgan hamda milliy madaniyat va lingvistik me’yorlarga moslashtirishdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Tarmoq terminologiyasining shakllanish tamoyillari: qishloq xo‘jaligi atamalari asosida (ingliz va o‘zbek tillari qiyosida)” mavzusida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalarining joriy qilinishi:
ingliz tilidagi agrar terminlar texnik taraqqiyot va global standartlar asosida shakllangan bo‘lib, ular aniq belgilangan ilmiy tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi qishloq xo‘jaligi terminlari esa milliy dehqonchilik an’analari va xalqning tarixiy tajribasi bilan uzviy bog‘langani sababli ayrim terminlar ortida faqat ilmiy tushuncha emas, balki xalqning ijtimoiy hayoti va madaniy qadriyatlari mujassam ekani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan amalga oshirilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha (2022–2023 yillar № I-203-4) doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 20-fevraldagi № 03-14-06-868 ma’lumotnomasi).
ingliz tilida agrar terminlar odatda qisqa, ixcham va qat’iy belgilangan semantik doiraga ega bo‘lib, global fan va texnologiyaga mos holda ishlatilishi hamda ular xalqaro normalar asosida standartlashgan va keng doirada qo‘llaniladigan terminlar ekani, o‘zbek tilidagi agrar terminologiya esa ko‘p hollarda tavsifiy tuzilishga ega bo‘lib, birikmaviy shaklda ifodalanishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zMTRK “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi telekanalida tayyorlangan “Qishloq xo‘jaligi” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarida qo‘llanildi (O‘zMTRKning 2025-yil 18-fevraldagi № 05-09-199 ma’lumotnomasi). Natijada, materiallar teleauditoriyaga sohada qo‘llanilayotgan terminlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashga xizmat qildi.
ingliz tilidagi yangi terminlarning o‘zbek tilidagi tarmoq terminologiyasi tarkibiga moslashuv jarayonini aks ettiruvchi zamonaviy modelning asosiy bosqichlari ochib berilgan hamda milliy madaniyat va lingvistik me’yorlarga moslashtirishdagi samaradorligi haqida olingan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2024-yillarda bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini yaratish nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining № 1406-310208 ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha materiallari zamonaviy lingvistik yondashuvlar bilan boyitildi va ularning ilmiy hamda ta’limiy ahamiyati tasdiqlandi.
Tadqiqot asosida “Inglizcha-o‘zbekcha agronomiya va tuproqshunoslik lug‘ati” nashr etilib, agronomiya, agrokimyo, agroekologiya va tarjimonlik sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, talabalar va tadqiqotchilar uchun amaliy qo‘llanma sifatida taqdim etildi (my.gov.uz № 1009-1067-c698-49e7-90f1-5627-5751 ma’lumotnoma). Lug‘at tarkibida zamonaviy ilmiy manbalardan tizimlashtirilgan terminologik birliklar joy olgan bo‘lib, u nafaqat ta’lim jarayonida, balki ilmiy-tadqiqot va tarjima amaliyotida ham samarali foydalanish imkonini yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish