Karimova Nigora Nabievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy diagnostik zardoblarni tayyorlash asosida tif va paratif kasalliklarining tashxisotini takomillashtirish», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib 5057.
Ilmiy rahbar: Qosimov Odiljon Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori,  professor; Bazarova Gulnora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy diagnostik zardoblarni tayyorlash asosida tif va paratif kasalliklarining  tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sal`monellalarga qarshi giperimmun agglyutinlovchi  zardoblarning maxsusligi geterologik (Enterobacteriacea oilasi vakillari) va gomologik (S. typhi, S. paratyphi A, S. paratyphi V,  S.typhimurium, S.enteritidis,  S.anatum) mikroorganizmlarda isbotlangan;
sal`monellalar bilan immunizatsiyaning 28-kunida eksperimental hayvonlar qon zardobida umumiy oqsil va uning fraksiyalari (al`bumin, globulin) hamda IgG ko‘rsatkichlarining  eng yuqori bo‘lganligini e’tiborga olib, 4-haftadan so‘ng, eksperimental hayvonlardan sal`monellalarga qarshi yuqori faollikdagi zardoblarni olish mumkinligi asoslangan;
qorin tifi, paratif A va V qo‘zg‘atuvchilarining faolsizlantirilgan kul`turasi bilan tajriba hayvonlarini giperimmunizatsiyasi jarayonida globulinlar miqdorini dinamik oshishi,   diagnostik zardoblarni olishda   marker bo‘lib xizmat qilishi asoslangan; 
patologik namunalardan ajratilgan S. typhi, S. paratyphi A, S. paratyphi V larni identifikatsiyasida   polivalent, tif va paratif diagnostik zardoblaridan foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17-noyabrdagi 29/47 - sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: sal`monellalarga qarshi giperimmun agglyutinlovchi zardoblarning maxsusligi geterologik (Enterobacteriacea oilasi vakillari) va gomologik (S. typhi, S. paratyphi A, S. paratyphi V, S.typhimurium, S.enteritidis, S.anatum) mikroorganizmlarda isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIEMYuPKIATM) 2025 yil 28 yanvardagi 01/28.01.2025/UT-2 qayd raqami bilan tasdiqlangan «Qorin tifi, paratif A va V kasalliklarining serologik tashxisotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 10-fevraldagi 36 «I»-son va Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 fevraldagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17 noyabrdagi 29/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: zardoblarning maxsusligini geterologik va gomologik mikroorganizmlarda isbotlanganligi, uning yuqori sezgirligi va maxsusligidan dalolat beradi, bu esa diagnostik zardob hisobiga aholi orasida sal`monellalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni erta tashxislash natijasida ko‘proq odamlarni kasallanishini va kasallikni asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qorin tifi, paratif A va paratif V hamda sal`monellalar keltirib chiqaradigan boshqa yuqumli kasalliklar tashxisotini erta  aniqlash, yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rni va ovqatlanishi uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sal`monellalar bilan immunizatsiyaning 28-kunida eksperimental hayvonlar qon zardobida umumiy oqsil va uning fraksiyalari (al`bumin, globulin) hamda IgG ko‘rsatkichlarining  eng yuqori bo‘lganligini e’tiborga olib, 4-haftadan so‘ng, eksperimental hayvonlardan sal`monellalarga qarshi yuqori faollikdagi zardoblarni olish mumkinligini   asoslanganligi bo‘yicha takliflar RIEMYuPKIATM ning 2025 yil 28 yanvardagi 01/28.01.2025/UT-2 qayd raqami bilan tasdiqlangan «Qorin tifi, paratif A va V kasalliklarining serologik tashxisotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 10 fevraldagi 36 «I»-son va Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 fevraldagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sal`monellalarga qarshi yuqori titrdagi zardoblar yordamida kasallikni erta aniqlanishi, kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlarini va cho‘ziluvchan shakllarini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni o‘z vaqtida aniqlash orqali sal`monellalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar bilan kasallangan bemorlarda kasallikning asoratlarini va cho‘zilgan shaklini davolash uchun sarflanadigan xarajatlarini iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: qorin tifi, paratif A va V qo‘zg‘atuvchilarining faolsizlantirilgan kul`turasi bilan tajriba hayvonlarini giperimmunizatsiyasi jarayonida globulinlar miqdorini dinamik oshishi, diagnostik zardoblarni olishda marker bo‘lib xizmat qilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar RIEMYuPKIATM ning 2025 yil 28 yanvardagi 01/28.01.2025/UT-2 qayd raqami bilan tasdiqlangan «Qorin tifi, paratif A va V kasalliklarining serologik tashxisotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 10-fevraldagi 36 «I»-son va Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 fevraldagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajriba hayvonlarini qorin tifi, paratif A va V qo‘zg‘atuvchilarining faolsizlantirilgan kul`turasi bilan giperimmunizatsiyasi jarayonida globulinlar miqdorini dinamik oshishi, kasallikni o‘z vaqtida aniqlashda foydalaniladigan sezgirligi yuqori va maxsus bo‘lgan diagnostik zardoblar olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostik zardoblardan foydalanish bakteriologik tekshirishlarda foydalaniladigan boyitish muhitlariga, so‘ngra selektiv va qiyosiy diagnostik ozuqa muhitlari, molekulyar-genetik tekshirishlarda praymerlar uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologik namunalardan ajratilgan S. typhi, S. paratyphi A, S. paratyphi V larni identifikatsiyasida polivalent, tif va paratif diagnostik zardoblaridan foydalanish mumkinligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar RIEMYuPKIATM ning 2025 yil 28 yanvardagi 01/28.01.2025/UT-2 qayd raqami bilan tasdiqlangan «Qorin tifi, paratif A va V kasalliklarining serologik tashxisotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 10 fevraldagi 36 «I»-son va Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 fevraldagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17 noyabrdagi 29/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: polivalent, diagnostik zardobdan foydalanish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yiladi, tashxislash sifati yaxshilanadi va kasallikni cho‘zilgan shakliga o‘tishini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, asoratlarini va cho‘zilgan shaklini davolash uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish