Aralov G‘ayrat Muhammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda mehnat bozorini optimallashtirishning ekonometrik modellari” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4031.
Ilmiy rahbar: Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shamurotov Sabirjon Bazarbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda mehnat bozorini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda bandlik, ishsizlik, ish haqi va mehnat migratsiyasi ko‘rsatkichlari log-normallangan -2,0≤f1≤1,8; -2,6≤f2≤2,0; -1,5≤f3≤1,7 va -2,2≤f4≤1,9 chegaraviy o‘zgarish intervallariga ta’sirchan, tarmoqlararo resurs oqimi taqsimot indeksi bo‘yicha μ_X=0,394; μ_Q=0,289; μ_S=0,317 optimal parametrlariga moslangan mehnat bozorini muvozanatlashtirishning OI(μ)=∑_(m=1)^p▒(μ_m∙(n∙∑_i▒〖w_i∙v_(m,i) 〗)/(N∙∑_k▒∑_t▒f_(k,t) )) panel-klaster modeli taklif etilgan;
hududiy mehnat bozori segmentlarida kasbiy-malakaviy mos kelmaslik darajasi kompozit indeksi (PMI)ning (PMI<0,155) muvofiq, (0,155≤PMI≤0,193) qisman muvofiq, (PMI>0,193) nomuvofiq darajalari asosida intellektual resurslar oqimini optimal tarkiblashning takomillashtirilgan tizimli mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada iqtisodiy o‘sish va bandlikning o‘zaro ta’sirida kutiladigan ehtimoliy noaniqlik darajasini k_1=0,145; k_2=0,207 koeffisientlar birligiga minimallashtirish hamda aholini iste’molga marjinal moyillik ko‘rsatkichining “Decade-long” intervallarida MPC=0,57 dan MPC=0,63 gacha variatsion kengligini kuzatish asosida mehnat bozori yashirin segmentining chegaraviy holatini baholash usuli taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida mehnat bozorini optimallashtirish asosida iqtisodiy tizimni rivojlantirishning 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda mehnat bozorini optimallashtirishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarda bandlik, ishsizlik, ish haqi va mehnat migratsiyasi ko‘rsatkichlari log-normallangan -2,0≤f1≤1,8; -2,6≤f2≤2,0; -1,5≤f3≤1,7 va -2,2≤f4≤1,9 chegaraviy o‘zgarish intervallariga ta’sirchan, tarmoqlararo resurs oqimi taqsimot indeksi bo‘yicha μ_X=0,394; μ_Q=0,289; μ_S=0,317 optimal parametrlariga moslangan mehnat bozorini muvozanatlashtirishning OI(μ)=∑_(m=1)^p▒(μ_m∙(n∙∑_i▒〖w_i∙v_(m,i) 〗)/(N∙∑_k▒∑_t▒f_(k,t) )) panel-klaster modeli taklifidan Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 8-yanvardagi 07-07/314-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida mehnat bosorining xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sanoat tarmoqlaridagi 20 foizlik intellektual resurs oqimi integratsiyasini ta’minlashga erishilib, qishloq xo‘jaligida to‘plangan sifatsiz bandlikni optimal yo‘naltirish loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
hududiy mehnat bozori segmentlarida kasbiy-malakaviy mos kelmaslik darajasi kompozit indeksi (PMI)ning (PMI<0,155) muvofiq, (0,155≤PMI≤0,193) qisman muvofiq, (PMI>0,193) nomuvofiq darajalari asosida intellektual resurslar oqimini optimal tarkiblashning takomillashtirilgan tizimli mexanizmidan Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 8-yanvardagi 07-07/314-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati mehnat bozori PMI indeksi pasayishining 0,37 foiziga nisbatan intellektual resurs oqimini boshqarish samaradorligini 1 foiz nisbatda oshirishga erishilgan. Kasbiy-malakaviy muvofiqlikni kuchaytirish va maqsadli kvotalash shaffofligini ta’minlashning kuzatuv, tahlil, qaror, ijro, qayta aloqa algortmik tamoyilga asoslangan tizimli mexanizmini takomillashtirishda foydalanilgan;
mintaqada iqtisodiy o‘sish va bandlikning o‘zaro ta’sirida kutiladigan ehtimoliy noaniqlik darajasini k_1=0,145; k_2=0,207 koeffisientlar birligiga minimallashtirish hamda aholini iste’molga marjinal moyillik ko‘rsatkichining “Decade-long” intervallarida MPC=0,57 dan MPC=0,63 gacha variatsion kengligini kuzatish asosida mehnat bozori yashirin segmentining chegaraviy holatini baholash usulidan Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 8-yanvardagi 07-07/314-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida norasmiy bandlik rasmiy statistikasi va real holat o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga erishilgan. Yashirin bandlikning ekonometrik-statistik asoslangan 13,6 foizdan oshishi chegarasida mehnat bozori noaniq hajmini hamda segmentlarida tarqalish darajasini baholashda foydalanilgan;
Qashqadaryo viloyatida mehnat bozorini optimallashtirish asosida iqtisodiy tizimni rivojlantirishning 2026-2030 yillar uchun prognoz parametrlaridan Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 8-yanvardagi 07-07/314-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz parametrlaridan Qashqadaryo viloyatini jtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini baholashda va iqtisodiy o‘sishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan.