Ibragimov Dilshod Fatxullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuyish kasalligining kompleks intensiv davosida suksinasoldan foydalanish (eksperimental-klinik tadqiqotlar)», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib669.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yaqubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorqin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Juraboy Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kuyish kasalligini kompleks intensiv davolashda eksperimental va klinik sharoitlarda suksinasolni qo‘llash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuyish kasalligida patologik jarayonlarni yaqqol namoyon bo‘lish darajasi va rivojlanishining o‘ziga xosligi, davri, kuyish maydonining o‘lchami keng bo‘lgan holatlarda «Suksinasol» dori vositasi bilan infuzion terapiyaning amalga oshirishning samarali mexanizmi asoslangan;
kuyish kasalligi patologik jarayon, jarohatning og‘irlik darajasi, klinik va laborator ma’lumotlar asosida kuyish kasalligining shok davrida infuzion-transfuzion terapiya amalga oshirishning patofiziologik mexanizmi ishlab chiqilgan;
kuyish kasalligini davolashda dezintoksikatsion, antigipoksant va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan «Suksinasol» yordamida organizmning to‘qima va hujayralarini tez va samarali o‘sib kuchayib borayotgan intoksikatsiyadan, gemodinamikani yaqqol namoyon bo‘lgan buzilishlarini pasaytirish, diurezni oshirish, gipoksiyaning og‘irlik darajasini va oksidlanish stressini kamaytirishi isbotlangan;
turli jarohatlarda kuyishning darajasi natijasida patofiziologik mexanizmlar asosida davolashning samarali infuzion tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuyish kasalligining intensiv kompleks davosida suksinasolni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuyish kasalligining kompleks davosida suksinasol infuzion terapiyasini qo‘llash» usulubiy qo‘lanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 08 fevraldagi 8n-d/26 -son ma’lumotnomasi). Natijada kuyish kasalligining davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
kuyish kasalligining intensiv kompleks davosida suksinasolni qo‘llash samarasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shisholinich tez yordam ilmiy-amaliy markazi, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy amaliy markazining Jizzax filiali, Toshkent shahar 1-klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/360-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarini amaliyotga joriy etilishi «Suksinasol» yordamida organizmning to‘qima va hujayralarini tez va samarali o‘sib kuchayib borayotgan intoksikatsiyadan, gemodinamikani yaqqol namoyon bo‘lgan buzilishlarini pasaytirish, diurezni oshirish, gipoksiyani og‘irlik darajasini va oksidlanish stressini kamaytirish va bemorlar yashash sifatini oshirish imkonini bergan.