Yuldashev Nuriddin Toshmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda hayot sug‘urtasi salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5475
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vaxobov Abdurashid Rasulovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda hayot sug‘urtasi salohiyatini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayotni sug‘urta qilish polislari qo‘shimcha kredit ta’minoti sifatida qabul qilinishi, qarz oluvchining kredit skoring bazasiga hayot sug‘urtasi polisini kiritish orqali hayot sug‘urtasi polisiga ega bo‘lgan shaxslarning kredit olish shartlarini qulaylashtirish asoslangan;
hayot sug‘urtasi anderraytingida moliyaviy intizom proksi-indikatorlari, jumladan kredit tarixining sifat darajasi va rasmiy daromadlar barqarorligiga asoslangan risk-skoring tizimini joriy etish orqali sug‘urta tariflarini differensiatsiya qilish taklif etilgan;
hayot sug‘urtasining barcha biznes jarayonlarini samarali tashkil etishda sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi tarkibida blokcheyn va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali hayot sug‘urtasining ommabopligi va salohiyatini oshirish ilmiy asoslangan;
hayot sug‘urtasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash asosida hayot sug‘urtasining salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda hayot sug‘urtasi salohiyatini oshirish va rivojlantirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hayotni sug‘urta qilish polislari qo‘shimcha kredit ta’minoti sifatida qabul qilinishi, qarz oluvchining kredit skoring bazasiga hayot sug‘urtasi polisini kiritish orqali hayot sug‘urtasi polisiga ega bo‘lgan shaxslarning kredit olish shartlarini qulaylashtirish taklifi “Kafolat hayot insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kafolat hayot insurance” AJning 2025-yil 3-noyabrdagi 08-03/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayot sug‘urtasi polislarining mavjudligi qarz oluvchilarga bank kreditlarini imtiyozli va oson rasmiylashtirishga, tijorat banklarining kreditni qaytmaslik risklarini diversifikatsiya qilish hamda qarz mablag‘larini qaytish likvidliligini oshirishga, kreditga muhtoj aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi;
hayot sug‘urtasi anderraytingida moliyaviy intizom proksi-indikatorlari, jumladan kredit tarixining sifat darajasi va rasmiy daromadlar barqarorligiga asoslangan risk-skoring tizimini joriy etish orqali sug‘urta tariflarini differensiatsiya qilish taklifi “Kafolat hayot insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kafolat hayot insurance” AJning 2025-yil 3-noyabrdagi 08-03/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta xizmatlarining operatsion xarajatlarini 10 foizga pasaytirish, antiseleksiyani kamaytirish, ya’ni yuqori riskli mijozlarning “arzon tarif”ga kirib qolishini cheklash, tarif siyosatini adolatli yuritish imkoniyatini bergan;
hayot sug‘urtasining barcha biznes jarayonlarini samarali tashkil etishda sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi tarkibida blokcheyn va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali hayot sug‘urtasining ommabopligi va salohiyatini oshirish taklifi “Kafolat hayot insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kafolat hayot insurance” AJning 2025-yil 3-noyabrdagi 08-03/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali boshqaruv jarayonlarini optimal tashkil etish, anderrayting jarayonida ma’lumotlardan foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash orqali sug‘urta risklarini aniq baholash, sun’iy intellektni jalb qilish orqali sug‘urta shartnomalarini tuzish xarajatlarini kamaytirish va sug‘urta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirishga erishildi, jumladan, ish samaradorligi 11-12 foizga oshdi va sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasi 5 foizga pasaygan;
hayot sug‘urtasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash asosida hayot sug‘urtasining salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2030 yilgacha prognoz qiymatlarini ishlab chiqish taklifi “Kafolat hayot insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kafolat hayot insurance” Ajning 2025-yil 3-noyabrdagi 08-03/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayot sug‘urtasi salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning prognoz qiymatlari sug‘urta tashkilotiga kelajakdagi moliyaviy holatini yaxshiroq boshqarish va barqaror o‘sishga erishishda muhim vosita bo‘lgan.