Nasimov Fazliddin Sirojevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Byudjet tashkilotlarida ichki auditni takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4172
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tashkent International University, DSc. 03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Abduraxim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘ysunuvdagi byudjet tashkilotlari soni hamda ajratilgan mablag‘ miqdori ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda byudjet tashkilotlarida ichki audit shtatlari sonini aniqlash orqali ichki audit qamrovini oshirish taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy xavflarni boshqarish jarayonini tizimli ichki audit qilish vositasida preventiv moliyaviy nazoratni kuchaytirish orqali moliyaviy xato va kamchiliklarning oldini olish asoslangan;
ichki audit va moliyaviy nazorat tadbirlari resurs sarfini kamaytirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida axborot tizimlaridan kameral tartibda real vaqt rejimida foydalanish orqali masofaviy nazorat qamrovi va sifatini oshirish taklif etilgan;
byudjet mablag‘laridan samarali va natijador foydalanishni tizimli nazorat qilishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimining maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosini ichki audit tomonidan samaradorlik auditi orqali baholash mexanizmlarini takomillashtirish asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘ysunuvdagi byudjet tashkilotlari soni hamda ajratilgan mablag‘ miqdori ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda byudjet tashkilotlarida ichki audit shtatlari sonini aniqlash orqali ichki audit qamrovini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son “2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 4/12172-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit tuzilmalarida minimal shtatlar sonini belgilash mezonlari sifatida bo‘ysunuvdagi byudjet tashkilotlari soni hamda ajratilgan mablag‘ miqdori kiritilishiga erishilgan, hamda Transport vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda ichki audit shtatlari sonini optimallashtirishga erishilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy xavflarni boshqarish jarayonini tizimli ichki audit qilish vositasida preventiv moliyaviy nazoratni kuchaytirish orqali moliyaviy xato va kamchiliklarning oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-aprelda 279-son “Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 4/12172-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit xizmatlariga moliyaviy xavflarni boshqarish jarayonini o‘rganish va tahlil qilish vazifasi belgilanishiga erishilgan;
ichki audit va moliyaviy nazorat tadbirlari resurs sarfini kamaytirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida axborot tizimlaridan kameral tartibda real vaqt rejimida foydalanish orqali masofaviy nazorat qamrovi va sifatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100 son “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 4/12172-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 10 oyligida Transport vazirligidagi 8812 ta qiymati 226,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xavflar aniqlanishi va oldi olinishiga erishilgan;
byudjet mablag‘laridan samarali va natijador foydalanishni tizimli nazorat qilishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimining maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosini ichki audit tomonidan samaradorlik auditi orqali baholash mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-yanvardagi 4-son “O‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 4/12172-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil uchun Transport vazirligi faoliyatining 6,7 trln so‘mlik 16 ta maqsadli indikatorlari ijrosining haqqoniyligini ichki audit xizmati tomonidan baholanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish