Mirzaeva Intizor Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligining statistik tadqiqi” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5697.
Ilmiy rahbar: Sapaeva Nilufar Kadambaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maylieva Sadoqat Safayazovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligini iqtisodiy-statistik usullarini tadqiq qilish orqali, baholash usullarini takomillashtirishga hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati hududlarida tarkibiy o‘zgarishlarning ekstensiv samaradorligi sanoat ishlab chiqarish hajmiga (rx,y=0,935315, R(reg)x,y=0,088229) hamda sanoat korxonalari kengayishiga (R(reg)x,z=0,310381) yuqori ijobiy bog‘liqligi hisobiga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqada mehnat samaradorligining (SanMS) aholi jon boshiga sanoat mahsuloti o‘sishi (SanMahJB) hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat korxonalari soni o‘sishi (SanKorJB) ijobiy bog‘liqligiga (logSanMS=0,7237*logSanMahJB+0,2140*logSanKorJB) ko‘ra kichik va o‘rta sanoat zonalarini qishloq hududlarida tashkil etishda hududlar ixtisoslashuviga asoslangan tarmoqni tanlash taklifi asoslangan; 
hududlarda sanoatning qo‘shilgan qiymatdagi ulushini [〖Opt〗_j^San+〖Opt〗_j^Qur+〖Opt〗_j^Qish+〖Opt〗_j^Xiz=100%] shartga ko‘ra Urganch shahri va uning atrofidagi hududlarda kamida 30 foiz [30< ], Xazorasp va Tuproqqal’a kabi yirik korxonalar mavjud tumanlarda kamida 40 foiz [40< ], viloyatning qolgan hududlarida kamida 25 foiz [25< ] optimal darajasining quyi mezonlarini saqlash hisobiga samaradorlik ijobiy o‘zgarishini ta’minlash asoslangan;
mintaqada sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatdagi ulushi va ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligining statistik tadqiqi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar asosida:
Xorazm viloyati hududlarida tarkibiy o‘zgarishlarning ekstensiv samaradorligi sanoat ishlab chiqarish hajmiga (rx,y=0,935315, R(reg)x,y=0,088229) hamda sanoat korxonalari kengayishiga (R(reg)x,z=0,310381) yuqori ijobiy bog‘liqligi hisobiga oshirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1961-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish viloyatda tarkibiy o‘zgarishlarning ekstensiv samaradorligi sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirish va sanoat korxonalari kengayish imkonini bergan; 
mintaqada mehnat samaradorligining (SanMS) aholi jon boshiga sanoat mahsuloti o‘sishi (SanMahJB) hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat korxonalari soni o‘sishi (SanKorJB) ijobiy bog‘liqligiga (logSanMS=0,7237*logSanMahJB+0,2140*logSanKorJB) ko‘ra kichik va o‘rta sanoat zonalarini qishloq hududlarida tashkil etishda hududlar ixtisoslashuviga asoslangan tarmoqni tanlash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil  27-fevraldagi 10-09/1961-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish viloyatda kichik va o‘rta sanoat zonalarini qishloq hududlarida tashkil etishda hududlar ixtisoslashuviga asoslangan tarmoqni rivojlantirish imkonini bergan;
hududlarda sanoatning qo‘shilgan qiymatdagi ulushini [〖Opt〗_j^San+〖Opt〗_j^Qur+〖Opt〗_j^Qish+〖Opt〗_j^Xiz=100%] shartga ko‘ra Urganch shahri va uning atrofidagi hududlarda kamida 30 foiz [30< ], Xazorasp va Tuproqqal’a kabi yirik korxonalar mavjud tumanlarda kamida 40 foiz [40< ], viloyatning qolgan hududlarida kamida 25 foiz [25< ] optimal darajasining quyi mezonlarini saqlash hisobiga samaradorlik ijobiy o‘zgarishini ta’minlash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil  27-fevraldagi 10-09/1961-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish viloyatda sanoat ishlab chiqarish samardorligini bo‘yicha optimal varinatlari ishlab chiqishga imkon bergan;
mintaqada sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatdagi ulushi va ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil  27-fevraldagi 10-09/1961-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarini ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish