Turgunov Abduraxman Gulomjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixi (Andijon oblasti misolida, 1941–1991-yillar)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2341
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Xusanboy Madaminjonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Xayitov Jahongir Shodmonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot:  Namangan davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1941 – 1991-yillarda Andijon oblastidagi irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixi, bu erdagi qo‘riq va bo‘z erlarning o‘zlashtirilishi jarayonlari hamda uning natijalarini tarixiylik nuqtai nazaridan batafsil ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Irrigatsiya-melioratsiya ishlarini tashkil qilish va tartibga solish maqsadida yetakchi tashkilot – Andijon oblast suv xo‘jaligi (“Andijanoblvodxoz”) boshqarmasining tashkil qilinganligi va uning suv xo‘jaligi tashkilotlarida sug‘orish hamda erga ishlov berish tadbirlarini umumiy nazoratini bevosita amalga oshirganligi, irrigatsiya obektlarini barpo etishda ikki trest – “Andijanvodstroy” hamda “Andijanirstroy” tashkilotlarining muhim o‘ringa ega bo‘lganligi, biroq, ushbu tashkilotlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan belgilangan irrigatsion-meliorativ chora-tadbirlar rejalarining yillar kesimida to‘la va qoniqarli tarzda bajarilmaganligi asoslab berilgan;
Oblastda suv xo‘jaligini moliyalashtirish jarayonlarining Ikkinchi Jahon urushi munosabati bilan to‘xtab qolganligi va sohaga kapital mablag‘lar ajratish tadbirlarning 1950-yillardan boshlanganligi, joylarda belgilangan rejadagi mablag‘larning asliga nisbatan nomutanosibligi, 1953-yildan e’tiboran yangi erlarni o‘zlashtirish ishlariga mablag‘lar ajratishning ommalashganligi, kapital mablag‘larning etarli darajada emasligi ortidan ko‘plab hududlarni ochilmay qolib ketganligi  dalillangan;
o‘zbek xalqi mentalitetida sug‘orish ishlaridagi bunyodkorlik azal-azaldan mavjud bo‘lib kelganligi va bunda etuk tajribaga ega bo‘lgan andijonlik muhandis-gidrotexnik kadrlarning nafaqat oblastdagi irrigatsiya-melioratsiya va mexanizatsiya ishlarini amalga oshirishda, balki sug‘orish tizimi oddiy va qoloq holatda bo‘lgan – Afg‘oniston, Suriya, Mozambik va Angola kabi mamlakatlarga amaliy safarga yuborilganligi hamda ularning yirik gidroinshootlar (suv omborlari) va kanal, nasos stansiyalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish ishlarida faol qatnashganligi, sug‘orma dehqonchilik madaniyanini targ‘ib qilish, qishloq xo‘jaligining yetakchi sohasi bo‘lgan paxtachilikni jadallashtirishga katta hissa qo‘shganligi ochib berilgan;
Andijon oblastidagi qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish ishlarining paxta yakkahokimligi ta’sirida “majburiy-ixtiyoriy” tarzda kechganligi, dehqonchilikda etuk tajribaga ega bo‘lgan oilalarning cho‘l erlariga ko‘chirib keltirilganligi, biroq ko‘plab hududlarda maishiy sharoitlarning yashash uchun qoniqarli darajada bo‘lmaganligi ortidan ba’zi oilalarning o‘zlari yashab turgan ilgarigi joylariga qaytib ketganligi, o‘zlashtirilgan hududlarda paxtachilikka ixtisoslashgan rayon, kolxoz va sovxozlarning tashkil etilganligi birlamchi manbalar yordamida tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1941 – 1991-yillar davriy chegarasida Andijon oblastidagi irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Irrigatsiya-melioratsiya ishlarini tashkil qilish va tartibga solish maqsadida yetakchi tashkilot bo‘lgan Andijon oblast suv xo‘jaligi (“Andijanoblvodxoz”) boshqarmasining tashkil qilinganligi va uning suv xo‘jaligi tashkilotlarida sug‘orish hamda erga ishlov berish tadbirlarini umumiy nazoratini bevosita amalga oshirganligi, irrigatsiya obektlarini barpo etishda ikki trest – “Andijanvodstroy” hamda “Andijanirstroy” tashkilotlarining muhim o‘ringa ega bo‘lganligi bo‘yicha tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Qishloq mehnatkashlari uchun”, “Ekomuvozanat”, “Yashil makon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 05-09-1523-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning mazkur dasturlarga taqdim etilishi teletomoshabinlarda Respublika, qolaversa, sovet hukmronligining 1941–1991-yillarida Andijon oblastidagi irrigatsiya – melioratsiya ishlari tarixi bo‘yicha tasavvurlarini yanada kengaytirishga ko‘mak bergan;
Oblastda suv xo‘jaligini moliyalashtirish jarayonlarining Ikkinchi Jahon urushi munosabati bilan to‘xtab qolganligi va sohaga kapital mablag‘lar ajratish tadbirlarning 1950-yillardan boshlanganligi, joylarda belgilangan rejadagi mablag‘larning asliga nisbatan nomutanosibligi, 1953-yildan e’tiboran yangi erlarni o‘zlashtirish ishlariga mablag‘lar ajratishning ommalashganligi, kapital mablag‘larning etarli darajada emasligi ortidan ko‘plab hududlarni ochilmay qolib ketganligi  bo‘yicha dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 02-05/3797-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyurgan ixlosmandlarda Andijon viloyati suv xo‘jaligi tizimi tarixi bo‘yicha yangi tasavvurlarning shakllanishiga yordam bergan;
o‘zbek xalqi mentalitetida sug‘orish ishlaridagi bunyodkorlik azal-azaldan mavjud bo‘lib kelganligi va bunda etuk tajribaga ega bo‘lgan andijonlik muhandis-gidrotexnik kadrlarning nafaqat oblastdagi irrigatsiya-melioratsiya va mexanizatsiya ishlarini amalga oshirishda, balki sug‘orish tizimi oddiy va qoloq holatda bo‘lgan – Afg‘oniston, Suriya, Mozambik va Angola kabi mamlakatlarga amaliy safarga yuborilganligi hamda ularning yirik gidroinshootlar (suv omborlari) va kanal, nasos stansiyalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish ishlarida faol qatnashganligiga doir tadqiqot ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Qishloq mehnatkashlari uchun”, “Ekomuvozanat”, “Yashil makon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 05-09-1523-son ma’lumotnomasi). Qayd qilingan dasturlarga ilmiy xulosalarning taqdim etilishi natijasida teletomoshabinlarda 1941–1991-yillarda Andijon oblastidagi irrigatsiya tizimi tarixi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Andijon oblastidagi qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish ishlarining paxta yakkahokimligi ta’sirida “majburiy-ixtiyoriy” tarzda kechganligi, dehqonchilikda etuk tajribaga ega bo‘lgan oilalarning cho‘l erlariga ko‘chirib keltirilganligi, biroq ko‘plab hududlarda maishiy sharoitlarning yashash uchun qoniqarli darajada bo‘lmaganligi ortidan ba’zi oilalarning o‘zlari yashab turgan ilgarigi joylariga qaytib ketganligiga taalluqli tadqiqotning natijalaridan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 02-05/3797-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyurganlarda sovet davlatining Andijon oblastidagi qo‘riq erlarni o‘zlashtirishda olib borgan paxta yakkahokimligi siyosati mazmun-mohiyatini to‘la anglashiga yordam bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish