Djavotova Marjona Djamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda rahbar kadrlarning axloqiy va estetik madaniyatini rivojlantirish muammolari, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal826
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xaydarov Asliddin Nizamitdinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda rahbar kadrlar axloqiy va estetik madaniyatini yuksaltirish paradigmalarini aniqlash hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar kadrlar axloqiy va estetik madaniyatini yuksaltirishning arxitektonikasi kasbiy motivatsiya, shaxsiy axloqiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, kreativlik kabi akmeologik mezonlar bilan dialektik aloqadorligi mantiqiy dalillangan;
zamonaviy rahbar faoliyatidagi kasbiy subordinatsiya, ochiqlik, tenglik tamoyillarining konformistik garmoniyasi orqali kadrlar moslashuvchanligi, kompetentligi, boshqaruv qadriyatlariga sodiqligi, baholash va kommunikativlik mezonlarining postmodernistik paradigmalari ilmiy isbotlangan;
zamonaviy rahbar axloqiy-estetik madaniyatini belgilab beruvchi fazilat, xislat, e’tiqod, faoliyatida amal qiladigan kasbiy tamoyil kabi xususiyatlarning shakllanishida ijtimoiy islohotlar differensiatsiyasiga asoslangan strategik, innovatsion, ma’muriy, kommunikatsion va boshqaruv funksiyalarini takomillashtirish zarurligi falsafiy jihatdan asoslangan;
yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ijtimoiy islohotlar bilan rahbar axloqiy-estetik madaniyati o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va ma’naviy xavfsizlik singari umumijtimoiy manfaatlarga uyg‘un tarzda namoyon bo‘layotgani falsafaning makon va zamon kategoriyalari vositasida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rahbar kadrlar axloqiy va estetik madaniyatini yuksalishi jarayoni bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
rahbar kadrlar axloqiy va estetik madaniyatini yuksaltirishning arxitektonikasi kasbiy motivatsiya, shaxsiy axloqiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, kreativlik kabi akmeologik mezonlar bilan dialektik aloqadorligi mantiqiy dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat Iqtisodiyot va servis institutida bajarilgan 46-11/50-raqamli “Samarqand viloyatida “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha onlayn elektron ziyorat turizmi obektlari portalini yaratish” mavzusidagi oilaviy grant loyihasining belgilangan vazifalarni bajarishda, xususan, amaliy grant loyihasining 11-bandi “Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil etish” doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat Iqtisodiyot va servis institutining 2024 yil 9 martdagi 223-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyorat turizmi faoliyati bilan bog‘liq rahbar kadrlarning axloqiy ideallari zamonaviylik bilan uyg‘unlashishiga, estetik madaniyatining boshqaruvchi shaxsga xos tushunchalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
zamonaviy rahbar faoliyatidagi kasbiy subordinatsiya, ochiqlik, tenglik tamoyillarining konformistik garmoniyasi orqali kadrlar moslashuvchanligi, kompetentligi, boshqaruv qadriyatlariga sodiqligi, baholash va kommunikativlik mezonlarining postmodernistik paradigmalari ilmiy isbotlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning innovatsion omillari” mavzusidagi 2021-yilda bajarilgan 07-raqamli amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 6-dekabrdagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat boshqaruvida rahbarlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni milliy qadriyatlarga mos tarzda amalga oshishiga, zamonaviy boshqaruv mezonlarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
zamonaviy rahbar axloqiy-estetik madaniyatini belgilab beruvchi fazilat, xislat, e’tiqod, faoliyatida amal qiladigan kasbiy tamoyil kabi xususiyatlarning shakllanishida ijtimoiy islohotlar differensiatsiyasiga asoslangan strategik, innovatsion, ma’muriy, kommunikatsion va boshqaruv funksiyalarini takomillashtirish zarurligi falsafiy jihatdan asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil 27-fevraldagi 04/9-10-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, lohiha doirasida ishtirok etgan fuqarolarning rahbarlik qobiliyatini takomillashtirishga, axloqiy-estetik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ijtimoiy islohotlar bilan rahbar axloqiy-estetik madaniyati o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va ma’naviy xavfsizlik singari umumijtimoiy manfaatlarga uyg‘un tarzda namoyon bo‘layotgani falsafaning makon va zamon kategoriyalari vositasida dalillanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Mahallamiz islohotchilari” ko‘rsatuvining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-apreldagi 01-07/71-son ma’lumotnomasi). Natijada, televidenie orqali namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlarning rahbar kadrlar falsafiy dunyoqarpshini oshirishga, axloqiy-estetik bilimlar bilan boyishiga xizmat qilgan.