Karimov Dilshod Madjitovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sagittal tish-jag‘ anomaliyalarini erta aniqlash tamoyillari va profilaktikasi, tashxislash va davolashga yondashuv», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib405.

Ilmiy rahbar: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimova nomidagi Moskva davlat mediko-stomatologik universiteti  (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tishlov anomaliyalarining erta yashirin shakllarini bashoratlash va aniqlash hamda davolash oldini olish tadbirlarining samaradorligini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sagittal tish-jag‘ anomaliyalarining erta alomatlari bo‘lgan bolalarda klinik va rentgenologik tashxislashni klinik va rentgenologik parallel`  asosida bashorat qilishning retromolyar sohadagi al`veolyar o‘siq shakli, panoram rentgen suratida pastki birinchi va ikkinchi oziq tish yorib chiqish darajasi, sut tishlarning kech emirilish holatlari ko‘rinishida engillashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;

yuqori 4-tish kurtaklariga nisbatan almashinuvchi tishlovdagi sefalogramma suratida “stress” Ce – Sm ẏqiga nisbatan kurtakning mezial, distal yoki normal holda joylashuv o‘zgarishlari belgilangan;

standart sefalometrik o‘lchamlar yordamida taklif etilgan yuqori 4 tish kurtaklariga nisbatan almashinuvchi tishlovdagi sefalogramma suratida “stress” Ce – Sm ẏqiga nisbatan kurtakning joylashuv ẏlchov usuli haqiqiyligi asoslab berilgan;

sefalometrik tahlillardan olingan ishonchlilik ma’lumotlariga     asoslangan holda bolalar tish-jag‘ tizimi sagittal anomaliyalarini erta davolash uslubiyoti bemorning yoshiga nisbatan ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalar tishlovining anomaliyalari erta yashirin shakllarini bashoratlash va aniqlash hamda davolash-profilaktika chora-tadbirlari samarasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Bolalar tishlovi sagittal anomaliyalarini tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 martdagi 8n-d/98-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda tishlov anomaliyalarining yashirin shakllarini erta bosqichlarda tashxislash sifati oshishiga yordam bergan;

“Sagittal anomaliyalari bo‘lgan bolalarda davolash-profilaktika chora-tadbirlarini optimallash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 martdagi 8n-d/99-son ma’lumotnomasi). Uslubiy   qo‘llanma ushbu patologiyaning qaytalanish holatlarini 3 marotabaga qisqartirish imkonini bergan;

Sagittal tish-jag‘ anomaliyalarini erta aniqlash tamoyillari va profilaktikasi, tashxislash va davolashga yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bolalarda tishlov anomaliyalarining erta yashirin shakllarini bashoratlash va aniqlash tamoyillari hamda davolash-profilaktika chora-tadbirlarining asoslanishi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Bolalar 3-son stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar kasallik qaytalanishi 6,7% holatlarda, qiyoslash guruhida esa – 20,0% da kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish