Abdurasulov Rasulbek Nurmaxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi (1941-1945-yillar, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari misolida” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.3.PhD/Tar.946
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Babadjanov Xasan, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar davriy chegarasida) O‘zbekiston SSR Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligi tarixini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ikkinchi jahon urushi arafasida Farg‘ona vodiysida asosan paxtachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi bo‘lib, uning jami ekinlar tarkibidagi salmog‘i 72,4 foizni tashkil etgani, 1941-1942 yillarda vodiydagi kolxozlar mehnat resurslari 22 foizga qisqargani, mehnatga layoqatlilarning kamayishi respublikaning boshqa mintaqalariga qaraganda ko‘proq bo‘lgani aniqlangan, mehnatga layoqatli qishloq aholisining bunday yuqori sur’atlar bilan qisqarishi minglab kolxozchilarning frontga ketishi bilangina emas, balki yirik qurilishlarga (Farhod GESi va suv omborlari qurilishi) hamda sanoat korxonalariga ishlash uchun yuborilganligi bilan ham izohlanishi dalillangan;
kolxozlarning harbiy sharoitlarga moslashishi va faoliyatini qayta tashkil etish (paxtachilik, g‘allachilik, lavlagichilik, chorvachilik) xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan, kolxoz ishlab chiqarishining o‘zgarish dinamikasi aniqlangan, kolxozlar tomonidan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlatga etkazib berish majburiyatlarining bajarilishi tahlil qilinib, Farg‘ona vodiysi kolxozchilarining mehnat faoliyati barcha toifadagi xodimlarning o‘rtacha yillik mehnat kunlari miqdori, har bir mehnatga layoqatli kishiga to‘g‘ri keladigan davlatga topshirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdori, kolxozlarning tovarlilik darajasi kabi ko‘rsatkichlar orqali isbotlangan;
Ikkinchi jahon urushi Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligida og‘ir inqirozga sabab bo‘lgani, bu inqiroz ishchi kuchi, texnika vositalari va mineral o‘g‘itlarning etishmasligi tufayli vodiy qishloq xo‘jaligining asosi bo‘lgan paxta ekini hosildorligining pasayib ketishi; davlat ehtiyojlarini har qanday yo‘llar bilan ta’minlashga qaratilgan siyosat natijasida 1943-yilga kelib qishloq xo‘jaligining tanazzulga uchrashi; dehqonlarning moddiy ahvoli keskin yomonlashib, qishloq aholisi yarim och ahvolda kun kechirgani, davlat siyosati asosan armiya va sanoatni ta’minlashga yo‘naltirilgani sababli davlat tomonidan kolxozlarga ko‘rsatilgan yordamning juda zaifligi; urush oxiriga kelib agrar sektorning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada qisqarib ketgani kabi asosiy omillarda o‘z aksini topgani dalillangan;
urush yillaridagi qat’iy ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi armiya va sanoat manfaati yo‘lida qishloq xo‘jaligi zimmasiga og‘ir majburiyatlar yuklash hisobiga harbiy inqirozga bardosh bergani, urushning so‘nggi bosqichida, ya’ni 1944–1945-yillardagina Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligiga ma’lum darajada yordam ko‘rsatilib, zaiflashib qolgan kolxozlarning rejali ekin maydonlari qisqartirilgani, 1944-yildan e’tiboran kolxozlarning mehnat resurslarida frontdan qaytib kelgan jangchilar hamda deportatsiya qilingan xalqlar hisobiga ma’lum darajada o‘sish kuzatilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi (1941-1945-yillar, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari misolida)” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ikkinchi jahon urushi arafasida Farg‘ona vodiysida asosan paxtachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi bo‘lib, uning jami ekinlar tarkibidagi salmog‘i 72,4 foizni tashkil etgani, 1941-1942-yillarda vodiydagi kolxozlar mehnat resurslari 22 foizga qisqargani, mehnatga layoqatlilarning kamayishi respublikaning boshqa mintaqalariga qaraganda ko‘proq bo‘lgani, mehnatga layoqatli qishloq aholisining bunday yuqori sur’atlar bilan qisqarishi minglab kolxozchilarning frontga ketishi bilangina emas, yirik qurilishlarga yuborilganligi bilan ham izohlanishiga doir dissertatsiya materiallaridan Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyi bo‘limlarini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 04-05/4022-son ma’lumotnomasi). Ma’lumotlar urush yillarida mehnat resurslari taqchilligi natijasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar ko‘lamini aniqlash imkonini bergan;
kolxozlarning harbiy sharoitlarga moslashishi va faoliyatini qayta tashkil etish (paxtachilik, g‘allachilik, lavlagichilik, chorvachilik) xususiyatlari, kolxoz ishlab chiqarishining o‘zgarish dinamikasi, kolxozlar tomonidan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlatga etkazib berish majburiyatlarining bajarilishi, Farg‘ona vodiysi kolxozchilarining mehnat faoliyati barcha toifadagi xodimlarning o‘rtacha yillik mehnat kunlari miqdoriga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat birlashmasining 2025-yil 25-noyabrdagi 01-33/885-son ma’lumotnomasi). Natijalarining joriy etilishi teletomoshabinlarga Ikkinchi jahon urushi yillarida Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligi haqida, shuningdek ularning g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida yanada aniqroq bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligida og‘ir inqirozga sabab bo‘lgani, bu inqiroz ishchi kuchi, texnika vositalari va mineral o‘g‘itlarning etishmasligi tufayli vodiy qishloq xo‘jaligining asosi bo‘lgan paxta ekini hosildorligining pasayib ketishi; davlat ehtiyojlarini har qanday yo‘llar bilan ta’minlashga qaratilgan siyosat natijasida 1943 yilga kelib qishloq xo‘jaligining tanazzulga uchrashi; dehqonlarning moddiy ahvoli keskin yomonlashib, qishloq aholisi yarim och ahvolda kun kechirganiga oid ma’lumotlardan Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyi bo‘limlarini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 04-05/4022-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar urush yillarida qishloq mehnatkashlarining mashaqqatli turmush tarzini, qiyinchiliklarini keng ommaga yanada yaqindan tanishtirishiga xizmat qilgan;
urush yillaridagi qat’iy ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi armiya va sanoat manfaati yo‘lida qishloq xo‘jaligi zimmasiga og‘ir majburiyatlar yuklash hisobiga harbiy inqirozga bardosh bergani, urushning so‘nggi bosqichida, ya’ni 1944–1945 yillardagina Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligiga ma’lum darajada yordam ko‘rsatilib, zaiflashib qolgan kolxozlarning rejali ekin maydonlari qisqartirilganiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat birlashmasining 2025-yil 25-noyabrdagi 01-33/885-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarga Ikkinchi jahon urushi yillarida Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligi haqida, shuningdek ularning g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.