Ruzikulova Maftunaxon Yuldashevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  Markaziy Farg‘onaning sug‘orilishi tarixi (1950–1991-yillar) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar232.
Ilmiy maslahatchi: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Rahimova Gulchexra Sobirjonovna  tarix fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot:  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  1950 – 1991-yillarda Markaziy Farg‘onadagi qo‘riq, bo‘z erlarning o‘zlashtirilishi tarixi, hududda amalga oshirilgan sug‘orish-o‘zlashtirish tadbirlari natijalarini tarixiylik nuqtai nazaridan batafsil ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Farg‘ona sug‘orish tizimida sovet davrida agrar siyosatning to‘liq hukmronligi ostida amalga oshirilib uning mustamlakachilik xarakteridagi “paxta yakkahokimligi – o‘zlashtirish – ko‘chirish” tadbirlari bilan uzviy bog‘liq holda kechganligi va mazkur tadbirlarning an’anaviy almashlab ekish tizimini barbod qilganligi, hududdagi barcha irrigatsion-meliorativ ishlarning hamda mavjud gidroinshootlarning Ittifoq paxtachilik manfaatlariga to‘laligicha bo‘ysundirilib, unga doimiy xizmat qilganligi asoslab berilgan; 
hududdagi cho‘llarni sug‘orish-o‘zlashtirish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilganligi, birinchi bosqich (1953 – 1963-yillar)da oilalarning hududga “ixtiyoriy-majburiy” ko‘chirilganligi, sug‘oriladigan erlarning irrigatsiya-melioratsiya jihatidan tayyorlanganligi, yangi sug‘orma maydonlarni qaytadan tekislanganligi, yo‘llar barpo qilinganligi, qurilish tashkilotlari hamda yangidan barpo etilgan sug‘orish tizimlaridan foydalanuvchi organlar uchun fuqaro qurilishi obektlari qurilib foydalanishga topshirilganligi, ikkinchi bosqich (1963 – 1973-yillar)da esa avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, ko‘chma kolxozlar uchun turar-joy binolari, madaniy-maishiy binolar, kolxoz posyolkalarida xo‘jalik-ishlab chiqarishiga mos obektlar qurilganligi, artezian quduqlari qazilganligi, vodoprovodlar qurilib, elektrlashtirish ishlari olib borilganligi dalillangan;
hosildorlik sifatiga e’tibor berilmagani holda paxta ekin maydonlarining ekstensiv tarzda kengaytirilishi cheksiz miqdorda suv va mehnat resurslari talab qilganligi, shu sababli ularni muntazam suv manbalari bilan ta’minlash maqsadida haddan ziyod suv xo‘jaligi obektlarining barpo qilinganligi hamda mazkur qurilish ishlariga kapital mablaglar sarflashning tobora o‘sib borganligi, taassufki, bu moliyalashtirish jarayonlarida markazning Markaziy Farg‘ona tabiiy ehtiyojlarini u qadar inobatga olmaganligi ortidan Bo‘z va Yozyovon rayonlaridagi paxta maydonlarida shorlanish jarayonlari sodir bo‘lganligi oqibatida ularning qishloq xo‘jaligi oborotidan butunlay chiqib ketganlgi ochib berilgan; 
sug‘oriladigan maydonlardagi er osti sizot (grunt) suvlari sathini pasaytirish maqsadida oblastlarda drenaj, kanallar hamda nasos stansiyalarining qurilishi suvning tabiiy muvozanatini asta-sekin buzilishiga sezilarli ta’sir qilganligi, ularning atrof-muhit va ekologik muammolarning keltirib chiqarganligi, suv omborlari zaxiralarining inson omili uchun emas, aksincha asosan paxtachilik ehtiyojiga xizmat qilishga sarflanganligi, nasos stansiyalarining qurilishi va ular orqali suv resurslaridan cheksiz foydalanilganligi sababli oxir-oqibat suv taqchilligi muammosini keltirib chiqarganligi isbotlangan;
asriy an’analarga ega bo‘lgan sug‘orma dehqonchilik madaniyatining tadqiq qilingan davrda ham hududda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bois irrigatsiya-melioratsiya sohalari uchun yuqori malakali va o‘rta bo‘gin mutaxassis kadrlarning muntazam ravishda tayyorlanib kelinganligi, ularning qishloq xo‘jaligi hamda sug‘orish tizimini taraqqiy ettirishga muhim hissa qo‘shganligi, ammo suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar kadrlari aksariyat qismining rusiyzabon muhandis-gidrotexniklardan iborat bo‘lganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1950 – 1991-yillar davriy chegarasida Markaziy Farg‘onaning sug‘orilishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Markaziy Farg‘ona sug‘orish tizimida sovet davrida agrar siyosatning to‘liq hukmronligi ostida amalga oshirilib uning mustamlakachilik xarakteridagi “paxta yakkahokimligi – o‘zlashtirish – ko‘chirish” tadbirlari bilan uzviy bog‘liq holda kechganligi va mazkur tadbirlarning an’anaviy almashlab ekish tizimini barbod qilganligi, hududdagi barcha irrigatsion-meliorativ ishlarning hamda mavjud gidroinshootlarning Ittifoq paxtachilik manfaatlariga to‘laligicha bo‘ysundirilib, unga doimiy xizmat qilganligiga doir tadqiqot ma’lumotlaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyining ko‘rgazmalarida namoyish etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 29-iyuldagi 04-05/3056-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar fondlarda saqlanayotgan mavzuga oid eksponatlarning ilmiy tavsiflarini to‘ldirishga ko‘mak bergan;
hududdagi cho‘llarni sug‘orish-o‘zlashtirish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilganligi, birinchi bosqich (1953 – 1963-yillar)da oilalarning hududga “ixtiyoriy-majburiy” ko‘chirilganligi, sug‘oriladigan erlarning irrigatsiya-melioratsiya jihatidan tayyorlanganligi, yangi sug‘orma maydonlarni qaytadan tekislanganligi, yo‘llar barpo qilinganligi, qurilish tashkilotlari hamda yangidan barpo etilgan sug‘orish tizimlaridan foydalanuvchi organlar uchun fuqaro qurilishi obektlari qurilib foydalanishga topshirilganligi, ikkinchi bosqich (1963 – 1973-yillar)da esa avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, ko‘chma kolxozlar uchun turar-joy binolari, madaniy-maishiy binolar, kolxoz posyolkalarida xo‘jalik-ishlab chiqarishiga mos obektlar qurilganligi, artezian quduqlari qazilganligi, vodoprovodlar qurilib, elektrlashtirish ishlari olib borilganligi bo‘yicha tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil may va oktyabr oylaridagi “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari  ssenariysini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 28-noyabrdagi 05-09-1924-son ma’lumotnomasi). Ushbu dasturlarda qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarda Markaziy Farg‘onadagi sug‘orish-o‘zlashtirish ishlari, suv xo‘jaligi qurilishi haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan; 
hosildorlik sifatiga e’tibor berilmagani holda paxta ekin maydonlarining ekstensiv tarzda kengaytirilishi cheksiz miqdorda suv va mehnat resurslari talab qilganligi, shu sababli ularni muntazam suv manbalari bilan ta’minlash maqsadida haddan ziyod suv xo‘jaligi obektlarining barpo qilinganligi hamda mazkur qurilish ishlariga kapital mablaglar sarflashning tobora o‘sib borganligi, taassufki, bu moliyalashtirish jarayonlarida markazning Markaziy Farg‘ona tabiiy ehtiyojlarini u qadar inobatga olmaganligi ortidan Bo‘z va Yozyovon rayonlaridagi paxta maydonlarida sho‘rlanish jarayonlari sodir bo‘lganligi oqibatida ularning qishloq xo‘jaligi oborotidan butunlay chiqib ketganlgi bo‘yicha tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil may va iyun oylaridagi “Qishloq mehnatkashlari uchun” dasturini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-966-son ma’lumotnomasi). Ushbu dasturda qo‘llanilgan natijalar sovet hukmronligi davri Farg‘ona vodiysi irrigatsiyasi tarixini anglash va yanada chuqurroq o‘rganishga hissa qo‘shgan;
sug‘oriladigan maydonlardagi er osti sizot (grunt) suvlari sathini pasaytirish maqsadida oblastlarda drenaj, kanallar hamda nasos stansiyalarining qurilishi suvning tabiiy muvozanatini asta-sekin buzilishiga sezilarli ta’sir qilganligi, ularning atrof-muhit va ekologik muammolarning keltirib chiqarganligi, suv omborlari zaxiralarining inson omili uchun emas, aksincha asosan paxtachilik ehtiyojiga xizmat qilishga sarflanganligi, nasos stansiyalarining qurilishi va ular orqali suv resurslaridan cheksiz foydalanilganligi sababli oxir-oqibat suv taqchilligi muammosini keltirib chiqarganligi bo‘yicha ilmiy natijalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyining ko‘rgazmalarida atroflicha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 29-iyuldagi 04-05/3056-son ma’lumotnomasi).Natijada Markaziy Farg‘onaning suv chiqmaydigan adirliklardagi sug‘orma maydonlarida nasos stansiyalaridan muntazam foydalanib borishning ortishi oqibatida paxta yakkahokimligi siyosatining yanada kuchayib borganligi, mavjud suv resurslaridan me’yoridan ortiq darajada foydalanilishi suv tanqisligi muammosining keltirib chiqarganligi bilan bog‘liq masalalarni haqqoniy yoritib berishga ko‘maklashgan;
asriy an’analarga ega bo‘lgan sug‘orma dehqonchilik madaniyatining tadqiq qilingan davrda ham hududda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bois irrigatsiya-melioratsiya sohalari uchun yuqori malakali va o‘rta bo‘gin mutaxassis kadrlarning muntazam ravishda tayyorlanib kelinganligi, ularning qishloq xo‘jaligi hamda sug‘orish tizimini taraqqiy ettirishga muhim hissa qo‘shganligi, ammo suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar kadrlari aksariyat qismining rusiyzabon muhandis-gidrotexniklardan iborat bo‘lganligi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Badiiy Kengashi hisobot yig‘ilishida, tarixchilar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida hamda Markaziy Farg‘ona irrigatsiyasining sovet davri tarixiga doir muhokamalarda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2025-yil 1-dekabrdagi 01-03/536-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning uyushmaga taqdim etilishi natijasida sovet hukmronligining 1950–1991-yillari mobaynida Farg‘ona vodiysidan etishib chiqqan muhandis-gidrotexniklarning suv xo‘jaligi tizimini rivojlantirishga hamda irrigatsiya obektlari qurilishlariga hissa qo‘shganligi bo‘yicha tasavvurlarni boyitishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish