Ravshanov Davron Mavlonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya meningiomalari bilan og‘rigan bemorlarning reabilitatsion salohiyatini prognoz qilish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6267.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Achkasov Evgeniy Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: «Astana tibbiyot universiteti» (Qozog‘iston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nevrologik, neyropsixologik va fiziologik ko‘rsatkichlarni har tomonlama baholashga asoslanadigan bosh miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya salohiyatini bashorat qilishning klinik-funksional modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor funksional va kognitiv shkalalar (FIM, Barthel, MoCA, FAB), neyrovizualizatsion tahlil (o‘smaning joylashuvi va hajmi, peritumoral shish indeksi) va HRV avtonom regulyasiyasini baholash (SDNN, RMSSD, LF/HF, Stress Index) yordamida bosh miya meningiomalarini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashdan keyin bemorlarda reabilitatsiya salohiyatining prognostik modeli samaradorligi isbotlangan; 
bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning tizimli tahlili orqali, PShI, yurak ritmi o‘zgaruvchanligi, bemor yoshi va operatsiyadan oldingi kognitiv holat (MoCA) natijalarni bashoratlovchi mustaqil prognostik ko‘rsatkich ekanlagi aniqlanib reabilitatsiya salohiyatini baholashda ishonchli neyrovegetativ markerlar sifatida asoslangan;
reabilitatsiya natijalarini oldindan baholash va prognozlash imkonini beradigan RP-Index integral klinik indeksi ishlab chiqilib bemorlarning reabilitatsiya imkoniyatlarini erta bosqichda baholash, individual reabilitatsiya samaradorligini oshirishi isbotlangan;
bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda yuqori, o‘rta va past reabilitatsiya salohiyati guruhlarini ajratish va reabilitatsiya hajmi/intensivligini aniqlash imkonini beruvchi RP-Index ni ≥65 ball, 45-64 ball va <45 ball oralig‘ida amaliy stratifikatsiya qilish zarurati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2026 yil 5 martdagi 4-sonli yig‘ilish bayonnomasiga № 04/08 xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor funksional va kognitiv shkalalar (FIM, Barthel, MoCA, FAB), neyrovizualizatsion tahlil (o‘smaning joylashuvi va hajmi, peritumoral shish indeksi) va HRV avtonom regulyasiyasini baholash (SDNN, RMSSD, LF/HF, Stress Index) yordamida bosh miya meningiomalarini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashdan keyin bemorlarda reabilitatsiya salohiyatining prognostik modeli samaradorligi isbotlangan bo‘lib, SamDTU Ilmiy Kengashining 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarda RP-INDEX asosida reabilitatsiyani klinik-funksional rejalashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 198-ich-son hamda Navoiy viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 66 i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: RP-Indexni qo‘llash tiklovchi davolash va yo‘naltirishni (statsionar/ambulatoriya bosqichi) aniqroq va o‘z vaqtida rejalashtirishni ta’minlaydi, funksional tiklanishni tezlashtiradi, nogironlik darajasini va operatsiyadan keyingi ijtimoiy dezadaptatsiya davomiyligini kamaytiradi. Bu usul hayot sifatini, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va mehnat hamda oilaviy faoliyatga qaytish qobiliyatini oshiradi, shuningdek, qarindoshlar va parvarish qiluvchi shaxslarga tushadigan ruhiy-hissiy yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: RP-Index dan foydalanish reabilitatsiya hajmi va intensivligini qulaylashtirish, shifoxonada davolanish muddatini va takroriy murojaatlar sonini kamaytirish, samarasiz davolanishlar va uzoq muddatli parvarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalar miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya potensialini belgilovchi omillarni tushunishni osonlashtiradi va struktur (jumladan, peritumoral shish), neyropsixologik (MoCA/FAB) va neyrovegetativ (HRV) mezonlarga asoslangan kompleks baholash zarurligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, RP-Index ni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish salbiy funksional natijalar xavfini erta tabaqalashtirish, reabilitatsiya dasturlarini shaxsiylashtirish va yo‘naltirishni optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratadi, bu esa pirovardida funksional natijalar va hayot sifatini yaxshilaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: reabilitatsiya natijalarini oldindan baholash va prognozlash imkonini beradigan RP-Index integral klinik indeksi ishlab chiqilib bemorlarning reabilitatsiya imkoniyatlarini erta bosqichda baholash, individual reabilitatsiya samaradorligini oshirishi isbotlangan bo‘lib, unga oid takliflar SamDTU Ilmiy Kengashining 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarda RP-INDEX asosida reabilitatsiyani klinik-funksional rejalashtirish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 198-ich-son hamda Navoiy viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 66 i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: maqsadli reabilitatsiyani o‘z vaqtida tayinlashni peritumoral shish, kognitiv holat va HRV bo‘yicha xavfni erta saralash ta’minlaydi, buning natijasi o‘laroq doimiy nogironlik darajasi pasayadi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning tiklanishini tezlashadi, hayot sifati yaxshilanadi hamda oilalar va tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga tushadigan yuklama kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: erta bashoratlovchi saralash (RP-Index) va individuallashtirilgan yo‘naltirishni joriy etish davolanish xarajatlarni kamaytiradi va reabilitatsiya samaradorligini oshiradi; IS (6 oy) = (800000 - 250000) - 175000 = 375000 so‘m (6 oyda bir bemor uchun iqtisod). Xulosa: olingan natijalar miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya potensialini belgilovchi omillarni tushunishni osonlashtiradi va struktur (jumladan, peritumoral shish), neyropsixologik (MoCA/FAB) va neyrovegetativ (HRV) mezonlarga asoslangan kompleks baholash zarurligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, RP-Index ni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish salbiy funksional natijalar xavfini erta tabaqalashtirish, reabilitatsiya dasturlarini shaxsiylashtirish va yo‘naltirishni optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratadi, bu esa pirovardida funksional natijalar va hayot sifatini yaxshilaydi;  
uchinchi ilmiy yangilik: Reabilitatsiya natijalarini oldindan baholash va boshqarishni takomillashtirish maqsadida RP-Index integral klinik indeksi ishlab chiqildi va uning yuqori prognostik qiymati klinik jihatdan tasdiqlandi. Ushbu indeks bemorlarning reabilitatsiya imkoniyatlarini erta bosqichda baholash, individual reabilitatsiya strategiyasini shakllantirish va davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan bo‘lib, u SamDTU Ilmiy Kengashining 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya meningiomalari bo‘lgan bemorlarda RP-INDEX asosida reabilitatsiyani klinik-funksional rejalashtirish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 198-ich-son hamda Navoiy viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 66 i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: RP-Index algoritmini qo‘llash reabilitatsion chora-tadbirlarni erta va shaxsga yo‘naltirilgan holda tayinlashni ta’minlaydi, mustaqillikni turg‘un yo‘qotish xavfini kamaytiradi, bemorlar odatdagi kundalik va mehnat faoliyatiga qaytishini tezlashtiradi, oilalar va tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlavchi ijtimoiy sohaga tushadigan yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiyani optimal yo‘naltirish va dozalash shifoxonada davolanish va takroriy gospitalizatsiya davomiyligini qisqartiradi, umumiy xarajatlarni kamaytiradi; ish qobilyatini yo‘qotishlarni kamaytirish orqali iqtisodiy foyda: IS = yiliga 2400000 – 1200000 = 1200000 so‘m (bir bemor uchun). Xulosa: olingan natijalar miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya potensialini belgilovchi omillarni tushunishni osonlashtiradi va struktur (jumladan, peritumoral shish), neyropsixologik (MoCA/FAB) va neyrovegetativ (HRV) mezonlarga asoslangan kompleks baholash zarurligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, RP-Index ni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish salbiy funksional natijalar xavfini erta tabaqalashtirish, reabilitatsiya dasturlarini shaxsiylashtirish va yo‘naltirishni optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratadi, bu esa pirovardida funksional natijalar va hayot sifatini yaxshilaydi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda yuqori, o‘rta va past reabilitatsiya salohiyati guruhlarini ajratish va reabilitatsiya hajmi/intensivligini aniqlash imkonini beruvchi RP-Index ni ≥65 ball, 45-64 ball va <45 ball oralig‘ida amaliy stratifikatsiya qilish zarurati isbotlangan. Unga oid takliflar SamDTU Ilmiy Kengashining 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda RP-INDEX  asosida reabilitatsiyani klinik-funksional rejalashtirish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 198-ich-son hamda Navoiy viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2025 yil 1 dekabrdagi 66 i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: chegaraviy mezonlarni qo‘llash xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida maqsadli reabilitatsiyani tayinlashni ta’minlaydi, mustaqillikni butunlay yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishni tiklashni va ijtimoiy hamda mehnat faoliyatiga qaytishni tezlashtiradi, oilalar va tibbiy-ijtimoiy yordam tizimiga tushadigan yukni engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniq tabaqalashtirish va reabilitatsiyani oqilona tayinlash kasalxonada yotish muddatlarini, takroriy murojaatlarni va uzoq muddatli parvarish xarajatlarini qisqartiradi; algoritmni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi 160 foizni tashkil etadi. Xulosa: olingan natijalar miya meningiomasi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya potensialini belgilovchi omillarni tushunishni osonlashtiradi va struktur (jumladan, peritumoral shish), neyropsixologik (MoCA/FAB) va neyrovegetativ (HRV) mezonlarga asoslangan kompleks baholash zarurligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, RP-Index ni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish salbiy funksional natijalar xavfini erta tabaqalashtirish, reabilitatsiya dasturlarini shaxsiylashtirish va yo‘naltirishni optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratadi, bu esa pirovardida funksional natijalar va hayot sifatini yaxshilaydi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish