Anvarjonov Ahrorjon Ahadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasi” 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6297
Ilmiy rahbar: Abdunazarov Lutfullo Mamanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Qurbonov Jasurbek Akmaljonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mazmuni (talab, jarayon, metodik ta’minot va didaktik shart-sharoitlar), tarixiy jarayon dinamikasini o‘rganish usullari (manba tahlili, muhokama va munozara, tarixiy vaziyat mohiyatini turli aspektlarda tahlil qilish)ni ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etish asosida aniqlashtirilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasi “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida tarixiy narrativlarga baho berish, tarixiy jarayon dinamikasini tushunish, tarixiy manbaa va materillar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni intensiv loyihalash (tarixiy manbaalarni, ma’lumotlarni va matnlarni taqqoslash, germenevtik tahlil etish, turli tarixiy manbaalardagi ziddiyatlilikni aniqlash) asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qish, o‘quv loyihalari), kognitiv (tarix falsafasini o‘rganish, tushunish, metod sifatida o‘zlashtirish va qo‘llash) munosabatni qaror toptirishning komponentlari integratsiyasi ustuvorligi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishda tarixiy-falsafiy yondashuvning namoyon bo‘lish darajalari (tushunish, anglash, munosabat, yondashuv) va tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalarini o‘zlashtirish bosqichlari (bilim, faoliyat, qadriyat) tarixiy-falsafiy fanlar va metodlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mazmuni (talab, jarayon, metodik ta’minot va didaktik shart-sharoitlar), tarixiy jarayon dinamikasini o‘rganish usullari (manba tahlili, muhokama va munozara, tarixiy vaziyat mohiyatini turli aspektlarda tahlil qilish)ni ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etish asosida aniqlashtirishga oid takliflari “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan 545984 raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirishning mazmuni, mohiyati va pedagogik zarurati ilmiy jihatdan asoslangan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasi “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida tarixiy narrativlarga baho berish, tarixiy jarayon dinamikasini tushunish, tarixiy manbaa va materillar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni intensiv loyihalash (tarixiy manbaalarni, ma’lumotlarni va matnlarni taqqoslash, germenevtik tahlil etish, turli tarixiy manbaalardagi ziddiyatlilikni aniqlash) asosida takomillashtirishga oid takliflari “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan 545984 raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qish, o‘quv loyihalari), kognitiv (tarix falsafasini o‘rganish, tushunish, metod sifatida o‘zlashtirish va qo‘llash) munosabatni qaror toptirishning komponentlari integratsiyasi ustuvorligi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan 545984 raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va amaliy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalariga doir bilimlarni “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishda tarixiy-falsafiy yondashuvning namoyon bo‘lish darajalari (tushunish, anglash, munosabat, yondashuv) va tarix falsafasining zamonaviy konsepsiyalarini o‘zlashtirish bosqichlari (bilim, faoliyat, qadriyat) tarixiy-falsafiy fanlar va metodlar integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” dasturlarining ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 28-noyabrdagi 05-09-1917-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan.