Axmedova Nilufar Mamasidikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pazvitie kompetensii ispol`zovaniya algoritmov v protsesse differensirovannogo obucheniya budushhix uchiteley nachal`nix klassov” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PHD/Ped2227
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Hilola Yokubjanovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasasi (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar:
Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Alimsaidova Sayyora Amideevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabaqalashtirilgan o‘qitish jarayonida algoritmlardan foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy va metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
tadqiq etilayotgan kategoriya bo‘yicha kompetensiyaviy va tizimli yondashuvlar doirasida nazariy tahlil amalga oshirildi. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining algoritmik kompetentligi”ning mualliflik ta’rifi pedagogik jarayonni tashkil etish hamda o‘quvchilarda algoritmik tafakkurni maqsadli rivojlantirish uchun algoritmlarni loyihalash va qo‘llashga oid kasbiy mahorat sifatida asoslangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining algoritmik kompetentligini rivojlantirishning tarkibiy-mazmunli modeli takomillashtirildi. Ushbu model yaxlit tizim bo‘lib, unda to‘rtta asosiy komponent tarkibiy jihatdan integratsiyalashgan, tegishli ko‘nikmalarning boshlang‘ich darajadan professional darajagacha bosqichma-bosqich genezisi amalga oshirilgan hamda nazariy tayyorgarlik va uning ta’lim jarayonidagi amaliy tatbiqi o‘rtasida uzviylik ta’minlangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining algoritmik kompetentligini rivojlantirish uchun maxsus turlicha darajali (differensiallangan) topshiriqlar va didaktik shartlar majmui takomillashtirildi. Ushbu majmuaga metodik materiallar, baholash mezoni, mustaqil ishlar tizimi, mualliflik AKn texnologiyasi va mazkur kompetensiyani shakllantirishning yaxlit tizimi kiritilgan;
algoritmik kompetentlikning shakllanganlik darajasini ko‘p bosqichli baholash imkonini beruvchi diagnostik vositalar majmui yaratilgan va validatsiyadan o‘tkazilgan (empirik, reproduktiv, mahsuldor, ijodiy darajalar). Baholash aniq mezonlar va sifat tavsiflari tizimi asosida amalga oshirilgan. Ushbu tizim boshlang‘ich ta’limdagi pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari integratsiyasi orqali hisobga olib, asosiy e’tiborni algoritmlarni ijodiy qo‘llashga qaratgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining differensiallangan ta’lim jarayonida algoritmlardan foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining algoritmik kompetensiyasini boshlang‘ich ta’lim muhitiga moslashtirilgan, pedagogik jarayon bilan integratsiyalashgan, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan hamda aksiologik, kognitiv, praksiologik va refleksiv komponentlarni o‘z ichiga olgan holda aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari» o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi №439-sonli buyrug‘i asosida berilgan №438261-sonli sertifikat) mazmunida amalga oshirilgan. Qo‘llanamani ta’lim jarayonida sinovdan o‘tkazish uning samaradorligini tasdiqlagan, natijada talabalarning algoritmik tafakkurini rivojlanish darajasining oshishi kuzatilgan hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida fanlararo yondashuvlardan foydalanish tayyorgarligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining algoritmik kompetentligini rivojlantirishning takomillashtirilgan tarkibiy-mazmuniy modeli mazmuni tabaqalashtirilgan o‘qitish jarayonida algoritmlarni qo‘llashning pedagogik mexanizmlari, o‘quv faoliyatini loyihalash uslublari va baholash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, boshlang‘ich ta’limda an’anaviy va innovatsion yondashuvining uyg‘unlashuviga oid ilmiy yangilik sifatida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 2022-2023 yillarda bjarilgan Britaniya Kengashining “Higher Education for Employability, Change academy 3” loyihasi dasturidagi “Ingliz tilini mustaqil o‘rganish tizimini tashkil etish loyihasida metodik manba sifatida keng foydalanilgan. Natijada, pedagogik tayyorgarlik jarayonida Davlat ta’lim standarti talablari va taklif etilayotgan model asosida talabalarning algoritmik kompetentligining rivojlanishi ta’minlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining algoritmik kompetentligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan turlicha darajali topshiriqlar va didaktik shartlar majmui – takomillashtirilgan metodik materiallar, baholash mezonlari, mustaqil ishlar tizimi, mualliflik «AKn» texnologiyasi, shuningdek mazkur kompetentlikni shakllantirishning yaxlit tizimini o‘z ichiga olgan – matematika, ona tili va tabiiy fanlarni o‘qinish metodikasi materiallari bilan boyitilgan holda «Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari» o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi №439-sonli buyrug‘i asosida berilgan №438261-sonli sertifikat) mazmuniga integratsiyalashgan. Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda blok-sxemalardan muntazam foydalanish va turli darajadagi murakkablikdagi masalalarni echish orqali algoritmik kompetentlikning bosqichma-bosqich shakllanishi ta’minlangan, bu esa talabalarda uning rivojlanishining ijobiy dinamikasi bilan tasdiqlangan;
algoritmik kompetentlik darajasini baholashning ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan vositalari, haqiqiyligi (validligi) isbotlangan metodikalar majmuiga asoslangan holda, «Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi №438261-sonli sertifikat) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga integratsiyalashgan. Ushbu integratsiya oliy pedagogik ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilgan diagnostik majmuning ilmiy va amaliy ahamiyatini tasdiqlaydi.