Pardaev Asror Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlashni mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”.
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped_____
Ilmiy rahbar: Xudaykulova Shaxlo Mamaniyazovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti 
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqmli ilmiy kengash
  Rasmiy opponentlar: Uroqov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Akramova Gulbahor Renatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
  Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mediata’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mediata’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tanqidiy fikrlashini rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlari axborot ekotizimida raqamli xavfsizlik va kritik mediakompetentlikni shakllantirish, manipulyativ diskurs, fact-cheking, verifikatsiya va algoritmik filtrlash unsurlarini multimodal-autentik vazifalarga interdisiplinar integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tanqidiy fikrlashini mediata’lim texnologiyalari negizida rivojlantirish modeli media, axborot, raqamli va AI savodxonligi, algoritmik xabardorlik va metakognitiv tartiblashtirish pedagogik transferini Demingning doimiy takomillashib boruvchi Plan-Do-Check-Act ichki boshqaruv sikliga iterativ-adaptiv modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
mediata’lim texnologiyalari asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarda media-tahlil, manbani baholash, raqamli masʼuliyat, media-ijod kompetensiyalarini “murakkab nazariya – pedagogik soddalashtirish – bolaga mos faoliyat” ierarxiyasiga yo‘naltirilgan faol, muammoli, refleksiv va simulyativ o‘qitishni mujassamlashtirish orqali takomillashtirilgan;
tanqidiy fikrlashni mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida manba tekshiruvi, tanqidiy mediatahlil, refleksiv-axloqiy mulohaza yuritish ko‘nikmalarini axborot-manbaviy verifikatsiya, tahliliy-interpretativ, algoritmik va AI-kritik savodxonlik mezonlariga mos kompetensiyaviy-dinamik natijasi sifatida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mediata’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida; 
mediata’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlashini rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlari axborot ekotizimida raqamli xavfsizlik va kritik mediakompetentlikni shakllantirish, manipulyativ diskurs, fact-cheking, verifikatsiya va algoritmik filtrlash unsurlarini multimodal-autentik vazifalarga interdisiplinar integratsiyalash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda 2024-2025-o‘quv yilida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 23-iyundagi 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining media matnlarni qabul qilish jarayonida ongli va mas’uliyatli pozisiyani mustahkamlash hamda axborotni passiv qabul qilishdan uni tanqidiy tahlil qilish bosqichiga 
                                                                                                                                       o‘tishni ta’minlash qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tanqidiy fikrlashini mediata’lim texnologiyalari negizida rivojlantirish modeli media, axborot, raqamli va AI savodxonligi, algoritmik xabardorlik va metakognitiv tartiblashtirish pedagogik transferini Demingning doimiy takomillashib boruvchi Plan-Do-Check-Act ichki boshqaruv sikliga iterativ-adaptiv modellashtirish asosida takomillashtirilgan tashkiliy-tuzilmaviy modeli O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradio kanalida efirga uzatilgan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan. “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” kabi dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 19-avgust №05-09-1327- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tanqidiy fikrlashning tarkibiy komponentlari tahlil, talqin, baholash, inferensiya (xulosa chiqarish), mazmunni anglash va o‘z pozisiyasini asoslash kabi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratilgan va ularning shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalari mazmuni boyitishga erishilgan;
mediata’lim texnologiyalari asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarda media-tahlil, manbani baholash, raqamli masʼuliyat, media-ijod kompetensiyalarini “murakkab nazariya – pedagogik soddalashtirish – bolaga mos faoliyat” ierarxiyasiga yo‘naltirilgan faol, muammoli, refleksiv va simulyativ o‘qitishni mujassamlashtirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani bo‘yicha multimediali elektron darslik mazmuniga singdirilgan (2025-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan berilgan № DGU 55902 raqamli mualliflik guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotni mantiqiy-tahliliy mezonlar asosida chuqur o‘rganish, turli qarash va yondashuvlarni qiyosiy baholash, daliliy asosga tayangan holda xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlarda tizimli echim berish imkoniyatlari oshishga erishilgan;
tanqidiy fikrlashni mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida manba tekshiruvi, tanqidiy mediatahlil, refleksiv-axloqiy mulohaza yuritish ko‘nikmalarini axborot-manbaviy verifikatsiya, tahliliy-interpretativ, algoritmik va AI-kritik savodxonlik mezonlariga mos kompetensiyaviy-dinamik natijasi sifatida aniqlangan samaradorligiga oid xulosalar  “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda 2024-2025-o‘quv yilida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024- yil 23-iyundagi 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mediaga nisbatan ongli munosabat, media e’tirofi hamda mediamadaniyatga doir qiziqishning oshgani, mediani tanqidiy idrok etish ko‘nikmalarini, jumladan ikkinchi darajali ma’lumot xabarlarini tahlil qilish malakasi rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish