Rajabov Feruz Umarqulovichning filologiya fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili omonimlarining lingvopoetik xususiyatlari va leksikografik talqini” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil685 
Ilmiy maslahatchi: Xo‘jamurod Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Gulbahor Tojieva; filologiya fanlari doktori, professor Yoqub Saidov; filologiya fanlari doktori, professor Ma’rufjon Yuldashev 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matndagi omonimik birliklarni lingvopoetik tamoyillar asosida tasnif, tavsif qilish va ularning poetik aktuallashuvi masalalarini aniqlash hamda o‘zbek tilidagi omonimlarning leksikografik talqinidan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy matnlarda nutq komponentlarining noodatiy sintagmalanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy omonim birliklar aniqlanib, matnda jarangdorlik va ohangdorlikni ta’minlashi, emotsional-ekspressiv hamda funksional-stilistik ta’sir mexanizmini yaratishi, so‘zlarning ma'no nozikliklarini  aniqlashga, tasavvurni boyitishga  yordam berishi asoslangan;
lingvopoetik tadqiqotlarda ijodkorlar tomonidan qo‘llanilgan nutqiy omonim birliklarga poetik omonimiya, poetik omonimlar, poetik omofon, poetik omonim so‘z kabi maxsus terminlar  qo‘llash lozimligi misollar asosida dalillangan;
she’riy matnlarda individual qo‘llanilgan shartli (okkazional) omonimik birliklar aniqlanib, ular orqali ijodkor estetik zavq berish, komik effektni hosil qilish, misralarning tezda yodda qolish, so‘z tejamkorligiga erishish, yashirin fikrni ifodalash niyatlarini amalga oshirishi ochib berilgan;
konversiya, funksionallik, sintagmalash, amfiboliya, kontaminatsiya, presuppozisiya hodisalarining voqealanishi natijasida omonimik birliklar yuzaga kelishi aniqlanib, ular  matnni shakllantiruvchi lingvistik vosita va matnning estetik butunligini ta’minlovchi poetik figura ekanligi ochib berilgan;
shakldosh birliklarning o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, omonimlarning izohli, o‘quv lug‘atlarida va mobil ilovalarda berilishi taqqoslanib, leksikografik talqinini takomillashtirish masalasi yoritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili omonimlarining lingvopoetik xususiyatlari va leksikografik talqinini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
she’riy matnlarda nutq komponentlarining noodatiy sintagmalanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy omonim birliklar aniqlanib, matnda jarangdorlik va ohangdorlikni ta’minlashi, emotsional-ekspressiv hamda funksional-stilistik ta’sir mexanizmini yaratishi, so‘zlarning ma'no nozikliklarini  aniqlashga, tasavvurni boyitishga  yordam berishi asoslanganligiga oid xulosalaridan F3-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta taʼlimning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-iyundagi № 01-1550-son ma’lumotnomasi). Natijada Natijada  loyihaning ilmiy-nazariy korygpg"iyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
lingvopoetik tadqiqotlarda ijodkorlar tomonidan qo‘llanilgan nutqiy omonim birliklarga poetik omonimiya, poetik omonimlar, poetik omofon, poetik omonim so‘z kabi maxsus terminlar  qo‘llash lozimligi misollar asosida dalillanganligi hamda shakldosh birliklarning o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, omonimlarning izohli, o‘quv lug‘atlarida va mobil ilovalarda berilishi taqqoslanib, leksikografik talqinini takomillashtirish masalasi yoritilganligiga oid xulosalaridan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-iyundagi № 01-1549-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy  konsepsiyasi  yangi fikr-mulohazaln bilan boyishiga erishilgan;
she’riy matnlarda individual qo‘llanilgan shartli (okkazional) omonimik birliklar aniqlanib, ular orqali ijodkor estetik zavq berish, komik effektni hosil qilish, misralarning tezda yodda qolish, so‘z tejamkorligiga erishish, yashirin fikrni ifodalash niyatlarini amalga oshirishi ochib berilganligiga oid xulosalaridan 2024-yilning 12-sentyabrida “O‘zbekiston 24” radiokanalida efirga uzatilgan “Radiomuloqot” eshittirishida foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” radiokanalining 2024-yil 13-dekabrdagi 03-09-618-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishning mazmuni boyitildi, tinglovchilar poetik omonimlar, funksional omonimlar, individual individual qo‘llanilgan shartli (okkazional) omonimik birliklardan badiiy matnda, ya’ni xalq og‘zaki ijodi matnlarimiz, bolalar adabiyoti,  
mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz badiiyatdagi o‘rni hamda ijodkorlar badiiy matnga o‘zgacha ruh, ko‘rishish baxsh etishi, misralardagi jarangdorlikni, ohangdoshlikni ta’minlashi, emotsional-ekspressiv va funksional-stilistik ta’sir mexanizmini yaratish maqsadida, bolalar adabiyotida esa  novatorlik hosil qilish maqsadida omonim birliklardan foydalanishini bilib oldilar va ularda ushbu eshittirish katta taassurot qoldirgan;
badiiy matndagi konversiya, funksionallik, sintagmalash, amfiboliya, kontaminatsiya, presuppozisiya va boshqa hodisalar voqealanishida omonimik birliklar yuzaga keltirishi aniqlanib, bu omonimik birliklar she’riy matnni shakllantiruvchi alohida lingvistik vosita ekanligi, matnning estetik butunligini ta’minlovchi poetik figura sifatidagi mohiyati ochib berilganligiga doir xulosalaridan “O‘zbek tili poetik omonimlarining o‘quv lug‘ati” (ISBN 978-9910-683-51-0)ni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada o‘zbek asarlardagi poetik omonimlarning badiiy matndagi o‘rni va lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish