Djuraeva Shahlo G‘ulom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida kiritma birliklarning polifunksional va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1618
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nizomova Moxinur Baratboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi kiritma birliklarning vujudga kelishini qiyosiy pragmatik nuqtai nazardan o‘rganish, ularning polifunksionalligi, semantik hamda pragmatik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiritma birliklar semantik va funksional jihatdan kompleks tarzda tadqiq etilib, ularning ma’no ko‘lami, nutq jarayonidagi vazifalari hamda kommunikativ-pragmatik maqsadi bilan bog‘liqligi asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kiritma birliklarning pragmatik vazifalari ya’ni matn izchilligini ta’minlash, muloqot jarayonida faollikni kuchaytirish hamda emotsional-ekspressiv ta’sirni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida kiritma birliklarning polifunksionalligini matn semantikasiga bog‘liqligi, ularning sinonimik va antonimik xususiyatlari, semantik faolligiga aloqadorligi dalillangan;
kiritma birliklarning ikki til tizimidagi funksional-semantik xususiyatlari, sinonimik qatori hamda antonimik oppozisiyasi matnning mantiqiy izchilligini va kommunikativ samaradorligini ta’minlovchi muhim vosita ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kirish so‘zlarining polifunksionallik va pragmatik xususiyatlarini tadqiq va tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi amaliy joriy etilish ishlari amalga oshirildi:
ingliz va o'zbek tilshunosligida badiiy matnlari asosida kiritma birliklarining pragmatik- semantik xususiyatlari yuzasidan ko'plab qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazilib, kirish so‘zlarning matn va diskursdagi lingvokognitiv hamda lingoma’daniy xususiyatlarini aniqlash, semantik voqelanishini yoritish, pragmatik faollashuvi bilan bog‘liq O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monogafik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 14-noyabrdagi 749/1-son ma’lumotnomasi) va natijada matnlarda ushbu birliklarning faollashuvi, ularning semantik-pragmatik yuklamasi hamda nutqiy jarayonda kommunikativ dinamika yaratishdagi o‘rni tahlil qilinib, ingliz va o‘zbek badiiy matnlari strukturasida kiritma birliklarning estetik, ekspressiv va diskursiv xususiyatlari strukturasi etnolingvistikaga ta’sirini tahlil qilishda qo‘llanilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida kirish so‘zlarining pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan, Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida tatbiq etilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 16-oktyabrdagi 3169/02 ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida kirish so‘zlarning pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etildi hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qildi.
kirish so‘zlarning turli ijtimoiy-muloqotiy vaziyatlarda, jumladan, formal va rasmiy nutq doiralarida hamda ijtimoiy va ilmiy-notiqlik matnlarida kommunikativ vazifalarni bajarishi aniqlandi, ularning lingvopragmatik imkoniyatlaridan o‘zbek tilining zamonaviy nutqiy-amaliy matnlarini ishlashda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va ilmiy xulosalar FM 105.2 “Samarqand” radiokanalining 2025-yil 9-noyabrda efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariylarini shakllantirishda foydalanildi. Natijada, efirga uzatilgan chiqishlarda kirish so‘zlarning ijtimoiy kommunikativ va pragmatik vazifalariga doir echimlarning talqini yoritilib tinglovchilarda tafakkuriy yondashuvni shakllantirishga xizmat qilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida kiritma birliklarning polifunksionalligi aniqlanib, ularning turli kontekstlardagi funksional imkoniyatlari bir vaqtning o‘zida bir nechta kommunikativ vazifani bajarishi — izohlash, aniqlashtirish, muallifning munosabatini ifodalash, baholash, diqqatni tortish yoki nutqning pragmatik yo‘nalishini belgilash kabi funksiyalari xulosalari Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan loyiha shifri: S-ECAHD-18-CA-0067,shartnoma raqami: PO#02002358 bo‘lgan “English Access Microscholarship” xorijiy amaliy loyihada samarali foydalanildi. (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025-yil 19-noyabrdagi № 04-1313 ma’lumotnomasi). Natijada, kirish so‘zlarning muloqotdagi funksional yuklamasi va ularning pragmatik ma’nolarini belgilovchi omillar so‘zlovchi ongida avvalo kognitiv tuzilma sifatida shakllanishi, shundan so‘ng ularning nutqda baholovchi, emotsional, mantiqiy va kontakt o‘rnatish vazifalarini bajarishi aniqlangan. Shuningdek, ikki tildagi kirish so‘zlarning funksional-semantik maydonda voqelanishi qiyosiy asosda o‘rganilgan, ularning semantika va pragmatika bilan uzviy bog‘liqligini asoslovchi mezonlar ishlab chiqilgan.