Izbosarova Zuhra Anatoliy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped8523
Ilmiy rahbar: Ismailov Murodulla Kaxramonovich, Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Olimov Shirinboy Sharofovich, Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori;
ikkinchi opponent – Xolov Olim Chorshamievich, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti  dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD. 
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning retrospektiv-prognostik konsepsiyasi muloqotning refleksiv ko‘nikmalar bilan o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra tarixiy-pedagogik qarashlarni zamonaviy “Soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar) va raqamli muloqot etikasi bilan sintez qilish orqali ilmiy asoslangan;
talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning integratsiyalashgan didaktik model mazmuni improvizatsiya va refleksivlik prinsiplari ustuvorligiga ko‘ra empatiya, refleksiv tinglash va nizoli vaziyatlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Interaktiv qayta aloqa” mexanizmi bilan boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimi immersiv-vaziyatli o‘qitish texnologiyasiga ko‘ra “Empatik muloqot” nomli intensiv dastur hamda gibrid kommunikatsiya metodikasini qo‘llash  asosida takomillashtirilgan;
muloqot madaniyatini rivojlantirish samaradorligi bo‘lajak boshlang‘ich sinf  o‘qituvchilarida faoliyatli-ijodiy va kommunikativ mediator xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra “muloqot portfoliosi” va “nutqiy-xulqiy metrika" tizimi orqali aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning retrospektiv-prognostik konsepsiyasi muloqotning refleksiv ko‘nikmalar bilan o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra tarixiy-pedagogik qarashlarni zamonaviy “Soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar) va raqamli muloqot etikasi bilan sintez qilish orqali ilmiy asoslashga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №136-son buyrug‘i, 474948-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishda fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda o‘qituvchi kasbiy madaniyati, kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan vazifalarini ishlab chiqishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning integratsiyalashgan didaktik model mazmuni improvizatsiya va refleksivlik prinsiplari ustuvorligiga ko‘ra empatiya, refleksiv tinglash va nizoli vaziyatlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Interaktiv qayta aloqa” mexanizmi bilan boyitish, shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimi immersiv-vaziyatli o‘qitish texnologiyasiga ko‘ra “Empatik muloqot” nomli intensiv dastur hamda gibrid kommunikatsiya metodikasini qo‘llash  asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60110500-Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Malaka talabi, “Umumiy pedagogika”, “Pedagogik mahorat” fanlarining o‘quv dasturi hamda “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 27-iyundagi 02/01-01-244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning  didaktik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qitivchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash hamda faoliyat shakllari (ommaviy, guruhli, individual, kombinatsiyalangan, o‘z-o‘zini nazorat qilish)ning produktivligini oshirish orqali ishlab chiqishga  doir amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2025-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TRIGGER – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali oliy ta’lim talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish nomli loyihasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 20-yanvardagi 06/12-183-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan hamda talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish