Sheralieva Munavvar Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B.2026.1.PhD./Ped.2613
Ilmiy rahbar: Narbasheva Mexri Achilovna – Termiz davlat pedagogika instituti amaliy psixologiya kafedrasi, p.f.n., professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Qodirov Qutlug‘-Bek Bekmurodovich, “University of Management and future technologies” Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
ikkinchi opponent – Xolov Olim Chorshanbievich – Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi - oilada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligi” tushunchasi mazmunini maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim integratsiyasi nuqtai nazaridan boyitish orqali bolani maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy transformatsion modellari (shaxsiy, ijtimoiy va intellektual tayyorgarlik) pedagogik nazariya doirasida tizimlashtirilgan;
Sharq mutafakkirlari va jadid ma’rifatparvarlari ilmiy merosida oilaviy tarbiya hamda bolani ilmga yo‘naltirish masalalari tarixiy-pedagogik jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy ta’lim muhitiga mos g‘oyalari “pedagogik renessans” tamoyili asosida aniqlashtirilgan;
Ota-onalarning savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi “Oila – bog‘cha – maktab” integrativ-klaster modeli fasilitatsiya tamoyiliga ko‘ra savodxonlikning kognitiv, operatsional-texnologik va refleksiv-motivatsion kabi tarkibiy qismlarning ichki aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik-psixologik savodxonlikni rivojlantirishning metodik tizimi ota-onalarning hayotiy tajribasini pedagogik maqsadlarga yo‘naltirishga ko‘ra bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini mustaqil baholash imkonini beruvchi interaktiv metodika (vlog-treninglar, keys-stadi va androgogik-o‘yinli texnologiyalar) majmuasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
“ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligi” tushunchasi mazmunini maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim integratsiyasi nuqtai nazaridan boyitish orqali bolani maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy transformatsion modellari (shaxsiy, ijtimoiy va intellektual tayyorgarlik) pedagogik nazariya doirasida tizimlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Bolalarni maktabga tayyorlash” va “Maktabgacha ta’limda art-terapiya” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 25-martdagi 01/11-6-234-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sharq mutafakkirlari va jadid ma’rifatparvarlari ilmiy merosida oilaviy tarbiya hamda bolani ilmga yo‘naltirish masalalari tarixiy-pedagogik jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy ta’lim muhitiga mos g‘oyalari “pedagogik renessans” tamoyili asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 27-dekabrdagi “456-PO‘” sonli buyrug‘iga asosan nashrga etishga ruxsat etiladi. № 456-PO'-012 guvoxnomasi). Natijada, Oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ota-onalarning savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi “Oila – bog‘cha – maktab” integrativ-klaster modeli fasilitatsiya tamoyiliga ko‘ra savodxonlikning kognitiv, operatsional-texnologik va refleksiv-motivatsion kabi tarkibiy qismlarning ichki aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradio kanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7 noyabrdagi 05-09-1778-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga sifatli tayyorlash va oilada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash hamda ota-onalarda pedagogik-psixologik savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogik-psixologik savodxonlikni rivojlantirishning metodik tizimi ota-onalarning hayotiy tajribasini pedagogik maqsadlarga yo‘naltirishga ko‘ra bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini mustaqil baholash imkonini beruvchi interaktiv metodika (vlog-treninglar, keys-stadi va androgogik-o‘yinli texnologiyalar) majmuasini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 31-oktyabrdagi 02/01-01-458-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oilada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.