Xalikova Aziza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik va nokoronarogen etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasiga ijobiy javobning morfofunksional prediktorlari», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib 4251.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Mit`kovskaya Natal`ya Pavlovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi ishemik va nokoronarogen etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasiga ijobiy javobni klinik-morfofunksional prediktorlarini aniqlash, hamda uch yillik yashab qolish prognozi va miokardni remodellashni baholashdan iborat.
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
Ishemik va nokoronarogen etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi   bo‘lgan bemorlarda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasi samaradorligini belgilab beruvchi morfofunksional va klinik omillarning kompleks tadqiqoti o‘tkazilgan va YuRT ga ijobiy javobning asosiy morfofunksional prediktorlari – chap qorincha dastlab otilish fraksiyasi, yakuniy-sistolik va yakuniy-diastolik hajmlari, QRS≥150 ms kompleksi davomiyligi va Gis tutami chap oyoqchasini to‘liq blokadasi bo‘lishi aniqlangan;
hajmli ko‘rsatkichlarni pasayishi va otilish fraksiyasi ortishi bilan namoyon bo‘lgan miokard qayta remodellanishining darajasi NYHA shkalasi bo‘yicha klinik yaxshilanish va olti daqiqalik yurish testi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi aniqlangan, bu esa ushbu parametrlarni YuRT samaradorligining ob’ektiv mezonlari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligi aniqlangan;
korrelyasion, ko‘p omilli, ROC- va neyrotarmoqli tahlil asosida YuRT ga javob prediktorlarining eng informativ kombinatsiyalari ajratilgan va yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan exokardiografik va elektrik parametrlarning chegaraviy ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan, ulardan eng yuqori prognostik axamiyatga egalari OYuT va KHBSh ekanligi aniqlangan;
YuRT ga ijobiy javob bo‘lishi uch yillik ijobiy prognozni erkin omili hisoblanishi ko‘rsatildi: responder bo‘lmagan shaxslarda noxush yakun xavfi responderlarga nisbatan 19 marta yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 16 fevral 3 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan №03/11 sonli hulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ishemik va nokoronarogen etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasi samaradorligini belgilab beruvchi morfofunksional va klinik omillarning kompleks tadqiqoti amalga oshirilib, YuRT ga ijobiy javobning asosiy morfofunksional prediktorlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 10 iyundagi 5-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasining ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi kechishiga ta’siri" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon fillialining 2025 yil 17 iyundagi 53-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm fillialining 2025 yil 8 iyuldagi 140-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SYuE optimal medikamentoz terapiyasini qo‘llash bilan bir qatorda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasini qo‘llash SYuE kechishini yaxshilash va jadallashishini kamaytirishni ta’miinlaydi, bu esa SYuE bemorlarini hayot sifatiga ijobiy ta’sir  ko‘rsatishi bilan birga, kardiologik statsionarga yotqizish zarurati xavfini kamaytiradi, va bemor umrini uzayishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemorga statsionarda davolanishi kamayishida 8250000 sum tejalgan. Mazkur yig‘indi bir yilda statsionar davolanishni o‘zida 50000000 – 100000000 so‘m moliyaviy harajatlarni tejash imkoniyatini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik:  hajmli ko‘rsatkichlarni pasayishi va otilish fraksiyasi ortishi bilan namoyon bo‘lgan miokard qayta remodellanishining darajasi NYHA shkalasi bo‘yicha klinik yaxshilanish va olti daqiqalik yurish testi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, bu esa bu ko‘rsatkichlarni YuRT samaradorligining ob’ektiv mezonlari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 10 iyundagi 5-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasining ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi kechishiga ta’siri" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi:  SYuE optimal medikamentoz terapiyasi va tadqiqot natijalarining joriy qilinishi bilan bir qatorda yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasining asosli qo‘llanilishi SYuE jadallashishini sekinlashtirish imkonini beradi, bu esa natijada bemor hayot sifati oshishiga, shifoxona yotqizish zaruratining xavfini kamaytiradi va SYuE tufayli o‘lim holatini pasaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasi uchun bemorlarni tanlab olish optimallashishi va moslamalarning besamar implantatsiya qilish ulushini kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimining harajatlari kamayadi,  har bir bemorga statsionarda davolanishi kamayishida 8250000 sum tejalgan. Mazkur yig‘indi bir yilda statsionar davolanishni o‘zida 50000000 – 100000000 so‘m moliyaviy harajatlarni tejash imkoniyatini beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: korrelyasion, ko‘p omilli, ROC- va neyrotarmoq tahlili asosida YuRT ga javob prediktorlarining eng informativ kombinatsiyalari ajratib olinib va yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan exokardiografik va elektrik parametrlarning chegaraviy ko‘rsatkichlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 10 iyundagi 5-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasining ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi kechishiga ta’siri" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: korrelyasion, ko‘p omilli, ROC- va neyrotarmoq tahlili asosida YuRT ga javob prediktorlarining eng informativ kombinatsiyalari va ularning chegaraviy ko‘rsatkichlarini qo‘llash davolashga individual yondashuvni ta’minlaydi, asossiz aralashuvlar xavfini kamaytiradi va iijtimoiy moslashuvni yaxshilab, bemorlarning funksional faolligini oshirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemorga statsionarda davolanishi kamayishida 8250000 sum tejalgan. Mazkur yig‘indi bir yilda statsionar davolanishni o‘zida 50000000 – 100000000 so‘m moliyaviy harajatlarni tejash imkonini yaratadi. 
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuRT ga ijobiy javob bo‘lishi uch yillik ijobiy prognozni erkin omili hisoblanishi ko‘rsatildi: responder bo‘lmagan shaxslarda noxush yakun xavfi responderlarga nisbatan 19 marta yuqori bo‘lganligini aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 10 iyundagi 5-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasining ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi kechishiga ta’siri" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuRT ga ijobiy javob bo‘lishi uch yillik ijobiy prognozni erkin omili hisoblanishi va responder bo‘lmagan shaxslarda noxush yakun xavfi responderlarga nisbatan 19 marta yuqori bo‘lishi mehnatga layoqatlilikni saqlab qolish va bemorlarni ijtimoiy moslashishining yaxshilanishi uchun mazkur terapiyani o‘z vaqtida va asosli holda qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemorga statsionarda davolanishi kamayishida 8250000 sum tejalgan. Mazkur yig‘indi bir yilda statsionar davolanishni o‘zida 50000000 – 100000000 so‘m moliyaviy harajatlarni tejashga yordam beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish