Tashmetova Gulchexra Talipovnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining rivojlanish prognozi va davolash yondashuvlarida immun javobning patogenetik bog‘liqligi», 14.00.42 – Pul`monologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. DSc/Tib1005.
Ilmiy maslaxatchi: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik Sh.Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.22.01.
Rasmiy opponentlar: Belevskiy Andrey Stanislavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Belarus` Respublikasi “Pul`monologiya va ftiziatriya ilmiy-amaliy markazi” davlat muassasasi (Belarus`).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi immun javob turlarining kasallik geterogenligi bilan o‘zaro bog‘liqligi genezida immunologik konstitutsiyaning patogenetik mexanizmlarini asoslash va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining  progressiv kechishini profilaktika konsepti bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sitokinlar disbalansi, tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralari ekspressiyasi, klinik-funksional fenotiplar bilan korrelyasiyalanadigan hamda immuntanqislikli va autoimmun kabi immunologik endotiplarni belgilaydigan, Th-1, Th1/Th-17 va Th-17 yo‘naltirilgan immun javob orqali amalga oshadigan O‘SOKdagi tizimli yallig‘lanishda immunoregulyator mexanizmlarning polimorfizmi aniqlangan; 
O‘SOK avj olishini hamda noxush oqibatlarni belgilaydigan Th-1 immun javobining Th-17 tomonga siljishi, neytrofil/monotsit va neytrofil/limfotsit kabi leykotsitar indekslarining oshishi bilan korrelyasiyalanuvchi IL-6, IL-21, TGF-β yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlarining yuqori qiymatlari, INF-γ kamayishi va effektor bo‘g‘inning tarangligi bilan ifodalangan xujayraga bog‘liq mexanizmlar isbotlangan;
Th17 ga bog‘liq immun javobning - ko‘proq «emfizematoz» va «tez-tez» xurujlarga ega fenotiplarda uchrashi, havo oqimi tezligining cheklanishi, kasallikning sog‘liq va hayot sifatiga salbiy ta’sirini kuchayishi hamda 4 yillik yashovchanlik prognozi pasayishi kabi noxush oqibatlarga sabab bo‘luvchi indikatorlar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
O‘SOKning avj olib boruvchi noxush kechishi shakllanishida Th-17 ga bog‘liq bo‘lgan tizimli yallig‘lanishdagi immun javob bilan assotsiatsiyalanuvchi va Th17-xujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan interleykinlar ishini kuchaytirib, autoimmun jaraenlarga sabab bo‘luvchi vitamin D tanqisligining ahamiyati isbotlangan; 
ilk bor O‘SOK bo‘lgan bemorlarga kasallik avj olishining profilaktikasidagi patogenetik bo‘g‘in sifatida, yallig‘lanishga qarshi immun terapiyaning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
kasallikning asoratlangan prognozini oldini olish maqsadida, bemorlarni yuritishga yondashuvlarni va differensial, bemorga yo‘naltirilgan davolashni takomillashtirish imkonini beradigan,  tizimli yallig‘lanishning differensiatsiyalangan immunregulyator mexanizmlarga asoslangan,  O‘SOK avj olishining profilaktikasiga yondashuv takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining rivojlanish prognozi va davolash yondashuvlarida immun javobning patogenetik bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha ilmiy  natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sitokinlar disbalansi, tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralari ekspressiyasi, klinik-funksional fenotiplar bilan korrelyasiyalanadigan hamda immuntanqislikli va autoimmun kabi immunologik endotiplarni belgilaydigan, Th-1, Th1/Th-17 va Th-17 yo‘naltirilgan immun javob orqali amalga oshadigan O‘SOKdagi tizimli yallig‘lanishda immun mexanizmlarning polimorfizmi aniqlangan. Mazkur holat «O‘SOK avj olishida klinik va immunologik fenotiplarning ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda bayon etilgan bo‘lib, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 20 avgustdagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 20.09.2024 yildagi 69/1-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq xamda  RIFvaPIATM pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 12.10.2025 yildagi 836/K/A-sonli buyruqlari  bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zR SSV huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 17.12.2025 yildagi 31/48-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli yallig‘lanishga olib keluvchi, bashorat  qilinuvchi immun javobni aniqlash orqali diagnostika sifati oshishi, statsionarda davo kunlari qisqarishi, xurujlar tezligining kamayishi va natijada sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini optimallashishidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: integral gematologik leykotsitar indekslarni hisoblash (200000 so‘m) bir holatga to‘g‘ri keladigan xarajatni o‘rtacha 2800000 so‘mga, keng spektrdagi tekshirish zaruratini qisqartirishi xisobiga kamaytiradi. Xulosa: integral gematologik leykotsitar indekslarni hisoblash immunologik siljishlarni erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va davolash sifatini oshirishni ta’minlaydi, shu orqali sog‘liqni saqlashda ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshilanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘SOK avj olishini hamda noxush oqibatlarni belgilaydigan Th-1 immun javobining Th-17 tomonga siljishi, neytrofil/monotsit va neytrofil/limfotsit kabi leykotsitar indekslarining oshishi bilan korrelyasiyalanuvchi IL-6, IL-21, TGF-β yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlarining yuqori qiymatlari, INF-γ kamayishi va effektor bo‘g‘inning tarangligi bilan ifodalangan xujayraga bog‘liq mexanizmlar isbotlangan. Mazkur natijalar «O‘SOK rivojlanishida klinik va immunologik fenotiplarning ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda aks etgan, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 20 avgustdagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 20.09.2024 yildagi 69/1-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq xamda  RIFvaPIATM pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 12.10.2025 yildagi 836/K/A-sonli buyruqlari  bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zR SSV huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 17.12.2025 yildagi 31/48-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli yallig‘lanishning T-xelper javob xususiyatlari kasallik fenotiplariga bog‘liq ravishda aniqlashtirilishi noxush kechish va oqibatlar prognozini belgilash imkonini beradi; asoratlar rivojlanishining oldi olinib, statsionarda davolanish kunlari va xurujlarlar soni qisqaradi, bemorlarning hayot sifati oshadi hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: natijalarni amaliy faoliyatga joriy etish O‘SOK kechishini nazorat qilish va oqibatini prognozlashni ta’minlaydi; bu bir bemorga hisoblaganda davolash hisobiga 765000 so‘m iqtisodiy samaraga, statsionardagi davo kunlari qisqarishi hisobiga esa bir bemorga 1666000 so‘m iqtisodiy foydaga erishish imkonini beradi. Xulosa: O‘SOK bo‘lgan bemorlarda Th17 ga yo‘naltirilgan tizimli yallig‘lanish immunoregulyator javob kasallikning klinik og‘ir kechishini prognoz qiluvchi ko‘rsatkich hisoblanib, O‘SOK avj olishi hamda noxush oqibatlarini belgilaydi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Th17 ga bog‘liq immun javobning - «emfizematoz» va «tez-tez» xurujlarga ega fenotiplarda ko‘proq uchrashi, havo oqimi tezligining cheklanishi, kasallikning sog‘liq va hayot sifatiga salbiy ta’sirini kuchayishi hamda 4 yillik yashovchanlik prognozi pasayishi kabi noxush oqibatlarga sabab bo‘luvchi indikatorlar bilan bog‘liqligi isbotlangan. Mazkur natijalar «O‘SOK avj olishida klinik va immunologik fenotiplarning ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda aks etgan bo‘lib, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 20 avgustdagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 20.09.2024 yildagi 69/1-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq xamda  RIFvaPIATM pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 12.10.2025 yildagi 836/K/A-sonli buyruqlari  bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zR SSV huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 17.12.2025 yildagi 31/48-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: tizimli yallig‘lanishda bashorat qilinadigan noxush immunoregulyator javobni erta aniqlash, sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini optimallashishini belgilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: natijalarning amaliyotga joriy etilishi O‘SOK kechishini nazorat va bashorat qilish imkonini berib, bir bemorga davolash hisobiga 765000 so‘m, statsionarda bo‘lish kunlari qisqarishi hisobiga esa 1666000 so‘m iqtisodiy foyda keltiradi. Xulosa: Th17 immunoregulyator yo‘lga bog‘liq O‘SOKda asoratlar xavfi yuqoriligi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘SOKning avj olib boruvchi noxush kechishi shakllanishida Th-17 ga bog‘liq bo‘lgan tizimli yallig‘lanishdagi immun javob bilan assotsiatsiyalanuvchi va Th17-xujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan interleykinlar ishini kuchaytirib, autoimmun jaraenlarga sabab bo‘luvchi vitamin D tanqisligining ahamiyati isbotlangan. Ushbu holat «O‘SOK rivojlanishida vitamin Dning prognostik ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda bayon etilgan bo‘lib, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 maydagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 21.06.2024 yildagi 52-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyati Besharik tumani tibbiy birlashmasi amaliyotiga 06.2024 yildagi 01-2/629-sonli buyruqlar bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘SOKda vitamin D tanqisligini aniqlash, asoratlarning kamayishi, davolash samaradorligi oshishi, statsionar davo kunlarining kamayishi xisobiga sotsial axamiyatni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotga joriy etish natijasida bir bemorga davolash hisobiga 600000 so‘m, statsionar davo kunlarining qisqarishi hisobiga esa 3265000 so‘m iqtisodiy foydaga erishiladi. Xulosa: vitamin D tanqisligi O‘SOKning og‘irlik darajasini bashorat qilishda qo‘shimcha mezon sifatida xizmat qilishi mumkin. 
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘SOK bo‘lgan bemorlarga kasallik avj olishining profilaktikasidagi patogenetik bo‘g‘in sifatida, yallig‘lanishga qarshi immun terapiyaning maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ushbu holat «O‘SOK rivojlanishida vitamin Dning prognostik ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda bayon etilgan bo‘lib, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 maydagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 21.06.2024 yildagi 52-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyati Besharik tumani tibbiy birlashmasi amaliyotiga 06.2024 yildagi 01-2/629 buyruqlar bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin D tanqisligi va immunologik o‘zgarishlarni aniqlashga asoslangan patogenetik terapiya asoratlar sonini kamaytiradi, davolash samaradorligini oshiradi va statsionar davo muddatini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorga davolash hisobiga 600000 so‘m, statsionar davo kunlari qisqarishi hisobiga esa 3265000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlanadi. Xulosa: vitamin D Th17 ga bog‘liq tizimli yallig‘lanish javobini Th1 tomonga siljitib, kasallikning nisbatan qulay kechishini ta’minlaydi. 
oltinchi ilmiy yangilik: kasallikning asoratlangan prognozini oldini olish maqsadida, bemorlarni yuritishga yondashuvlarni va differensial, bemorga yo‘naltirilgan davolashni takomillashtirish imkonini beradigan,  tizimli yallig‘lanishning differensiatsiyalangan immunregulyator mexanizmlarga asoslangan,  O‘SOK avj olishining profilaktikasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu holat «O‘SOK rivojlanishida vitamin Dning prognostik ahamiyati» nomli metodik tavsiyalarda bayon etilgan bo‘lib, RIFvaPIATM huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 maydagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi pul`monologiya bo‘limi amaliyotiga 21.06.2024 yildagi 52-sonli buyruq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi amaliyotiga 02.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyati Besharik tumani tibbiy birlashmasi amaliyotiga 06.2024 yildagi 01-2/629-sonli buyruqlar bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin D tanqisligini erta aniqlash, asoratlar sonini kamaytiradi, davolash samaradorligini oshiradi va statsionar davo muddati qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorga davolash hisobiga 800000 so‘m, statsionar davo kunlari qisqarishi hisobiga esa 3265000 so‘m iqtisodiy foyda ta’minlanadi. Xulosa: «o‘pka giperinflyasiyasi – immun disbalans – tizimli yallig‘lanishning immunoregulyator javobi» patogenetik kompleksi O‘SOK fenotip va endotiplarini shakllantirishning asosiy bo‘g‘inlari ekani aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish