Ergasheva Madina Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayotning birinchi yilidagi bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi kechishining klinik-laborator mezonlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3786.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sharobiddin Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdujabborova Zulfiya Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining klinik-laborator va metabolik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida erta prognozlashning integral mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda nisbiy xavf tahliliga ko‘ra tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining ahamiyatli antenatal (onalarda infeksion va gipoksik), neonatal (infeksion, respirator va konstitusional) va postnatal (infeksion, nevrologik va nutritiv) xatar omillari aniqlangan va ularning xavf guruhlarini erta shakllantirish hamda kasallikning og‘ir kechishini oldini olishdagi diagnostik va profilaktik ahamiyati asoslangan;
bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniya negizida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining qon zardobida D-dimer, S-reaktiv oqsil hamda prokalsitonin darajalarining, shuningdek kislota-ishqor muvozanati ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan, bunda laktat darajasining 2,12 mmol/l dan oshishi tizimli yallig‘lanish reaksiyasining erta laborator belgisi, uning 2,55 mmol/l gacha ko‘tarilishi esa kasallikning og‘ir kechishini bashoratlovchi prognostik marker ekanligi isbotlangan;
pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishida laborator biomarkerlar va kislota-ishqor muvozanati ko‘rsatkichlarining gemodinamik buzilishlar va kasallikning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi laborator-metabolik asoslari aniqlangan, ushbu biomarkerlar majmuasiga asosan ishlab chiqilgan, 22 ta prediktorni o‘z ichiga olgan erta prognozlash modeli yuqori (AUC=0,89) diagnostik va prognostik qiymatga ega ekanligi isbotlangan;
klinik, laborator va metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida ishlab chiqilgan integral shkala yordamida xavf darajasiga ko‘ra bemorlarni tabaqalashtirish va intensiv terapiyani o‘z vaqtida boshlashga qaratilgan davolash taktikasi pnevmoniya bilan kasallangan go‘daklarda poliorgan etishmovchilik rivojlanishi xavfini kamaytirishi hamda davolash samaradorligini oshirishdagi yuqori klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining klinik-laborator va metabolik xususiyatlarini kompleks o‘rganish hamda erta prognozlash mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda nisbiy xavf tahliliga ko‘ra tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining ahamiyatli antenatal (onalarda infeksion va gipoksik), neonatal (infeksion, respirator va konstitusional) va postnatal (infeksion, nevrologik va nutritiv) xatar omillari aniqlangan va ularning xavf guruhlarini erta shakllantirish hamda kasallikning og‘ir kechishini oldini olishdagi diagnostik va profilaktik ahamiyati asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevral`dagi 03/338-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotining birinchi yilidagi bolalarda tizimli yallig‘lanish javobi kechishining klinik-laborator mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 8 iyuldagi 184-son va Toshkent shahar 5-son bolalar klinik shifoxonasining 2025 yil 10 iyuldagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining ahamiyatli antenatal, neonatal va postnatal xatar omillarini erta aniqlash asosida xavf guruhlarini shakllantirish bemorlarni differensial monitoring qilish imkonini beradi. Xavf omillariga asoslangan erta stratifikatsiyani qo‘llash tizimli yallig‘lanish reaksiyasining og‘ir shakllarini rivojlanish chastotasini 2,5 barobarga kamaytirgan, bolalar o‘limi va nogironligini oldini olgan hamda bolalarning umumiy hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: xatar omillarini erta aniqlash va maqsadli profilaktik tadbirlarni qo‘llash tizimli yallig‘lanish reaksiyasining og‘ir shakllari rivojlanishining oldini olish hisobiga davolash xarajatlarini sezilarli kamaytirgan. Tizimli yallig‘lanish reaksiyasining og‘ir shakli rivojlangan holatda bir bolani davolash xarajatlari S₀=4250000 so‘mni tashkil etadi. Xatar omillariga asoslangan erta stratifikatsiyani qo‘llash natijasida tizimli yallig‘lanish reaksiyasining og‘ir shakllari 2,5 barobarga kamaygan. Bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔS=S₀×(1-1/2,5)=4250000×0,6=2550000 so‘mni tashkil qilgan. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=ΔS×n=2550000×60=153000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: xatar omillarini erta aniqlash va maqsadli profilaktika 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2550000 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (60 nafar SVO bilan og‘rigan bemor) umumiy iqtisodiy samara 153000000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori samaradorligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniya negizida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishining qon zardobida D-dimer, S-reaktiv oqsil hamda prokalsitonin darajalarining, shuningdek kislota-ishqor muvozanati ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan, bunda laktat darajasining 2,12 mmol/l dan oshishi tizimli yallig‘lanish reaksiyasining erta laborator belgisi, uning 2,55 mmol/l gacha ko‘tarilishi esa kasallikning og‘ir kechishini bashoratlovchi prognostik marker ekanligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevral`dagi 03/338-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotining birinchi yilidagi bolalarda tizimli yallig‘lanish javobi kechishining klinik-laborator mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 8 iyuldagi 184-son va Toshkent shahar 5-son bolalar klinik shifoxonasining 2025 yil 10 iyuldagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: D-dimer, S-reaktiv oqsil, prokalsitonin va laktat darajalarini dinamik monitoring qilish tizimli yallig‘lanish reaksiyasini erta aniqlash, kasallik og‘irligini ob’ektiv baholash va davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Ushbu biomarkerlarni qo‘llash septik holatlarni erta tashxislash, takroriy kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish va bolalarning tiklanish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarkerlar asosida kasallik og‘irligini monitoring qilish iqtisodiy jihatdan xarajatlarni minimallashtirish tahlili (Cost-Minimization Analysis) asosida baholandi. Biomarkerlar monitoringisiz standart yondashuvda bemor holatini baholash uchun qo‘shimcha laborator tekshiruvlar, kengaytirilgan biokimyoviy tahlillar va empirik terapiyani davom ettirish bilan bog‘liq xarajatlar S₀=1250000 so‘mni tashkil etgan. Biomarkerlar asosida monitoring olib borilganda davolash taktikasi erta korreksiya qilinib, qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyoj kamaygan. Bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔS=S₀-S₁=1250000-450000=800000 so‘mni tashkil qilgan, bu erda S₁=450000 so‘m - biomarkerlar asosida monitoring qilingan holatdagi xarajatlar. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=ΔS×n=800000×110=88000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: biomarkerlar asosida tizimli yallig‘lanish reaksiyasini monitoring qilish 1 nafar bemor hisobiga qo‘shimcha diagnostik xarajatlarni 800000 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (110 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara 88000000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning iqtisodiy jihatdan asoslanganligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: pnevmoniya bilan kasallangan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishida laborator biomarkerlar va kislota-ishqor muvozanati ko‘rsatkichlarining gemodinamik buzilishlar va kasallikning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi laborator-metabolik asoslari aniqlangan, ushbu biomarkerlar majmuasiga asosan ishlab chiqilgan, 22 ta prediktorni o‘z ichiga olgan erta prognozlash modeli yuqori (AUC=0,89) diagnostik va prognostik qiymatga ega ekanligi isbotlanganligi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevral`dagi 03/338-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotining birinchi yilidagi bolalarda tizimli yallig‘lanish javobi kechishining klinik-laborator mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 8 iyuldagi 184-son va Toshkent shahar 5-son bolalar klinik shifoxonasining 2025 yil 10 iyuldagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 22 ta prediktorni o‘z ichiga olgan diagnostik matrisa va erta prognozlash modeli (AUC=0,89) tizimli yallig‘lanish reaksiyasini yuqori aniqlik bilan erta aniqlash imkonini beradi. Ushbu modelni qo‘llash kasallik og‘irligini ob’ektiv baholash, bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish va intensiv terapiyani o‘z vaqtida boshlash orqali noxush klinik oqibatlarni oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostik matrisa asosida erta prognozlashni qo‘llash iqtisodiy jihatdan shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish tahlili asosida baholandi. Shifoxonada bo‘lish muddati o‘rtacha 10,8 kunga qisqargan. Bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara E₁=ΔT×Sk=10,8×380000=4104000 so‘mni tashkil qilgan, bu erda ΔT=10,8 kun- shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi, Sk=380000 so‘m-bir koyko-kunning o‘rtacha qiymati. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=E₁×n=4104000×110=451440000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: diagnostik matrisa asosida erta prognozlash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4104000 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (110 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara 451440000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning yuqori resurstejamkorlik samaradorligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik, laborator va metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida ishlab chiqilgan integral shkala yordamida xavf darajasiga ko‘ra bemorlarni tabaqalashtirish va intensiv terapiyani o‘z vaqtida boshlashga qaratilgan davolash taktikasi pnevmoniya bilan kasallangan go‘daklarda poliorgan etishmovchilik rivojlanishi xavfini kamaytirishi hamda davolash samaradorligini oshirishdagi yuqori klinik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevral`dagi 03/338-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotining birinchi yilidagi bolalarda tizimli yallig‘lanish javobi kechishining klinik-laborator mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 8 iyuldagi 184-son va Toshkent shahar 5-son bolalar klinik shifoxonasining 2025 yil 10 iyuldagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: integral chegaraviy shkala asosida bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish va intensiv terapiyani o‘z vaqtida boshlashga qaratilgan davolash taktikasini qo‘llash pnevmoniya bilan kasallangan go‘daklarda poliorgan etishmovchilik va letal oqibatlar rivojlanishi xavfini sezilarli kamaytirgan. Kasallikning og‘ir shakllarini erta aniqlash, reanimatsiya va intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hamda bolalarning tezroq tiklanishini ta’minlash orqali umumiy davolash natijalari yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: integral shkala asosida davolash taktikasining iqtisodiy samaradorligi uchta mustaqil hisob-kitob mexanizmi asosida baholandi: birinchidan, shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi: integral shkala asosida bemorlarni o‘z vaqtida tabaqalashtirish natijasida shifoxonada bo‘lish muddati 10,8 kunga qisqargan. Bir bemor uchun iqtisodiy samara E₁=ΔT×Sk=10,8×380000=4104000 so‘m. Tadqiqot ko‘lamida UE₁=4 104000×110=451440000 so‘m; ikkinchidan, reanimatsiya va intensiv terapiya xarajatlarining kamayishi, poliorgan etishmovchilik rivojlangan holatda reanimatsiya va intensiv terapiya bilan bog‘liq o‘rtacha xarajatlar S₀=3500000 so‘mni tashkil etgan. Integral shkala qo‘llanilganda poliorgan etishmovchilik rivojlanishining oldi olingan. Bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔS=S₀×r=3500000×0,35=1225000 so‘m, bu erda r=0,35-poliorgan etishmovchilik rivojlanishini oldini olish koeffisienti. Tadqiqot ko‘lamida UE₂=1225000×110=134750000 so‘m; uchinchidan qo‘shimcha diagnostik va davolash xarajatlarining tejalishi - integral shkala asosida maqsadli yondashuvni qo‘llash kengaytirilgan laborator tekshiruvlar, empirik antibiotikoterapiya va qo‘shimcha infuzion davoga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan. Bir bemor uchun tejalgan xarajat S_qo‘sh=850000 so‘m. Tadqiqot ko‘lamida UE₃=850000×110=93500000 so‘m. Barcha hisoblar bo‘yicha jami umumiy iqtisodiy samara: UE_jami=UE₁+UE₂+UE₃=451440000+134750000+93500000=679690000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: integral chegaraviy shkala asosida bemorlarni tabaqalashtirish va davolash taktikasini optimallashtirish 1 nafar bemor hisobiga shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, reanimatsiya xarajatlarini va qo‘shimcha diagnostik xarajatlarni kamaytirish orqali o‘rtacha 6179000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (110 nafar bemor) jami iqtisodiy samara 679690000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori samaradorligini tasdiqlaydi.