Aytmuratova Urxiya Kallibekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artritda 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining yallig‘lanishga qarshi faolligi” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD /Tib5176.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaeva Firuza Muratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti. 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyovuddin Zaynutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining revmatoid artrit modellarida yallig‘lanishga qarshi ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazollarning yangi hosilalari o‘tkir zaharliligi, analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri aniqlangan holda ikkita istiqbolli nomzod moddalar ajratilgan va ularning «tuzilish-zaharlilik» va «tuzilish-faollik» munosabatlari asoslangan;
sintezlangan 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining aksariyati past o‘tkir zaharlilik (LD₅₀<5000 mg/kg) bilan tavsiflanishi xamda ularning og‘iz orqali qabul qilinganda yuqori xavfsizligi aniqlangan;
ilk bor istiqbolli nomzod moddalarning yallig‘lanishga qarshi faolligi kollagen – indusirlangan, adyuvant – indusirlangan va pristan – indusirlangan revmatoid artrit modellarida amaliyotda qo‘llaniladigan dorilar bilan taqqoslanganda, ulardan terapevtik samaradorligi yuqori va sezilarli darajada istiqbolli ekanligi aniqlangan;
revmatoid artrit modellashtirilgan tajriba hayvonlarining biokimyoviy va gematologik ko‘rsatkichlariga nomzod moddalarning ta’siri baholangan va ularning dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining yallig‘lanishga qarshi faolligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazollarning yangi hosilalari o‘tkir zaharliligi, analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri aniqlangan holda ikkita istiqbolli nomzod moddalar ajratilgan va ularning «tuzilish-zaharlilik» va «tuzilish-faollik» munosabatlari asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 04.01.2024 yil № IAP 7858 son “Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan 1H-1,2,3-triazolning hosilalari”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining analgetik faollikka ega ekanligi markaziy va periferik og‘riq sindromlarining oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi analgetik va yallig‘lanishga qarshi vosita kam zaharli, yuqori farmakologik faollik namoyon qiluvchi va nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltirmasligi, samarasini tez fursatlarda yuzaga chiqarish imkonini beradi. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanishda kunlik qabul miqdorining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. 1H-1,2,3-triazolning hosilalari asosida yaratilgan yangi analgetik va yallig‘lanishga qarshi dori vositalari respublika farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha mavjud mahalliy hamda import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh va ustun bo‘la oladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sintezlangan 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol hosilalarining aksariyati past o‘tkir zaharlilik (LD₅₀<5000 mg/kg) bilan tavsiflanishi xamda ularning og‘iz orqali qabul qilinganda yuqori xavfsizligi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 04.01.2024 yil № IAP 7858 son “Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan 1H-1,2,3-triazolning hosilalari”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 1H-1,2,3-triazol hosilalari kam zaharliligi va yallig‘lanishga qarshi yuqori faolligi, hozirgi kunda qo‘llanilayotgan ommabop preparatlar bilan tajribalarda qiyoslanganda undan samarador va sezilarli darajada istiqbolli ekanligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga talab oshib borayotganligini inobatga olsak, taklif qilinayotgan preparat yordamida bemorni samarali davolash mumkin bo‘ladi. Xulosa: tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlardan qolishmasligi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir doirasi kengligining yuqoriligi sababli, birikmaning tibbiyot amaliyotida qo‘llash chegarasini kengaytirish va uni klinik amaliyotda yangi yallig‘lanishga qarshi dori vositasi sifatida joriy etish imkoniyatini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor istiqbolli nomzod moddalarning yallig‘lanishga qarshi faolligi kollagen – indusirlangan, adyuvant – indusirlangan va pristan – indusirlangan revmatoid artrit modellarida amaliyotda qo‘llaniladigan dorilar bilan taqqoslanganda, ulardan terapevtik samaradorligi yuqori va sezilarli darajada istiqbolli ekanligi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 04.01.2024 yil № IAP 7858 “Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan 1H-1,2,3-triazolning hosilalari”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bo‘g‘im kasalliklari  bilan aziyat chekayotgan bemorlardagi yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishda 1H-1,2,3-triazol hosilalari asosida yaratilgan preparatni qo‘llash orqali bemorlarni sog‘lom turmush tarziga qaytishiga yordam berish, shuningdek uzoq muddat qo‘llanilganda oshqozon-ichak tizimi va jigar hujayralariga salbiy ta’siri yo‘qligi, nogironlikga olib keluvchi jiddiy asoratlarning oldini olishda o‘ziga xos ijobiy ta’sir etishiga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: yangi analgetik va yallig‘lanishga qarshi vosita o‘z samarasini nisbatan qisqa vaqtda (15-20 daqiqa, qiyosiy preparatlarda esa eng kamida 30 daqiqada) da yuzaga chiqarishi, uzoq ta’sir davomiyligiga egaligi va amaliyotda qo‘llanilayotgan sintetik preparatlardan ancha ustuvor vosita ekanligi aniqlangan. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanishda kunlik qabul miqdorining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. 1H-1,2,3-triazol hosilalari asosida yaratilgan yangi analgetik va yallig‘lanishga qarshi dori vositalari respublika farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha mavjud mahalliy hamda import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh va ustun bo‘la oladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit modellashtirilgan tajriba hayvonlarining biokimyoviy va gematologik ko‘rsatkichlariga nomzod moddalarning ta’siri baholangan va ularning dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 04.01.2024 yil № IAP 7858 son “Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan 1H-1,2,3-triazolning hosilalari”ga ixtiro patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 1H-1,2,3-triazol hosilalari asosan yallig‘lanishni kuchaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali yallig‘lanishga qarshi klinik oldi tekshiruvlarida yuqori faollikni namoyon qildi. Iqtisodiy samaradorligi:  1H-1,2,3-triazol hosilalari yuqori yallig‘lanishga qarshi faolligi, uzoq ta’sir davomiyligiga va keng terapevtik ta’sir kengligiga ega yangi sintetik moddalardan sutkada bir marta foydalanish imkoni mavjud. Xulosa: yallig‘lanishga qarshi faollikka ega dori vositalarida aynan ularni sutkada bir necha marta qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab nojo‘ya ta’sirlari yuzaga kelish ehtimolligi inkor qilinmaydi. Uzoq ta’sir davomiyligining namoyon bo‘lishi esa nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelish ehtimolligini pasayishi tufayli o‘z navbatida ushbu moddaning terapevtik qiymatini yanada ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish