Halimov Sherzod Igamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Globallashuv sharoitida xalqaro migratsiyaning madaniyatlararo integratsiyaga ta’siri, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1202
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Komilov Ro‘zi Rabievich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aliqulov Quvvat Haqnazarovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida xalqaro migratsiyaning insoniyat madaniy munosabatlari integratsiyasiga ta’siri va uning oqibatlarini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lum bir davlatda shakllangan diasporalar migrantlar va mezbon jamiyatning madaniy munosabatlari integratsiyasiga to‘sqinlik qilishi ijtimoiy begonalashuv, frustratsiya, stereotiplarga moslasha olmaslik, apatiya singari affektlarni keltirib chiqarishi oqibatida muhojirlar adaptatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; 
bugungi globallashuv jarayonida dezinformatsiyaning avj olayotgani ksenofobiya, islomofobiya, migrantofobiyalarga sabab bo‘lishi jamiyatdagi ijtimoiy persepsiyaning buzilishi natijada muhojirlar affiliativ ehtiyojlarining qonmaganligi turli g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy holatlarni keltirib chiqarayotganligi ochib berilgan;
jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish internatsionalizatsiya va assimilyasiyaga sabab bo‘lishi natijasida migrantlarda konformizm, o‘zaro hurmat, kommunikativlikni oshib borayotgani deintegratsiya asosida“transmutant” madaniyatni paydo bo‘lishida asosiy omil ekanligi aniqlashtirilgan;
aholi migratsiyasi ham donor ham resipient jamiyatlar lingvosferasi, etosferasi, ta’lim, san’at, ishlab chiqarish kabi madaniy munosabatlari intergatsiyasi natijasida paydo bo‘ladigan ijobiy (gumanizm, entuziazm, patsifizm) va sabiy (gedonizm, vulgarizm, eskapizm, starizm) oqibatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Xalqaro migratsiyaning madaniyatlararo integratsiyadagi ahamiyati, milliy qadriyatlar transformatsiyasi, muhojirlarni assimilyasiya jarayonidan himoyalashga doir ishlab shiqilgan ilmiu xulosalar asosida:
ma’lum bir davlatda shakllangan diasporalar migrantlar va mezbon jamiyatning madaniy munosabatlari integratsiyasiga to‘sqinlik qilishi ijtimoiy begonalashuv, frustratsiya, stereotiplarga moslasha olmaslik, apatiya singari affektlarni keltirib chiqarishi oqibatida muhojirlar adaptatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga oid taklif-taviyalarlardan 2021-yilga mo‘ljallangan 46-11/50-raqamli “Samarqand viloyatida “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yisha onlayn elektron ziyorat turizmi obyektlari portalini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2024-yil 29-iyundagi 751-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirish hamda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar, turistlar, migrantlarlarga nisbatan bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish, deintegratsiyaga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish internatsionalizatsiya va assimilyasiyaga sabab bo‘lishi natijasida migrantlarda konformizm, o‘zaro hurmat, kommunikativlikni oshib borayotgani deintegratsiya asosida“transmutant” madaniyatni paydo bo‘layotganligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 22-iyuldagi 02-22/896-son ma’lumotnomasi). Natijada migratsiya natijasida bo‘ladigan madaniyatlararo integratsiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlarini tahlil qilishda muhim hisoblangan amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bugungi globallashuv jarayonida dezinformatsiyaning avj olayotgani ksenofobiya, islomofobiya, migrantofobiyalarga sabab bo‘lishi jamiyatdagi ijtimoiy persepsiyaning buzilishi natijada muhojirlar affiliativ ehtiyojlarining qonmaganligi turli g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy holatlarni keltirib chiqarayotganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining: “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivajlantirish” Konsepsiyasi loyihasini, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni hamda “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 02-12-17-4372-son ma’lumotnomasi). Natijada, millatlararo madaniyat integratsiyasida migratsiyaning ahamiyatini ko‘rsatish bilan yoshlar qalbida muhojirlarga nisbatan bag‘rikenglik madaniyatini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
aholi migratsiyasi ham donor ham resipient jamiyatlar lingvosferasi, etosferasi, ta’lim, san’at, ishlab chiqarish kabi madaniy munosabatlari intergatsiyasi natijasida paydo bo‘ladigan ijobiy (gumanizm, entuziazm, patsifizm) va salbiy (gedonizm, vulgarizm, eskapizm, starizm) oqibatlari asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-iyuldagi 01-07/180-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish