Feruza Sa’dullaevna Amonovaning 
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “19-yuzyillikning ikkinchi yarmi va 20-yuzyillik boshlarida Turkistonda Rossiya imperiyasining iqtisodiy siyosati tarixi”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.DSc/Tar335
Ilmiy rahbar: Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, akademik, 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Sherzodxon Mahmudov, tarix fanlari doktori (DSc); Naim Oblomurodov, tarix fanlari doktori, professor;  Dilshodbek O‘roqov, fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi 19-yuzyillikning ikkinchi yarmi va 20-yuzyillik boshlarida Turkistonda Rossiya imperiyasining iqtisodiy siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Rossiya imperiyasi va Turkiston xonliklari o‘rtasida tuzilgan iqtisodiy shartnomalarda Turkiston mintaqasini tashqi savdo huquqlarini cheklanishi (rus boj tizimini o‘rnatilishi, tashqi savdoni cheklangan mahsulot tovarga qaratilishi), iqtisodiy boshqaruvda mustamlaka nazorat organlari (Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi, Amudaryo bo‘limi, banklarni boshqaruv bo‘linmalari) va huquqiy hujjatlarni (nazorat va egalik huquqiga oid yigirmadan ortiq nizom, qoidalar) bir yoqlama qayta shakllanishi, xususiy er egaligi tizminini o‘zgarishi kabi jihatlarni qamrab olib, mintaqani boshqarishda iqtisodiy omildan qurol sifatida foydalanish ko‘zlangani asoslangan;
Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan iqtisodiy siyosati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat mollariga aylantirish, milliy hunarmandchilikning ayrim sohalarini sanoatlashishi, paxtani sotish va sotib olish bozorlarini shakllanishi hamda boshqaruvni markazlashishi bilan bir qatorda mintaqaga aholi ma’naviyatiga ta’sir etuvchi sanoat turlarini kirib kelishi (tamaki, spirtli ichimliklar), ishchilarining turmush tarziga mustamlakachilikning ta’siri (ish haqqi, ish vaqti, ishlash qobiliyati, iste’mol darajasi, ijtimoiy himoya) dalillangan;
Turkistonda sanoatning rivojlanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib: birinchi bosqich qo‘l mehnatiga asoslangan milliy sanoat turi (1865-yilgacha Qo‘qon xonligi, 1890-yilgacha Buxoro amirligi va Xiva xonligi), ikkinchi bosqich qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan sanoat korxonalariga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelish davri (1865-1917-yillarda Turkiston general-gubernatorligida, 1890-1917-yillar Buxoro va Xivada), uchinchi bosqich xususiy mulklarni tugatilishi va sanoatni to‘la davlat qo‘liga o‘tishi davri (1917-1920-yillar) shaklida yuz bergani dalillangan;
Shariat qonunchiligi asosida boshqarilgan Turkistonda mustamlaka hukumati amalga oshirgan moliya siyosati: milliy valyutani muomaladan chiqarish, rus rublini joriy etish, pul aylanmasini nazorat qilishda banklarni shaklantirish, daromadni hisobga olishda qarz turlarini ko‘paytirish (nasiya, kredit, garov) natijada milliy boylarni tugatilishiga hamda erli aholining sakson foizi kreditga qaramligi ortidan ersizlar, yollanma ishchilar safining ortishiga, milliy banklarga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishiga olib kelgan omillar aniqlangan;
Turkistonda milliy sarmoyadorlar va zavodchilar ishlab chiqarish sanoati (paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari) hamda savdoda xizmat ko‘rsatish sohalarida (karvonsaroy, temir yo‘l, birja, savdo uylari) faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lsalarda, ularning mustamlaka hukumatning kredit tashkilotlaridan foydalanishi, bank qarzdorligida ko‘chmas mulklaridan ajralishi oqibatida qisqa fursatda savdo munosabatlariga kirish imkoniyatini yo‘qotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston mintaqasi iqtisodiy tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi va Turkiston xonliklari o‘rtasida tuzilgan iqtisodiy shartnomalarda Turkiston mintaqasini tashqi savdo huquqlarini cheklanishi (rus boj tizimini o‘rnatilishi, tashqi savdoni cheklangan mahsulot tovarga qaratilishi), iqtisodiy boshqaruvda mustamlaka nazorat organlari (Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi, Amudaryo bo‘limi, banklarni boshqaruv bo‘linmalari) va huquqiy hujjatlarni (nazorat va egalik huquqiga oid yigirmadan ortiq nizom, qoidalar) bir yoqlama qayta shakllanishi, xususiy er egaligi tizminini o‘zgarishi kabi jihatlarni qamrab olib, mintaqani boshqarishda iqtisodiy omildan qurol sifatida foydalanishini ochib beruvchi manbalaridan 2022-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan FZ 202007287 “O‘zbek xalqi va davlatchilik tarixi manbalari (eng qadimgi davrdan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan. Ushbu manbalar Turkistonning iqtisodiy tarixini ochishga xizmat qiladi
Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan iqtisodiy siyosati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat mollariga aylantirish, milliy hunarmandchilikning ayrim sohalarini sanoatlashishi, paxtani sotish va sotib olish bozorlarini shakllanishi hamda boshqaruvni markazlashishi bilan bir qatorda mintaqaga aholi ma’naviyatiga ta’sir etuvchi sanoat turlarini kirib kelishi (tamaki, spirtli ichimliklar), ishchilarining turmush tarziga mustamlakachilikning ta’siri (ish haqqi, ish vaqti, ishlash qobiliyati, iste’mol darajasi, ijtimoiy himoya)ga oid xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan AL 03-05 “JADID.UZ elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihaning “Manbalar”, “Izlanishlar”, “Voqealar” bo‘limlarini to‘ldirishda ushbu dissertatsiya ilmiy natijalaridan keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 15-dekabr 3/1255-3187-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining loyihalarga tatbiq etilishi O‘zbekiston tarixini ushbu gazetalar orqali tahlil qilish, mustamlakachi imperiya hukumati mafkurasi haqida chuqurroq tasavvur shakllantirishga xizmat qiladi.
Turkistonda sanoatning rivojlanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib: birinchi bosqich qo‘l mehnatiga asoslangan milliy sanoat turi (1865-yilgacha Qo‘qon xonligi, 1890-yilgacha Buxoro amirligi va Xiva xonligi), ikkinchi bosqich qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan sanoat korxonalariga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelish davri (1865-1917-yillarda Turkiston general-gubernatorligida, 1890-1917-yillar Buxoro va Xivada), uchinchi bosqich xususiy mulklarni tugatilishi va sanoatni to‘la davlat qo‘liga o‘tishi davri (1917-1920-yillar) shaklida yuz berganiga oid ma’lumotlardan 2021-2023-yillarda bajarilgan AL 03-05 “JADID.UZ elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihaning “Manbalar”, “Izlanishlar”, “Voqealar” bo‘limlarini to‘ldirishda ushbu dissertatsiya ilmiy natijalaridan keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 15-dekabr 3/1255-3187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi sanoat turlarini ko‘payishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi imperiya xazinasini to‘ldiradigan yana bir moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilganligini asoslashga imkon bergan.
Turkistonda milliy sarmoyadorlar va zavodchilar ishlab chiqarish sanoati (paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari) hamda savdoda xizmat ko‘rsatish sohalarida (karvonsaroy, temir yo‘l, birja, savdo uylari) faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lsalarda, ularning mustamlaka hukumatning kredit tashkilotlaridan foydalanishi, bank qarzdorligida ko‘chmas mulklaridan ajralishi oqibatida qisqa fursatda savdo munosabatlariga kirish imkoniyatini yo‘qotganligini ochib beruvchi manbalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2025-yil 6-oktyabrdagi 259-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Turkiston mintaqasida mustamlakachilik siyosatini ma’rifatparvarlarning g‘oyalari ilmiy asosda yoritish imkonini bergan;
Shariat qonunchiligi asosida boshqarilgan Turkistonda mustamlaka hukumati amalga oshirgan moliya siyosati: milliy valyutani muomaladan chiqarish, rus rublini joriy etish, pul aylanmasini nazorat qilishda banklarni shaklantirish, daromadni hisobga olishda qarz turlarini ko‘paytirish (nasiya, kredit, garov) natijada milliy boylarni tugatilishiga hamda erli aholining sakson foizi kreditga qaramligi ortidan ersizlar, yollanma ishchilar safining ortishiga, milliy banklarga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishiga olib kelgan omillarni aniqlashda to‘plangan hujjatlar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol”, “Tarix tilga kirganda”, “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvlaring ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-33/673-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu masalada Turkiston mintaqasida Rossiya imperiyasining iqtisodiy siyosati tarixi ochishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish