Shadmanov Baxodir Sherkulovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik klasterlari investision faoliyati samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Ilmiy maslahatchi: Belgilanmagan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik To‘xliev Nurislom; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Ismailov Alisher Agzamovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-to‘qimachilik klasterlari investision faoliyati samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida, ularning buyurtmasiga asosan 50 million AQSh dollari miqdorida, 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada, gazlama, gilamchilik, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish maqsadida kredit liniyalari ochish taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 3 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda yani eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda 4 million dollargacha, eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda 5 million dollargacha moliyaviy resurslar ajratish taklif etilgan; 
 to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining investision faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning aylanma mablag‘lar bilan uzlyuksiz ta’minlanishini ta’minlash maqsadida tijorat banklari tomonidan revolver kreditlash mexanizmi orqali 1 trillion so‘m miqdorida, 24 oy muddatga, jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan, bank marjasi 2 foizdan oshmagan kreditlar ajratish taklif etilgan; 
gazlama, trikotaj mato va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda bo‘yash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari investision faoliyati doirasida barcha toifadagi tadbirkorlik subektlariga tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 7 million AQSh dollaridan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori, lekin 5 foizdan oshmagan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya qilinishi taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirishda investision faoliyatni rag‘batlantirish va qo‘shimcha qiymat zanjirini chuqurlashtirish nuqtayi nazaridan, etishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvatiga (eng kamida ip-kalava ishlab chiqarish darajasida) ega bo‘lgan talabgorlarga ustuvorlik berish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari investision faoliyati samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida, ularning buyurtmasiga asosan 50 million AQSh dollari miqdorida, 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada, gazlama, gilamchilik, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish maqsadida kredit liniyalari ochish taklifi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 31 martdagi 02-22/010-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajratilgan kreditlar paxta-to‘qimachilik va tayyor tikuv-trikotaj tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon bergan.
paxta-to‘qimachilik klasterlari eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 3 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda yani eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda 4 million dollargacha, eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda 5 million dollargacha moliyaviy resurslar ajratish taklifi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 31 martdagi 02-22/010-son ma’lumotnomasi).  Natijada, paxta-to‘qimachilik klasterlari eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy resurslar eksport hajmini oshirish, savdo operatsiyalarini kengaytirish va tarmoqning xalqaro bozor salohiyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.
 tijorat banklari tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini revolver kreditlash orqali aylanma mablagʻ bilan taʼminlashga 1 trillion so‘m miqdorida 24 oyga, jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 foizdan oshmagan bank marjasini qo‘llagan holda kreditlar ajratish taklifi (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 31 martdagi 02-22/010-son ma’lumotnomasi).  Natijada, tijorat banklari tomonidan ajratilgan revolver kreditlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlab, ularning ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish, likvidlikni oshirish va ishlab chiqarish jarayonini barqarorlashtirishga imkon bergan.
gazlama, trikotaj mato va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda bo‘yash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari investision faoliyati doirasida barcha toifadagi tadbirkorlik subektlariga tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 7 million AQSh dollaridan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori, lekin 5 foizdan oshmagan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya qilinishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 16 yanvar PF-6-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi famoni ishda chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 31 martdagi 02-22/010-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ajratiladigan xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinishi orqali paxta-to‘qimachilik klasterlarining investision loyihalari, jumladan gazlama, trikotaj mato va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda bo‘yash uchun asbob-uskunalarni sotib olish rag‘batlantiriladi va investisiya faoliyati kengaygan.
paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirishda investision faoliyatni rag‘batlantirish va qo‘shimcha qiymat zanjirini chuqurlashtirish nuqtayi nazaridan, etishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvatiga (eng kamida ip-kalava ishlab chiqarish darajasida) ega bo‘lgan talabgorlarga ustuvorlik berish taklifi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 31 martdagi 02-22/010-son ma’lumotnomasi).  Natijada, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda xom ashyoning kamida 50 foizini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilishi natijasida, ishlab chiqarish quvvati oshadi, ichki xomashyo resurslaridan samarali foydalanish rag‘batlantiriladi va tarmoqning barqaror rivojlanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish