Xalmuratova Muxabbat Kuralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka xirurgiyasida gemo- va aerostaz uchun biologik mos keluvchi implantant samaradorligini klinik-eksperimental baholash», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib791.
Ilmiy rahbar: Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi zaruriy aero- va gemostatik xususiyatlari bo‘lgan biologik mos implantlarni klinik-eksperimental baholash natijalari asosida o‘pkada jarrohlik amaliyotlari natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba tajribada o‘pka jarrohligida qon ketishni to‘xtatish va aerostaz maqsadida mahalliy xom ashyolardan (GOST 2.001-90 konstruktorlik hujjatlariga muvofiq ECKD kompleks standartlarga mos keladigan) biologik mos implantat ishlab chiqilgan;
tajribada biologik mos implantatning yopishqoqlik xususiyatlarini, aero- va gemostatik samarasi sifatini, ta’sir etadigan to‘qima sohasidagi mexanik mustahkamlikni aniqlash orqali o‘pka to‘qimasi nuqsonini almashtirishda ishlatilish imkoniyati isbotlangan;
tajribada biologik mos implantatning tibbiy biologik xavfsizligi aniqlangan va hayvonlar organizmida ushbu konstruksiyaning germetikligi, toksik, qo‘zg‘atuvchi, allergik ta’siri sinab ko‘rilgan;
asosiy kasallikning asoratli kechishi xavfi omillari mavjud holatlarda (surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi, emfizema) o‘pka rezeksion amaliyotlaridan keyin aero- va gemostaz o‘zgarishlari rivojlanish chastotasi va patomorfologik xususiyatlari aniqlangan;
o‘pka to‘qimasi parenximasidagi nuqsonlarning o‘lchami va yuzasi holatini hisobga olgan holda yangi mahalliy biologik kompozit polimer implantatlarini klinik qo‘llash mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra:
“O‘pka jarrohligida biomutanosib implantatning qo‘llanilishi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan tavsiyalar bemorlarni ambulator kuzatish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirgan;
o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Taklif etilayotgan tadqiqot natijalari asosida o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘lamini sezilarli ravishda kengaytirishga, o‘pkada amaliyotlardan keyingi aero- va gemostaz buzilishlari rivojlanish xavfini kamaytirishga erishilgan, asoratlarning umumiy chastotasini 14,7% dan 2,9% gacha va uzoq muddatli shifoxonada yotish zaruratini 32,4% dan 11,4% gacha kamaytirish imkonini bergan.