Ametov Axmet Qulametovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda milliy qadiryatlarning rivojlanish tendensiyalari, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal842 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Djuraev Lukmon Narzullaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan milliy qadriyatlarning o‘rni va rivojlanish mexanizimlarini ilmiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangilanayotgan O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda jamoaviylik va paternalizm jamiyatning determinanti sifatida aksiologik ong, axloqiy munosabatlarning uyg‘unligi konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan; 
O‘zbekistonda demokratik islohotlardagi transsendentalizm, personalistik  ontologizm, madaniy-tarixiy relyativizm kabi aksiologik munosabatlar insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ni barataraf etishi va fuqarolik jamiyati taraqqiyotini ta’minlovchi indikator ekanligi dalillangan;
inson huquqlarini axloqiy-huquqiy reglamentlashtirish (tartibga solish) asosida milliy qadriyatlarni shakllantirish va yuksaltirishda birlamchi asos ekanligi sotsiometrik kuzatuv vositasida aniqlangan;
milliy qadriyatlar va jamiyatning madaniy ijtimoiylashuvi insoniyatni birlashtiruvchi sosium atributi sifatida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi manfaatlarni uyg‘unlashtirish, aksiologik munosabatning tizimli-integrativ tafakkurini rivojlantirish mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda milliy qadriyatlarning rivojlanish tendensiyalarin o‘rganish natijalari asosida:
Yangilanayotgan O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda jamoaviylik va paternalizm jamiyatning determinanti sifatida aksiologik ong, axloqiy munosabatlarning uyg‘unligi konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy  isbotlanganligiga oid ilmiy asoslangan xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining “Biz yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshimiz” mavzusidagi QR-01/02-2023 raqamli amaliy davlat grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2024-yil 11-oktyabrdagi 02-06 / 81-son ma’lumotnomasi).  Natijada, bugungi globallashuv jarayonda demokratik qadriyatlarning ravnaq topishida milliy va diniy g‘oyalar bilan oziqlangan fuqarolik jamiyatida ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida ma’naviy axloqiy qadriyatlarning roli yanada oshirish va yoshlarimizning vatanparvarlik, baynalminallik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda demokratik islohotlardagi transsendentalizm, personalistik  ontologizm, madaniy-tarixiy relyativizm kabi aksiologik munosabatlar insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ni barataraf etishi va fuqarolik jamiyati taraqqiyotini ta’minlovchi indikator ekanligi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish hamda targ‘ibot- tashviqotini tashkil qilishga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 16-iyuldagi 01/13-102-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson huquqlarini ta’minlashning mexanizmlari, usul va vositalarini takomillashtirish va yoshlar dunyoqarashida buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini singdirish asosidamilliy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtai-nazardan tarbiyalashga xizmat qilgan;
inson huquqlarini axloqiy-huquqiy reglamentlashtirish (tartibga solish) asosida milliy qadriyatlarni shakllantirish va yuksaltirishda birlamchi asos ekanligi sotsiometrik kuzatuv vositasida isbotlanganligiga bog‘liq taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturidagi “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”ning “Milliy madaniyat va ma'naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasida” nomli 6.1 bandi “Milliy, tarixiy­ilmiy madaniyat va manbalarni o‘rganish va targ‘ib etish sohasida” nomli 6.3 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etib, jamiyatda inson huquqlarini ta’minlashning umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish va fuqarolarning huquq va erkinliklariga mone bo‘lmagan odob-axloq qoidalari huquq normasi sifatida ifoda etilishining ta’minlanishi yangi jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarining qaror topishida xizmat qilgan;
milliy qadriyatlar va jamiyatning madaniy ijtimoiylashuvi insoniyatni birlashtiruvchi sosium atributi sifatida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi manfaatlarni uyg‘unlashtirish, aksiologik munosabatning tizimli-integrativ tafakkurini rivojlantirish mezoni ekanligi asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yilda efirga uzatilgan “Qaysı biri durıs” ko‘rsatuvining hamda Qoraqalpog‘iston radiokanalida 2024 - yil 18-iyunda efirga uzatilgan “Ma’naviyat gulshani” va “Tarixiy arboblar” eshittirishlarining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-iyuldagi 05-22/320-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarimizda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirishda va demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qaror topdirishda milliy qadriyatlarimiz hamda milliy ma’naviy merosimiz muhim nazariy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish