Aytbaeva Aygul Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitizinning N-benzilli hosilalarining tutqanoqqa qarshi faolligi” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib175.
Ilmiy rahbar: Azamatov Azizbek Azamatovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Pulatova Nargiza Ixsanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Mukarram Jurabaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining o‘tkir zaharligini aniqlash, antikonvul`sant ta’sirini skrining qilish, nomzod birikmani tanlash va uning antikonvul`sant va boshqa farmakologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining tuzilish-faollik munosabatlari tahlili olinib, peroral yuborib o‘tkir zaharliligi aniqlangan;
ilk bor sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining antikonvul`sant faolligi korazol tutqanoq modeli skriningida yuqori faollikni namoyon etgan nomzod birikma N-metilsitizin gidrobromidi tanlab olininib, turli xil tutqanoq modellarida nomzod moddaning tutqanoqqa qarshi ta’siri asoslangan;
nomzod birikmaning antigipoksik, antioksidant faolligi baholangan va gipoksiyaga qarshi ta’siri hamda antioksidant himoyasini kuchaytirish qobiliyati asoslangan;
nomzod birikmaning markaziy faolligi neyrofarmakologik (ochiq maydon) usulda yordamida baholangan va shu usulni patofiziologik o‘zgarishlar asosida sedativ ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sitizinning N-benzilli hosilalarining tutqanoqqa qarshi faolligini baholash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining tuzilish-faollik munosabatlari tahlili olinib, peroral yuborib o‘tkir zaharliligi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 17.02.2023 yil IAP 7592 sonli “Tutqanoqqa qarshi bo‘lgan N-metilsitizin bromgidrati” ixtiroli patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining tuzilmaviy modifikatsiyasi natijasida zaharlikning kamayishi dori vositalarining terapevtik samaradorligini oshirish, nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish hamda ularni uzoq muddat qo‘llash imkonini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ixtironing tijoratlashtirilishi yangi dori vositalarini ishlab chiqarish va eksport qilish imkonini kengaytiradi hamda farmatsevtika bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga zamin yaratadi. Xulosa. Tadqiqotlar natijasida ilk bor sitizin va uning ayrim hosilalarining peroral yuborilgandagi o‘tkir zaharliligi (LD₅₀) aniqlanib, tuzilma–zaharlik o‘rtasidagi muhim qonuniyatlar belgilandi. Xususan, molekuladagi azot atomidagi vodorodni metil va ayniqsa benzil radikallari bilan almashtirish zaharlikni sezilarli kamaytirishi isbotlandi, bu esa kam zaharli va istiqbolli birikmalarni yaratish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor sitizin, N-metilsitizin gidroxlorid, N-metilsitizin gidrobromid alkaloidlari va sitizinning gidroksietil va N-benzil hosilalarining antikonvul`sant faolligi korazol tutqanoq modeli skriningida yuqori faollikni namoyon etgan nomzod birikma N-metilsitizin gidrobromidi tanlab olininib, turli xil tutqanoq modellarida nomzod moddaning tutqanoqqa qarshi ta’siri asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 17.02.2023 yil IAP 7592 sonli “Tutqanoqqa qarshi bo‘lgan N-metilsitizin bromgidrati” ixtiroli patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: N-metilsitizin gidrobromid birikmasining klinik amaliyotda qo‘llanilayotgan antikonvul`sant preparatlar bilan qiyosiy o‘rganilishi uning yuqori samaradorlik va keng ta’sir doirasiga ega istiqbolli dori vositasi ekanligini ko‘rsatib, epilepsiya va boshqa tutqanoq sindromlarini davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi. Taklif etilayotgan mahalliy o‘simlik xomashyosidan olingan N-metilsitizin gidrobromid birikmasining iqtisodiy jihatdan ancha arzon va raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatib, mazkur birikma import o‘rnini bosuvchi, keng ta’sir doirasiga ega va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan istiqbolli dori vositasi sifatida baholanadi. Xulosa. tadqiqotlar natijasida epilepsiya va boshqa tutqanoq sindromlarini davolashda istiqbolli dori vositasi ekanligini hamda birikmaning past tannarxi va mahalliy xomashyo asosida olinishi uni iqtisodiy jihatdan arzon, import o‘rnini bosuvchi va farmatsevtika bozorida raqobatbardosh preparat sifatida baholash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: nomzod birikmaning antigipoksik, antioksidant faolligi baholangan va gipoksiyaga qarshi ta’siri hamda antioksidant himoyasini kuchaytirish qobiliyati asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 17.02.2023 yil IAP 7592 sonli “Tutqanoqqa qarshi bo‘lgan N-metilsitizin bromgidrati” ixtiroli patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan tajriba natijalar sitizin hosilalarining yuqori antigipoksant faolligini tasdiqlab, turli gipoksik holatlarda samarali qo‘llanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur ishlanma mahalliy xomashyo asosida yuqori samarali antigipoksant dori vositalarini yaratish imkonini berib, import o‘rnini bosish va davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Xulosa. Olingan natijalar N-metilsitizin gidrobromid birikmasining yuqori antioksidant faollikka ega ekanligini hamda uning oksidativ stress bilan bog‘liq patologik jarayonlarda istiqbolli farmakologik vosita ekanligini ilmiy jihatdan asoslaydi. Mazkur birikmaning samaradorligi, mahalliy xomashyo asosida olinishi va patent bilan himoyalanganligi uning amaliyotga joriy etilishi, import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh dori vositasi sifatida qo‘llanish imkoniyatlarini belgilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nomzod birikmaning markaziy faolligi neyrofarmakologik (ochiq maydon) usulda yordamida baholangan va shu usulni patofiziologik o‘zgarishlar asosida sedativ ta’siri aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 17.02.2023 yil IAP 7592 sonli “Tutqanoqqa qarshi bo‘lgan N-metilsitizin bromgidrati” ixtiroli patenti bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi, hayajonlanishni kamaytiruvchi, xavotir va asabiylashishni bostirishi va psixoemotsional taranglikni pasaytirishi, ayniqsa tutqanoq kasalligi hurujlarini yuzaga keltirib chiqaradigan kognitiv buzilishlarni oldini olishda kompleks davolash chora tadbirlariga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Joriy etilishi kutilayotgan yangi sedativ ta’sirga ega vosita kam zaharli, yuqori farmakologik faollik namoyon qiluvchi va nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltirmasligi va referens preparatlarga nisbatan samarali va ishonchliligi yuqorili vositaning kompleks davolash imkonini beradi. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanishda kunlik qabul miqdorining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. N-metilsitizin gidrobromid kabi yangi polifunksional dori vositalarini farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha mavjud mahalliy hamda import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh va ustun bo‘la oladi.