Axmedova Gulnoza Faxrutdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8524
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Nafasov Doniyor Shernafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Salaeva Muxabbat Saburovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Jumasheva Gulnora Hamidullaevna.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmlarini aniqlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari ijodiy tafakkurini teatr san’ati va sahnaviy faoliyatga yo‘naltirilgan emotsional-irodaviy tajribasi va refleksiv faoliyatlariga koordinatsiyalash, teatr pedagogikasini rivojlantirish mexanizmlari, tarkibiy tuzilmasi va metodologik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsad-mazmun-jarayon-natija komponentlarining funksional bog‘liqligini ta’minlashda teatr pedagogikasining strategik vazifalarini aniqlashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirishda dramatizatsiya, improvizatsiya, sahnalashtirilgan muammoli vaziyatlar, refleksiv tahlil va debrifing usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi obrazli fikrlashni improvizatsiya, dramatizatsiya, rolli o‘yinlarga integratsiyalash, sahnaviy ijodkorlik va badiiy tafakkurni kompetensiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan texnologiyalarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi badiiy dunyoqarashini kengaytiruvchi ijodiy ta’lim muhitini yaratish, sahnaviy madaniyatining kreativ faolligini fanlararo integratsiyalash va refleksiv baholash tizimini joriy etish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari ijodiy tafakkurini teatr san’ati va sahnaviy faoliyatga yo‘naltirilgan emotsional-irodaviy tajribasi va refleksiv faoliyatlariga koordinatsiyalash, teatr pedagogikasini rivojlantirish mexanizmlari, tarkibiy tuzilmasi va metodologik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid ilmiy yangiliklar “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2025-yil 11-yanvardagi 5-Sh-sonli buyrugʻi asosida berilgan №123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarning mazmuni boyitilib, ijodiy tafakkur, emotsional-irodaviy barqarorlik, estetik idrok, refleksiv tahlil ko‘nikmalari hamda sahna faoliyatida mustaqil va hamkorlikda ijodiy faoliyat yuritish qobiliyatlarining rivojlanishi ta’minlandi;
talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi obrazli fikrlashni improvizatsiya, dramatizatsiya, rolli o‘yinlarga integratsiyalash, sahnaviy ijodkorlik va badiiy tafakkurni kompetensiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan texnologiyalarga moslashtirish hamda motivatsiyani kuchaytiruvchi o‘yin elementlari bilan integratsiyalashgan holda qo‘llashning pedagogik mexanizmi ilmiy jihatdan asoslanishiga oid yangiliklar “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrugʻi asosida berilgan 218002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, teatr pedagogikasi vositasida talabalarning badiiy-kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslarini oʻrganish samaradorligi oshgan;
talabalarning badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsad-mazmun-jarayon-natija komponentlarining funksional bog‘liqligini ta’minlashda teatr pedagogikasining strategik vazifalarini aniqlashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirishda dramatizatsiya, improvizatsiya, sahnalashtirilgan muammoli vaziyatlar, refleksiv tahlil va debrifing usullari majmuiga tayangan holda takomillashtirilishiga doir ilmiy yangiliklar “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2025-yil 11-yanvardagi 5-Sh-sonli buyrugʻi asosida berilgan №123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyasini shakllantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
teatr pedagogikasi vositasida talabalarda badiiy-kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi badiiy dunyoqarashini kengaytiruvchi ijodiy ta’lim muhitini yaratish, sahnaviy madaniyatining kreativ faolligini fanlararo integratsiyalash va refleksiv baholash tizimini joriy etish asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi №22-01-727/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning badiiy-kreativlik kompetensiyalarini baholash tizimi takomillashib, ularning ilmiy va badiiy - kreativ faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi ta’minlandi.