Sayfieva Sevara Sur’atovnanning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda salomatlikni saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risida dastlabki tasavvurlarini shakllantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7727.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: Nam Viktor Venyaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; G‘affarov Feruz Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda salomatlikni saqlash hamda hayot va faoliyat xavfsizligiga oid boshlang‘ich tasavvurlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarbiyachilarda maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash haqidagi dastlabki tasavvurlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari hayot xavfsizligi borasidagi kompetensiyalarning tadrijiy rivojlanishiga ko‘ra motivatsion-qadriyatli, kognitiv-mazmuniy va amaliy-faoliyat komponentlarining o‘zaro refleksiv bog‘lanishi orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish modeli sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxsiy pozisiyaning dominantligiga ko‘ra didaktik ekotizimni subektiv lokus darajasida faollashtiruvchi komponentlarning dinamik muvozanatini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasi salomatlikning kognitiv, motivatsion, kreativ, shaxsiy va faoliyatga yo‘naltirilgan jihatlariga ko‘ra sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-pragmatik mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasining samaradorligi raqamlashtirilgan ta’lim muhitining pedagogik ta’sir jihatlariga ko‘ra mediata’lim vositalarini gorizontal va vertikal vektorda differensial qo‘llash orqali oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda salomatlikni saqlash hamda hayot va faoliyat xavfsizligiga oid boshlang‘ich tasavvurlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishni tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarda maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash haqidagi dastlabki tasavvurlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari hayot xavfsizligi borasidagi kompetensiyalarning tadrijiy rivojlanishiga ko‘ra motivatsion-qadriyatli, kognitiv-mazmuniy va amaliy-faoliyat komponentlarining o‘zaro refleksiv bog‘lanishi orqali aniqlashtirilishiga oid takliflardan “Umumiy ta’lim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kontekstida ta’lim oluvchilar salomatligi va jismoniy rivojlanishini optimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 11-0-196/04 ma’lumotnomasi), shuningdek “MTT bo‘lajak tarbiyachilarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarda tarbiyalanuvchilarda salomatlikni saqlash hamda hayot va faoliyat xavfsizligi haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga sindirilgan. Mazkur yondashuvlar natijasida bo‘lajak MTT tarbiyachilarida maktabgacha yoshdagi bolalarda salomatlikni saqlash va hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha dastlabki tasavvurlarni shakllantirish ko‘nikmalari ta’minlandi;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish modeli sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxsiy pozisiyaning dominantligiga ko‘ra didaktik eko-tizimni subektiv lokus darajasida faollashtiruvchi komponentlarning dinamik muvozanatini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda salomatlikni saqlash — sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali yo‘li” mavzudagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 11-0-196/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda salomatligini saqlash hamda hayot va faoliyat xavfsizligini shakllantirish, salomatlikni saqlash sohasida kompetentligini oshirishning samarali yo‘llari asoslab berilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasi salomatlikning kognitiv, motivatsion, kreativ, shaxsiy va faoliyatga yo‘naltirilgan jihatlariga ko‘ra sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-pragmatik mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy hamda madaniy rivojlantirish maqsadida uzlyuksiz ta’lim tizimida salomatlikni saqlash texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmani tayyorlash» mavzudagi amaliy loyiha, shuningdek “Maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash hamda hayot va faoliyat xavfsizligi” metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 22 yanvar 11-0-196/04-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan ish natijasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak pedagoglarda salomatlikni saqlash bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda bola salomatligini saqlash va hayot xavfsizligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasining samaradorligi raqamlashtirilgan ta’lim muhitining pedagogik ta’sir jihatlariga ko‘ra mediata’lim vositalarini gorizontal va vertikal vektorda differensial qo‘llash orqali oshirilganga oid takliflardan «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy hamda madaniy rivojlantirish maqsadida uzlyuksiz ta’lim tizimida salomatlikni saqlash texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmani tayyorlash» mavzudagi amaliy loyiha doirasida ilmiy maqolalarni e’lon qilish orqali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 22 yanvar 11-0- 196/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagogning shaxsiy resurs salohiyatini safarbar qilishga asoslangan salomatlikni saqlash texnologiyalari va usullarini kreativ qo‘llash uchun amaliy imkoniyatlari kengaytirilgan.