Seytniyazov Tursinbay Daulbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq romanlarida peyzaj obrazini yaratishning badiiy usullari”, 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6948
Ilmiy rahbar: Seytbekov Adilbay Batirbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Allamuratov Gayrat Abatbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyilik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi qoraqalpoq romanlarida obraz yaratishda, muallif fikrini ifodalashda, asar kompozisiyasini jozibador shaklda berishda, roman badiiyatini oshirishda peyzaj tasvirlarining o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiyotshunosligida romanlarda peyzaj tasviri usullari ilk bor tadqiqot obekti sifatida o‘rganilib, bunda peyzaj tasvirining sifat belgilari, uning badiiy funksiyalari, obraz yaratishga ta’siri tahlil qilingan;
peyzaj tasvirining tarbiyaviy vazifasi ochib beriladi, ekotizim nuqtayi nazaridan o‘quvchilarni tabiat musaffoligini saqlashga tarbiyalay olishi, shuningdek, ekotizimga oid ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati ochib beriladi;
qoraqalpoq adabiyotshunosligida peyzaj tasvirining xronotop vazifasini bajarishi, uning mavsumiy vaqtni, sutkalik vaqtni, makonni ifodalashi yaxlit tarzda birinchi marta o‘rganilgan;
qahramon obrazi va asar kompozisiyasini yaratishning o‘ziga xos usullari kabi xizmatni romanlarda peyzaj tasviri bajarishi misollar yordamida yaqqol dalillangan;
peyzaj tasvirining muallif va qahramon dunyoqarashini ochib berishdagi badiiy xizmati ochib berilishi, muallif va qahramonning tabiat manzaralarini anglashi, hodisa va voqealar bilan bog‘lay olishi samarali o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qahramon obrazini va asar kompozisiyasini yaratishning o‘z usullari, bu xizmatni peyzaj tasvirning bajarilishi, romanlarda peyzaj tasvirning muallif va qahramon nuqtai nazarini ochib berishdagi badiiy xizmati, muallifning va qahramonning tabiat ko‘rinishlarini kuzatishi, hodisa, voqealar bilan bog‘lashi samarali o‘rganilganligi bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining “Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi” mavzusidagi fundamental loyihalarda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 801/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, asar kompozisiyasini yaratishning o‘ziga xos usullari, peyzaj tasvirining muallif va qahramon nuqtayi nazarini ochib berishdagi badiiy xizmati, muallif va qahramonning tabiat manzaralarini kuzatishdagi, hodisa, voqealar bilan bog‘lanishdagi o‘ziga xos xususiyatlar romanlar konteksti misolida aniqlangan;
qoraqalpoq adabiyotshunosligi ilmida romanlarda peyzaj tasvirlash usullari, peyzaj tasvirlashning sifat belgilari, uning badiiy funksiyalari, obraz yaratishga ta’siri o‘rganishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati idavlat muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan eksponatlarga bog‘liqligi o‘rganib chiqldi. Xalq yozuvchilarining badiiy asarlarida peyzaj mavzusi bilan bog‘liq talabalarga matbuot anjumani o‘tkazildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2025-yil 2-dekabr 371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq romanlarining badiiy tasvir usullarini tadqiq etishga qo‘yiladigan talablar, boshqa nazariy tamoyillar to‘ldirilgan;
peyzaj tasvirining tarbiyaviy vazifasi ochib berilganligi, ekotizim nuqtai nazaridan o‘quvchilarni tabiat tozaligini saqlashga tarbiyalay olishi, ekotizimga oid ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati ochib berilishi bo‘yicha o‘rganilgan nazariy, amaliy natijalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Xabar”, “Ana tilim” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-dekabrdagi 05-22.727-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy g‘urur, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, jumladan, ona tabiatni asrab-avaylash, hurmat qilish ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyatini ko‘rsatib berilgan.