Kudiyarova Rishxan Kadirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “S.Jumag‘ulov asarlarida yumoristik obraz yaratish mahorati (hikoya, povest va dramatik asarlari misolida)”, 10.00.12. – Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4931.
Ilmiy rahbar: Kazaxbaev Sarsen Seyilbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Orinbaev Turganbay Bazarbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoyi davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijodkorning yumoristik obraz yaratish mahorati, ijodining g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, janriy va shakliy xususiyatlari, syujet, kompozision tuzilish, badiiy til, obraz va xarakter yaratishdagi individual belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va qardosh xalqlar adabiyotshunosligida yumoristik obraz masalasini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda S.Jumag‘ulovning qahramon yaratishdagi ijodiy individualligi ochib berilgan;
yozuvchi asarlarining janriy va shakliy xususiyatlari (nasriy, dramatik), syujet tiplarini yaratishdagi o‘ziga xosligi hamda asar kompozisiyasidagi o‘ziga xos poetik izlanishlari ilmiy-nazariy asoslangan;
yaratilgan asarlarda qahramonlarning dialog va monolog kabi badiiy nutq shakllaridan foydalanishdagi ijodiy individualligi, qoraqalpoq nasrida yumoristik tasvir imkoniyatlarini boyitganligi aniq misollar asosida dalillangan;
obrazlar tizimi, xarakter yaratish, personajlar psixologiyasi, asarga nom tanlash, jonli xalq tili boy leksikasidan foydalanish, badiiy detal va rivoyaviy usul elementlarining asar yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati keng yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
S.Jumag‘ulov asarlarida yumoristik obraz yaratish mahorati masalasi bo‘yicha tadqiqotlar yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ijodkor asarlarining g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari rivojlanish tendensiyalari, janr va shakliy o‘ziga xosligi, syujet va kompozisiya tuzish, obraz va xarakter yaratish xususiyatlari, badiiy til va detaldan foydalanish mahorati bo‘yicha individual izlanishlari haqidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 15-dekabrdagi 798/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchining yumoristik obraz yaratishdagi badiiy mahorati masalasi, asar syujeti va kompozision yaxlitligi, janr va badiiy xususiyatlari, g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlarini belgilashda asosiy manba vazifasini o‘tagan;
so‘z san’atkorining yumoristik obraz yaratishdagi poetik izlanishlari, g‘oyaviy-tematik xususiyatlari, sujet va kompozision tarkibi, obraz va xarakter yaratishdagi o‘ziga xos belgilari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalardan “Qoraqalpog‘stan” teleradiokompaniyasining “Qayırlı tań”, “Kúsh bilimde” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Qaraqalpaqstan” Teleradiokompaniyasining 2026-yil 29-yanvardagi 05-22/51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotida S.Jumag‘ulov ijodining rivojlanish tendensiyalari, obraz va xarakter, sujet va kompozisiya tuzishdagi ijodiy izlanishlari hamda dialog va monologlardan foydalanishdagi mahorat masalalari keng jamoatchilikka etkazilishi ta’minlangan;
S.Jumag‘ulov ijodida yumoristik obraz yaratish mahorati masalalarini tahlil qilishda yozuvchining individual uslubiy izlanishlari va novatorligi yuzasidan qilingan ma’ruzalari yosh ijodkorlarning adabiyot darg‘alari ijodini chuqur o‘rganish hamda poetik mahoratini takomillashtirishda keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2026-yil 26-yanvardagi 8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning yozuvchi S.Jumag‘ulov asarlarining g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlarini, janriy va badiiy izlanishlarini aniqlashga, asarlarining sujet tiplari va kompozision tuzilishini, individual ijodiy mahoratini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tushunchalarining takomillashishiga erishilgan.