Xojaniyazova Inkar Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompetensiyaviy yondoshuv asosida tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (4-sinf tarbiya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped580
Ilmiy rahbar: Bekimbetova Aynagul Amangeldievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Rahimov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bekimbetova Gulbaxar Risbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyilik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilib, an’anaviy bilimga yo‘naltirilgan yondashuvga tayangan holda o‘quv topshiriqlari taksonomiyasi kompetensiyaviy samaradorlik potensialiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilari “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi jarayonida differensiallashtirilgan pedagogik texnologiyalar (muammoli, loyihaviy, ko‘pqirrali) va interfaol metodlar (rolli o‘yinlar, muloqotli keys-stadilar) kombinatsiyasi ishlab chiqilgan hamda ularning produktivlik darajasini baholash mezonlari ilmiy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanini 4K tamoyili asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan, maqsadli, nazariy-metodik, tashkiliy-texnologik hamda baholovchi-diagnostik komponentlarining o‘zaro sinergetik bog‘liqligini va ta’lim jarayoni elementlari (metodlar, shakllar, vositalar) integratsiyasini ta’minlovchi pedagogik model ishlab chiqilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitishning kognitiv, kommunikativ, kreativ, tanqidiy va motivatsion mezonlariga tayangan mezonli-baholash tizimi (formativ, summativ va diagnostik baholash ko‘rsatkichlari) hamda ularning samaradorligini monitoring va statistik tahlil asosida aniqlashga yo‘naltirilgan metodik texnologiya ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash, an’anaviy bilimga yo‘naltirilgan yondashuvga tayangan holda o‘quv topshiriqlari taksonomiyasini kompetensiyaviy samaradorlik potensialiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-192-sonli nashr ruxsatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanini o‘zlashtirishining pedagogik imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi jarayonida differensiallashtirilgan pedagogik texnologiyalar (muommali, loyihaviy, ko‘pqirrali) va interfaol metodlar (rolli o‘yinlar, muloqotli keys-stadilar) kombinatsiyasini ishlab chiqish hamda ularning produktivlik darajasini baholash mezonlariga oid tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 19-sentyabrdagi 373-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning produktivlik darajasi oshishiga erishilgan;
boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanini 4K tamoyili asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan, maqsadli, nazariy-metodik, tashkiliy-texnologik hamda baholovchi-diagnostik komponentlarining o‘zaro sinergetik bog‘liqligini va ta’lim jarayoni elementlari (metodlar, shakllar, vositalar) integratsiyasini ta’minlovchi pedagogik modelni ishlab chiqishga oid takliflardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 19-sentyabrdagi 373-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minoti va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradorligi oshishiga erishilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarida “Tarbiya” fanini o‘qitishning kognitiv, kommunikativ, kreativ, tanqidiy va motivatsion mezonlariga tayangan mezonli-baholash tizimi (formativ, summativ va diagnostik baholash ko‘rsatkichlari) hamda ularning samaradorligini monitoring va statistik tahlil asosida aniqlashga yo‘naltirilgan metodik texnologiya Samarqand davlat hamda Nukus davlat pedagogika institutlari ta’lim amaliyotida qo‘llanilgan (Samarqand davlat pedagogika institutining 2025-yil 25-sentyabrdagi 09-06/2598-sonli hamda Nukus davlat pedagogika institutining 2025-yil 17-apreldagi 01-21-09/529-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, boshlang‘ich ta’lim 4-sinf o‘quvchilarining “Tarbiya” fanidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradorligini baholash va didaktik imkoniyatlardan foydalanish darajasi oshishiga erishilgan.