Tobanazarov Azamat Pirnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida qoraqalpoq prozasini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya va nazariyasi va metodikasi” (qoraqalpoq adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3648
Ilmiy rahbar: Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Bekimbetova Gulbahar Risbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Allamuratova Zuxra Maxsetbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarida 5–7-sinflarida qoraqalpoq adabiyoti darslarida nasriy asarlarni samarali o‘qitishning ilmiy-metodologik, estetik va amaliy asoslarini takomillashtirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktablarda 5–7-sinflarda nasriy asarlarni o‘qitish tizimi qoraqalpoq adabiyoti materiallari asosida takomillashtirilib, unda obrazlilik va badiiylik kategoriyalarining mantiqiy-tanqidiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni assotsiativ kontekstlar hamda muammoli vaziyatlar vositasida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan;
5–7-sinflarda nasriy asarlarni konstruktiv va muammoli o‘qitish texnologiyalari integratsiyasiga tayangan o‘qitish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda o‘quvchining badiiy matn mazmunini shaxsiy tajribasi asosida “qayta qurish” (konstruksiyalash) ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik shartlari aniqlashtirilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarning matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar tizimi (matn osti ma’nolarini ochish, qahramonlar xarakterini qiyosiy tahlil qilish) o‘quvchilarning badiiy-estetik idrok etish darajasiga muvofiq ravishda metodik jihatdan takomillashtirilgan;
5–7-sinflarda qoraqalpoq nasriy asarlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari asarning badiiy va pragmatik funksiyalarini ochib berishga yo‘naltirilgan hamda metakognitiv yondashuv elementlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumta’lim maktablarida 5–7-sinflarida qoraqalpoq adabiyoti darslarida nasriy asarlarni o‘qitish bo‘yicha olib borilgan natijalar asosida:
maktablarda 5–7-sinflarda nasriy asarlarni o‘qitish tizimi qoraqalpoq adabiyoti materiallari asosida takomillashtirilib, unda obrazlilik va badiiylik kategoriyalarining mantiqiy-tanqidiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni assotsiativ kontekstlar hamda muammoli vaziyatlar vositasida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanishiga doir amaliy taklif va tavsiyalar 2021–2024-yillarda Nukus, Xo‘jayli va Sho‘manay tumanlaridagi bir qator maktablarda o‘quv jarayoniga joriy etilib, eksperimental sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 8-iyuldagi №01/11-6-416-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qoraqalpoq adabiyoti darslarining samaradorligini oshirishga va o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini, ma’naviy etukligini rivojlantirishga erishilgan.
5–7-sinflarda nasriy asarlarni konstruktiv va muammoli o‘qitish texnologiyalari integratsiyasiga tayangan o‘qitish mexanizmi ishlab chiqilgan holda o‘quvchining badiiy matn mazmunini shaxsiy tajribasi asosida “qayta qurish” (konstruksiyalash) ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik shartlariga doir tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilishi 2020–2023-yillarga rejalashtirilgan F3-2016-0908165532-son “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihaning mazmunida o‘z aksini topgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 18-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktablarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi zamonaviy talablar va yangicha yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
5–7-sinf o‘quvchilarning matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar tizimi (matn osti ma’nolarini ochish, qahramonlar xarakterini qiyosiy tahlil qilish) o‘quvchilarning badiiy-estetik idrok etish darajasiga muvofiq ravishda metodik jihatdan takomillashtirilga tegishli tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazining o‘quv rejasidagi qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi fani mazmun jihatdan boyitilib, pedagoglarni pedagogik mahorat markazining modulli malaka oshirish kurslarining samaradorligini oshirishda va kurs tinglovchilarini “Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb muammolari” nomli modulini o‘qitishda ilmiy-metodologik manba sifatida keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazining 2022-yil 9-noyabrdagi №01-01-243-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazining modulli malaka oshirish kurslarining samaradorligi va filolog o‘qituvchilarding kasbiy mahorati oshirishga xizmat qilgan.
5–7-sinflarda qoraqalpoq nasriy asarlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari asarning badiiy va pragmatik funksiyalarini ochib berishga yo‘naltirilgan hamda metakognitiv yondashuv elementlarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar maktablarda qoraqalpoq adabiyoti darslarida nasriy asarlarni o‘qitish jarayonga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, jumladan konstruktiv o‘qitish va muammoli ta’limni yo‘lga qo‘yish nazariyasi amaliyotda tajribadan o‘tkazilganligi qayd etilib, adabiyot darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi №01-01/3-3840-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktablarda o‘quvchilarining nutqiy, badiiy tahlil kompetensiyalari va ma’naviy fazilatlari rivojlantirish imkoniyati oshirilgan. Shu bilan birga maktablarda qoraqalpoq nasriy asarlarini o‘qitish metodikasining nazariy, estetik va metodik asoslarini tizimlashtirishgan va pedagogik amaliyotda foydalanishni takomillashtirilgan.