Sobitov A’zamxon Tursunpo‘lot o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qadimgi turkiy yodgorliklar zoonimlarining qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5361
Ilmiy rahbar: Jafarov Botir Sattarovich, filologiya fanlari doktori  (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon, filologiya fanlari doktori  (DSc), professor; Sidiqov Qosim Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi XI–XIV asrlardagi qadimgi turkiy qo‘lyozmalar, xususan, “Devonu lug‘ati-t-turk”, “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” yozma manbalaridagi zoonimlarni tasniflash, etimologik hamda struktur-semantik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek zoonimik leksik birliklarning lingvistik jihatidan o‘zgarib borishini qiyosiy usulda tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
    “Devonu lug‘ati-t-turk”, “Tarjumon turkiy” va “Kodeks kumanikus” asarlaridagi zoonimlarning semantik va funksional xususiyatlari tahlil qilinib, ularning ilmiy uslubda terminologik birlik, badiiy va og‘zaki nutqda esa ramziy, konnotativ va ekspressiv vosita sifatida qo‘llanishi aniqlandi hamda hayvon nomlarining totemik funksiyasi qadimgi turkiy tafakkur, madaniyat va etnik qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqlikda yoritildi.
    XI asrga oid “Devonu lug‘ati-t-turk”dagi zoonimlarning XIV asrga oid “Tarjumon  turkiy” va “Kodeks kumanikus” asarlaridagi zoonimlarning fonologik, morfologik va leksik o‘zgarishlari, shuningdek, ayrim zoonimlarning konservativ holda saqlanib qolish an’analari ilmiy asoslandi.
    “Devonu lug‘ati-t-turk”, “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” yozma manbalari materiallari asosida qadimgi turkiy zoonimlar zoologik, struktur va leksik-semantik me’zonlar uyg‘unligida tavsiflandi, natijada ularning qadimgi turkiy til tizimidagi o‘rni muayyanlashtirildi.
    XI–XIV asrga tegishli turkiy obidalardagi 286 ta hayvon nomi leksik-semantik va etimologik jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, 46 ta hayvon nomi barqaror saqlangani, 133 ta hayvon nomi qisman o‘zgarishga uchragani hamda 107 ta hayvon nomi butunlay o‘zgarishga uchragani ilmiy jihatdan isbotlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XI–XIV asrlarga oid qadimiy turkiy qo‘lyozmalardagi zoonimlarini muqoyasa qilish asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan FZ-20190815110 “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda “Qadimgi turkiy yodgorliklar zoonimlarining qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi natijalari, tadqiqot xulosalaridan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetining 2025-yil 13-oktyabrdagi 815110/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratishi to‘g‘risidagi xulosalarni zoonimlar bo‘yicha dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitgan;
turkiy adabiyot ravnaqi tarixida alohida o‘rin tutadigan “Devonu lug‘ati-t-turk”, “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” obidalaridagi zoonimlar asosida o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tarixidagi lisoniy hamda adabiy ahamiyatini aniqlash orqali olingan ilmiy natijalardan, qo‘lyozmalardagi zoonimlarni muqoyasa qilish orqali yozma manbalarda nomlari qayd etilgan zoonimlarning lug‘aviy tarkibi ularning yashash tarzi, hajmi, rang-tusi singari xususiyatlari belgilanib, mazkur paradigmani tashkil etuvchi birliklarning struktur tasniflari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia maxsulotlarini yaratish” mavzusidagi FZ-201912099 raqamli amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetining 2025-yil 22-oktyabrdagi 2019-22/10-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek folklori namunalarini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish taraqqiyotini asoslash va davriylashtirish masalasini yoritish to‘g‘risidagi xuloslarni hamda lug‘at qismlarini dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitgan;
XI–XIV asr qadimgi turkiy qo‘lyozmalar, xususan “Devonu lug‘otit-turk”, “Tarjumon turkiy” va “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmalarida qayd etilgan zoonimlarning leksik-semantik tahlili, pragmatik, qiyosiy-tipologik, etimologik jihatlari borasidagi xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining O‘zbekiston teleradio kanali DUK muharririyati tomonidan tayyorlangan Adabiy jarayon, Ta’lim va taraqqiyot nomli radioeshittirishlarining 2025-yil fevral va may sonlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati tomonidan 2025-yil 19-avgust sanasida berilgan 05-09-1326-sonli ma’lumotnoma). Natijada ushbu tadqiqot ishida berilgan qiyoslanayotgan qo‘lyozmalar tarkibidan olingan tahlil natijalari zoonimlarning tildagi mavqeyini ko‘rsatib bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish