Azamatova Dildora Shuxrat qizining 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual ta’lim muhitida talabalarni kasbiy-metodik tayyorlashning texnologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:______
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmadjanov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sadikova Shoista Akbarovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga metodik tayyorlashning texnologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari va xususiyatlari kasbiy rivojlanishni diagnostika qilish, maqsadli guruhlarning individual tavsiflarini o‘quv bosqichi ustuvorligida intensiv monitoringda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarini kasbiy-metodik tayyorlashning zamonaviy usul va texnologiyalari o‘quv-tarbiya jarayoniga adaptiv va sinektik yondashuvlar asosida integratsiyalash hamda akademik dinamika sintezi doirasida maqbullashtirish orqali takomillashtirilgan; 
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlash modelini interfaol yondashuvlarning refleksiv, fasilitatsion, vitagen, mental instrumentlarni talabalarni akademik tarektoriyasiga optimallashtirishning barqarorligini ta’minlovchi kreativ modifikatsiyalar elementini personal kiritish asosida takomillashtirilgan; 
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlash  mezonlari individual faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirish asosida kasbiy sifatlarni tashxis etishning axborotli, faoliyatli va monitoring bosqichlarini mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot oldi mashg‘ulotlariga personal darajali adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Individual ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga metodik tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari va xususiyatlari kasbiy etilishni diagnostika qilish, maqsadli guruhlarning individual tavsiflarini o‘quv bosqichi ustuvorligida intensiv monitoringda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim – tarbiyani tashkil etish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan berilgan №438271-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisini kasbiy tayyorlashda kompetensiyaviy, integrativ yondashuvlar asosida shakllantirish mazmuni, shakllari, mexanizmlarini aniqlashga xizmat qilgan;
talabalarini kasbiy-metodik tayyorlashning zamonaviy usul va texnologiyalari o‘quv-tarbiya jarayoniga adaptiv va sinektik yondashuvlar asosida integratsiyalash hamda akademik dinamika sintezi doirasida maqbullashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan berilgan №429-351-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida talabalarni kasbiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasi ortishiga erishilgan;
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlash modelini interfaol yondashuvlarning refleksiv, facilitatsion, vitagen, mental  instrumentlarni  talabalarni akademik tarektoriyasiga optimallashtirishning barqarorligini ta’minlovchi kreativ modifikatsiyalar elementini personal kiritish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT 0-2997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi muhitida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2026-yil 25-yanvardagi 44-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy faoliyatga metodik tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
individual ta’lim muhitida talabalarini kasbiy-metodik tayyorlash  mezonlari individual faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirish asosida kasbiy sifatlarni tashxis etishning axborotli, faoliyatli va monitoring bosqichlarini mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot oldi mashg‘ulotlariga personal darajali adaptivlashtirish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2025 yil iyul va dekabr oylarida) foydalanilgan. («O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2026 yil 30-yanvardagi 05-09-163-son ma’lumotnomasi).Natijada, oliy ta’lim jarayonida talabalarni zamonaviy kasbiy bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladigan pedagogik jarayonda qo‘llash dasturini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish