Mavlyanov Zafar Iskandarovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dori etiologiyali allergiyaning klinik-farmakologik va immunogenetik jihatlari», 14.00.17–Farmakologiya va klinik famakologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3DSc/Tib322.

Ilmiy maslahatchi: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazarov Ozod Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Tal`at Abduvahabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomli Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: dori allergiyasi, uning gender xususiyatlari, klinik variantlari bilan dori guruhlari orasidagi bog‘liqlik, yuzaga kelishidagi davriylik va ba’zi genlar mutatsiyalarini inobatga olgan holda, uchrashi va rivojlanish xavfini  prognozlashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dori etiologiyali Kvinke shishi va toksikodermiyaning uchrashida mavsumiylik va yarim yillik ritm hamda ushbu allergiya turlari o‘rtasida qarama-qarshi bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;

ilk bor allergik asoratning etiologik omili sifatida dori vositalari qariyb yarmisining organizmda kimyoviy parchalanishi, qolgan yarmisini esa mikrobga qarshi dori vositalar sifatida mikroblarning ularga nisbatan sezgirligi past darajada ekanligi asoslangan;

sensibilizatsiya sharoitida jigar monooksigenaz tizimi funksional faolligining pasayishi va immun tizimi bilan qarama-qarshi bog‘liqligi hamda dori allergiyasi rivojlanish xavfi bilan CYP2C9 geni Arg144Cys polimorfizmi assotsiatsiyasi mavjudligi aniqlangan;

dori vositalarining organizmda metabolizga uchrash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda anafilaktoid reaksiya va toksikodermiya ko‘rinishidagi allergiya kelib chiqish xavfini erta aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bor dori etiologiyali allergiyalarning mahalliy sharoitda boshqa turdagi allergiyalar ichidagi o‘rni, allergik asorat chaqirgan dori vositalari bilan bog‘liqligi, klinik namoyon bo‘lish shakllarini eng ko‘p uchraydigan yosh oralig‘i va jins turi hamda ular o‘zgarishi dinamikasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dori etiologiyali allergiyalarni dori turiga, bemor jinsi va yoshiga, yil mavsumlariga bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Dori etiologiyali allergiya: tarqalganligi, patogenezi va klinik namoyon bo‘lish shakllari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 3 maydagi 8N-D/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma dori vositalariga allergiya asoratlar xavfining oldini olish imkonini bergan;

“Dori etiologiyali allergiyani prognozlash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8N-r/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemor yoshi va jinsi, allergiyaning klinik variantlari, mavsumiy xususiyatlari, qo‘llanilgan dori vositasining metabolizmga uchrashi yoki antibiotikka rezistentlik darajasi ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda allergik asoratlar kelib chiqishining oldini olish imkoniyatini yaratgan;

dori vositalariga allergik asoratlarning kelib chiqishida ahamiyat kasb etuvchi omillarni inobatga olgan holda shakllantirilgan nomogramma va elektron dastur tibbiyot amaliyotiga, jumladan Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik kasalxonasi asab kasalliklari  bo‘limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi 1-umumiy terapiya bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 maydagi 8n-d/82-son 23.05.2019). Izlanish natijalarini amaliyotga tatbig‘i yaratilgan usulni dori allergiyalari kelib chiqish xavfini boshqa usullarga nisbatan aniqroq va samarali aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish