Ergashev Baxodir Olimjon o‘g‘lining pedagogika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “TRIZ texnologiyalari vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7961.
Ilmiy maslahatchi: Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar sifatida:
1) O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, dots. Akaeva Nodira Mexlibaevna.
2) Namanagan davlat universiteti siyosiy fanlar doktori, professor Tursunboy Fayzullaev nomzodlari tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyalarini ta’lim jarayonida TRIZ texnologiyalarini foydalanish orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyasini TRIZ texnologiyalari vositasida rivojlantirishni dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslash orqali uning ta’lim jarayoni ishtirokchilarining intellektual qobiliyatlariga ta’sirini pedagogik nuqtayi nazardan aniqlash vositasida takomillashtirilgan;
OTM tarix yo‘nalishi talabalarida kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishning muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish, TRIZ asosida tarixiy muammolarni echish, tarixiy analogiyalar asosida kreativ fikrlashni rivojlantirish, ziddiyatli tarixiy holatlarni TRIZ orqali hal qilish, ideal yakun tamoyili asosida o‘qitish ilmiy yondashuvlarga asoslangan didaktik modeli ishlab chiqilgan va uning tarkibiy qismlarini natijaviyligi ta’lim jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ yondashuvlar, TRIZ, “keys-study” texnologiyalarini kiritish orqali isbotlangan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish, uning tashkiliy-pedagogik omillari muammoli ta’lim, kognitiv, kreativ, faoliyatli, interaktiv ilmiy yondashuvlarga tayangan holda o‘qitish usullarni integratsiyalashuviga ustuvorlik berish orqali asoslangan;
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy ta’minoti jarayon mazmunini muammoli o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, talabalarning o‘quv muvaffaqiyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash hamda tarbiyaviy, metodik omillar va axborot texnologiyalari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, integrativ yondashuv, TRIZ texnologiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida modernizatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyasini TRIZ texnologiyalari vositasida rivojlantirishni nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligi ta’lim va tarbiya bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv kompetensiyasini TRIZ texnologiyalari vositasida rivojlantirishni dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslash orqali kognitiv kompetensiyani ta’lim jarayoni ishtirokchilarining intellektual qobiliyatlarini pedagogik nuqtayi nazardan aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning 2024-yilda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning VII yo‘nalishi 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti”ning 2025-yil 10-oktyabrdagi № 10/659 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, TRIZ texnologiyalari vositasida kognitiv kompetensiyani rivojlantirish metodikasini yoritishga xizmat qilgan;
OTM tarix yo‘nalishi talabalarida kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishning muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish, TRIZ asosida tarixiy muammolarni echish, tarixiy analogiyalar asosida kreativ fikrlashni rivojlantirish, ziddiyatli tarixiy holatlarni TRIZ orqali hal qilish, ideal yakun tamoyili asosida o‘qitish ilmiy yondashuvlarga asoslangan didaktik modeli ishlab chiqilgan va uning tarkibiy qismlarini natijaviyligi ta’lim jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ yondashuvlar, TRIZ, “keys-study” texnologiyalarini kiritish orqali isbotlanganligi haqidagi tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 2025-yil 22-oktyabrdagi № 04/11-23791 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv kompetensiyani rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kognitiv-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik omillari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kognitiv, kreativ, faoliyatli, interaktiv ilmiy yondashuvlarga tayangan holda interaktiv o‘qitish usullarni integratsiyalashuviga ustuvorlik berish orqali asoslanishga doir talab va tavsiyalardan Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti hamda Andijon davlat pedagogika institutlarida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan berilgan 2025-yil 29-oktyabrdagi №02/01-01-466-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, didaktik imkoniyatlarni aniqlashtirishga va ta’lim amaliyotida qo‘llashga xizmat qilgan;
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy ta’minoti jarayon mazmunini muammoli o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, talabalarning o‘quv muvaffaqiyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash hamda tarbiyaviy, metodik omillar va axborot texnologiyalari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, integrativ yondashuv, TRIZ texnologiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida modernizatsiya qilinganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi”ning “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanaling 2024-yil dekabr va 2025-yil mart oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini tashkil etishda va ularning dastur hamda ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 10-noyabrdagi №05-09-1792 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metodik ta’minotni boyitishga xizmat qilgan.