Mavlonova Shahzoda Turg‘unovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning samarali texnologiyalari”. 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped 8865
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Azamat Qahramonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Voxobova Muniraxon Sadirdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning samarali texnologiyalarini aniqlash va amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonida ushraydigan grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan vizual nutqiy topshiriqlarni lingvometodik muhitda kompensatsiyaning dinamik pozisiyasida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning tashkiliy-didaktik modeli o‘quvchilarda fonematik eshituv va brayl-yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘rtma lug‘atli nutqiy matnlarni multisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy taxrirli munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning korreksion-rivojlantiruvshi texnologiyalari nutqiy passivlik va faollik darajalariga moslashtirilgan modulli dialoglarni tezkor takrorlash jarayonida stimulyativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til malakalarining shakllanganligini baholash mezonlari matnni tinglash, yozish, eshitish va gapirish singari til malakalarini artikulyasion-korrektor mashqlari orqali rivojlantiruvshi muhitda eklektik tahlil qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning samarali texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonida ushraydigan grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan vizual nutqiy topshiriqlarni lingvometodik muhitda kompensatsiyaning dinamik pozisiyasida qo‘llashga oid takliflari “Xorijiy til (ingliz tili)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 346592-son guvohnomasi). Natijada, ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning korreksion-kompensatsion adaptiv muhitini yaratishga xizmat qilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning tashkiliy-didaktik modeli o‘quvchilarda fonematik eshituv va brayl-yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘rtma lug‘atli nutqiy matnlarni multisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy taxrirli munosabatda qo‘llashga doir oid taklif va tavsiyalaridan “Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilgan innovatsion loyihasining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (FDUning 2026-yil 30-martdagi 04/3122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishning metodik tizimi joriy etilishiga va jarayoyonning yaxlit metodik tizim asosida tashkil etilishiga erishilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning korreksion-rivojlantiruvshi texnologiyalari nutqiy passivlik va faollik darajalariga moslashtirilgan modulli dialoglarni tezkor takrorlash jarayonida stimulyativ qo‘llashga oid takliflari “The concept of psychology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 04-martdagi 55-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55302-son guvohnomasi). Natijada, ingliz tili o‘rgatishning korreksion-rivojlantiruvshi texnologiyalarining ommalshishiga erishilgan.