Ubaydullaeva  Gulruh  G‘ayratovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xurshid Do ’stuhammadning adabiy – estetik qarashlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Fil4080
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor G‘aniev Ilhom Muzaffarovich; filologiya fanlari doktori, professor Qayumov Abduvahob Abdurashidovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Xurshid Do‘stmuhammadning adabiy-estetik qarashlarini tizimli va kompleks tarzda tahlil qilish, uning adabiyot nazariyasi, badiiy tafakkur va zamonaviy adabiy jarayon muammolariga nisbatan munosabatini aniqlash, shuningdek, yozuvchining jahon adabiyotiga oid ilmiy qarashlari bilan badiiy ijodi o‘rtasidagi uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlikni aniq matnlar va nazariy manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xurshid Do‘stmuhammadning adabiy-estetik qarashlari ilk bor mustaqil va kompleks tadqiqot obekti sifatida o‘rganilib, ijodkor estetik tafakkurining shakllanish manbalari hamda ijodiy evolyusiyasi tizimli ravishda tahlil qilingan;
yozuvchi adabiy-estetik konsepsiyasi shakllanishida muhim o‘rin tutgan badiiy asarlar maxsus tanlab olinib, ular asosida muallifning estetik tamoyillari, poetik qarashlari va badiiy tafakkur modeli aniq matnlar misolida ochib berilgan; 
Xurshid Do‘stmuhammadning adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon muammolariga oid qarashlari ilk bor yaxlit ilmiy tizim sifatida tavsiflanib, uning milliy hikoyachilik va romanchilik taraqqiyoti haqidagi xulosalari nazariy jihatdan umumlashtirilgan;
adibning jahon va rus adabiyotiga nisbatan ilmiy hamda ijodiy munosabati kompleks tahlil qilinib, ilmiy qarashlari bilan badiiy ijodi o‘rtasidagi uyg‘unlik “ijodkor-olim” modeli doirasida yangicha talqin etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Xurshid Do‘stmuhammad adabiy-estetik qarashlarini ilk bor yaxlit ilmiy tizim sifatida o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Xurshid Do‘stmuhammadning adabiy-estetik qarashlari ilk bor mustaqil va kompleks tadqiqot obekti sifatida o‘rganilib, ijodkor estetik tafakkurining shakllanish manbalari hamda ijodiy evolyusiyasi tizimli ravishda tahlil qilinganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshmuhammad Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 5-yanvardagi 190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy asoslari boyitilib, adabiy-estetik tarbiyaga oid metodik yondashuvlar takomillashtirilgan.
yozuvchi adabiy-estetik konsepsiyasi shakllanishida muhim o‘rin tutgan badiiy asarlar maxsus tanlab olinib, ular asosida muallifning estetik tamoyillari, poetik qarashlari va badiiy tafakkur modeli ochib berilganligiga oid xulosalardan “Jahon adabiyoti: tahlil va talqin” yo‘nalishida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy materiallarda foydalanilgan. Mazkur xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandi hamda 2021-yil 12-iyuldagi PF-5676-son farmoyishi ijrosini ta’minlash doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2021-yil 12-noyabrdagi 30-11-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni milliy qadriyatlar, jahon adabiy merosi va ma’naviy estetik ideallar ruhida tarbiyalash samaradorligi oshirilgan.
Xurshid Do‘stmuhammadning adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon muammolariga oid qarashlari ilk bor yaxlit ilmiy tizim sifatida tavsiflanganligi, uning milliy hikoyachilik va romanchilik taraqqiyoti haqidagi xulosalari nazariy jihatdan umumlashtirilganligiga oid natijalardan oliy ta’lim muassasalarida “Hozirgi o‘zbek adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Zamonaviy adabiy jarayon” fanlari doirasida maxsus mavzular va seminar mashg‘ulotlarini boyitishda foydalanilgan. Natijada talabalarning nazariy tahlil ko‘nikmalari va adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirishga erishilgan.
adibning jahon va rus adabiyotiga nisbatan ilmiy hamda ijodiy munosabati kompleks tahlil qilinib, ilmiy qarashlari bilan badiiy ijodi o‘rtasidagi uyg‘unlik “ijodkor-olim” modeli doirasida yangicha talqin etilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston tarixi” telekanallarida namoyish etilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-noyabrdagi №01-40-1831-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar mazmunining ilmiy-ommabop darajasi oshirilib, tomoshabinlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish