Mamatqulova Shoxsanam Isroil qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tilidagi “fidoyilik” semali leksemalarining strukturasi, tizimi va leksikografik talqini” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.PhD/Fil2265
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna; filologiya fanlari doktori, dotsent Axmedova Mehrinigor Bahodirovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi fidoyilik ifodalovchi birliklarning strukturasi, tizimi va leksikografik talqinini konseptual tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyosiy-semantik tahlil, struktur-genetik yondashuv hamda konseptual maydon nazariyasi prinsiplari asosida olib borilgan tadqiqot natijasida, o‘zbek va ingliz tillaridagi “fidoyilik/devotion” umumiy semali atov birliklari ilk bor kompleks lingvokognitiv yondashuv doirasida tizimli ravishda o‘rganilib, mazkur konseptning har ikki tilga xos konseptual maydon strukturasi, uning semantik komponentlari va milliy-madaniy determinatsiyasi ilmiy jihatdan asoslab berildi, bunda birliklarning genezisi, semantik evolyusiyasi va ularning til tizimidagi funksional xususiyatlari integrativ metodlar orqali klassifikatsiyalangan;
leksik-semantik maydonni modellashtirish, yadro–markaz–periferiya modeli hamda semantik gradatsiya prinsiplari asosida amalga oshirilgan tadqiqotda, ingliz tilidagi “devotion” umumiy semali atov birliklarining ichki strukturasi aniqlanib, yadro qismida bevosita fidoyilik semasini ifodalovchi birliklar (devotion, loyalty, fidelity, adoration, worship, piety, allegiance, faithfulness, attachment, fondness), markaziy zonada kengaygan gumanistik va axloqiy semantikani aks ettiruvchi birliklar (beneficence, charitable va hosila shakllar), periferik qatlamda esa kontekstual va implisit fidoyilik ma’nosini ifodalovchi birliklar (love, affection, zeal, faith) mavjudligi dalillanib, ularning o‘zaro semantik aloqadorligi va funksional differensiasiyasi tizimli ravishda asoslangan;
leksikografik tahlil, qiyosiy-lug‘aviy metod hamda deskriptiv-semantik yondashuv asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida, “fidoyilik” va “devotion” kategoriyasiga mansub birliklarning izohlanishida sinonimik qatorlar va birikmalar orqali umumiylik mavjud bo‘lishiga qaramay, illyustrativ misollar, kontekstual qo‘llanish va semantik tafovutlarning ifodalanishida farqlar mavjudligi ingliz va o‘zbek tillaridagi umumiy izohli lug‘atlar (oed, cobuild, o‘til) materiallari asosida aniqlanib, mazkur tafovutlarning lingvokulturologik va pragmatik omillar bilan shartlanganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
tarjima nazariyasi, ekvivalentlik prinsipi, kontrastiv lingvistika hamda leksikografik modellashtirish metodlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotda, ingliz tilidagi “devotion” umumiy semali birliklarning o‘zbek tilidagi “fidoyilik” konsepti bilan o‘zaro mos kelmaslik holatlari aniqlanib, ikki tilli tarjima va lug‘aviy talqin jarayonida literal ekvivalent (jasorat → courage), kengaytirilgan ekvivalent (fidoyilik → deep devotion / profound dedication), izohli tarjima (explicitation) (jonbozlik → wholehearted and heroic effort), kontekstual moslashtirish (elparvarlik → devotion to serving the people) hamda semantik kompensatsiya (ma’no yo‘qotilishini boshqa kontekstda kuchaytirish orqali qoplash) kabi strategiyalarning qo‘llanishi ilmiy asosda samarali metodlar sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini “fidoyilik” konseptlari misolida” mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
qiyosiy-semantik tahlil, struktur-genetik yondashuv hamda konseptual maydon nazariyasi prinsiplari asosida “konsept” tushunchasini o‘rganishda lingvomadaniyatshunoslikning zamonaviy tilshunoslik fanidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan ingliz va o‘zbek tillaridagi “fidoyilik” semantik maydonining yadro hamda periferiyalari aniqlangan; o‘zbek va ingliz tillaridagi fidoyilikni qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari badiiy matnlarda, shuningdek, maqol va matallardagi struktural modellari o‘xshash va noo‘xshash farqlari asosida ochib berilganligiga doir ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi inovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi №04/1-5611 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan maqolalar va tezislarning ilmiy saviyasini oshgan;
funksional xususiyatlari integrativ metodlar orqali klassifikatsiyalangan, leksik-semantik maydonni modellashtirish, yadro–markaz–periferiya modeli hamda semantik gradatsiya prinsiplari asosida chog‘ishtiralayotgan tillardagi fidoyilik qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy kognitiv-diskursiv aspektda tahlil qilindi va o‘ziga xos xususiyatlari chog‘ishtirma tahlil orqali aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024- yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar misolida)” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi №04/1-5612 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyigan;
leksikografik tahlil, qiyosiy-lug‘aviy metod hamda deskriptiv-semantik yondashuv asosida leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi “fidoyilik” konseptining lingvomadaniy mohiyati ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosining “Shu kunning mavzusi” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi №17-05/285-raqamli ma’lumotnomasi). Buning natijasida esa ushbu radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta'minlashga erishilgan.
tarjima nazariyasi, ekvivalentlik prinsipi, kontrastiv lingvistika hamda leksikografik modellashtirish metodlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotda, ingliz tilidagi “devotion” umumiy semali birliklarning o‘zbek tilidagi “fidoyilik” konsepti bilan o‘zaro mos kelmaslik holatlari aniqlanib, ikki tilli tarjima va lug‘aviy talqin jarayonida literal ekvivalent (jasorat → courage), kengaytirilgan ekvivalent (fidoyilik → deep devotion / profound dedication), izohli tarjima (explicitation) (jonbozlik → wholehearted and heroic effort), kontekstual moslashtirish (elparvarlik → devotion to serving the people) hamda semantik kompensatsiya (ma’no yo‘qotilishini boshqa kontekstda kuchaytirish orqali qoplash) kabi strategiyalarning qo‘llanishi ilmiy asosda samarali metodlar sifatida tavsiya etilganligi to‘grisidagi ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosining “Shu kunning mavzusi” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi №17-05/285-raqamli ma’lumotnomasi). Buning natijasida yoshlar ongida turli tillardagi bir xil atamalarning ma’nosi haqida tushunchalar hosil qilishga ko‘mak berdi.