Yuldasheva Inobat Ashuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislar kasbiy qadriyatini rivojlantirish metodikasi (pedagogika fan misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8389.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi  oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislar kasbiy qadriyatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy qadriyatni rivojlantirishning pedagogik muammolari tizimli komparativ tahlil asosida aniqlashtirlib, mazkur jarayonning nazariy pedagogik hamda metodologik asoslari motivatsion-aksiologik, kognitiv-aksiologik, kognitiv-refleksiv va faoliyatli amaliy komponentlardan iborat integrativ tuzilma va aksiologik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelning nazariy-konseptual parametrlari qadriyatli ongni shakllantirishning aksiologik determinatsion omillari, shaxsiy-professional identifikatsiya jarayonlari hamda kompitensiyaviy transformatsiya mexanizmlari yagona integrativ tizim sifatida strukturaviy-dinamik jihatdan ilmiy asoslangan;
bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida qadriyatli munosabatini rivojlantirish metodikasi refleksiv anglashga yo‘naltirilgan “Aksiologik interiorizatsiya metodi” orqali motivatsion-determinatsion, kognitiv-refleksiv hamda faoliyatli-aksiologik bosqichlardan iborat protsessual mexanizm asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning baholash mezon va ko‘rsatkichlari aksiologik, refleksiv va faoliyatli darajalar kesimida tizimlashtirilib, ularning diagnostik indikatorlari takomillashtirilgan hamda natijaviy  monitoring asosida ta’lim jarayonida joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida kasbiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy qadriyatni rivojlantirishning nazariy pedagogik hamda metodologik asoslari motivatsion-aksiologik, kognitiv-aksiologik, kognitiv-refleksiv va faoliyatli amaliy komponentlardan iborat integrativ tuzilma va aksiologik yondashuvlar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan, 724076-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida kasbiy qadriyatni rivojlantirish muhiti barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
talabalarda kasbiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelning nazariy-konseptual parametrlari qadriyatli ongni shakllantirishning aksiologik determinatsion omillari, shaxsiy-professional identifikatsiya jarayonlari hamda kompitensiyaviy transformatsiya mexanizmlari yagona integrativ tizimiga oid takliflar Qori Niyosiy nomidagi Tarbiya pedagogika Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AL-XT-0-2997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi muhitida ma’naviy axloqiy tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada, talabalarda kasbiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida qadriyatli munosabatini rivojlantirish metodikasi refleksiv anglashga yo‘naltirilgan “Aksiologik interiorizatsiya metodi” orqali motivatsion-determinatsion, kognitiv-refleksiv hamda faoliyatli-aksiologik bosqichlardan iborat protsessual mexanizm asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan, 724076-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda  kasbiy qadriyatlarga ongli va barqaror munosabat shakllantirilib, ularning shaxsiy professional identifikatsiyasi mustahkamlangan.     

Yangiliklarga obuna bo‘lish