Rajabova Hulkar Farmonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamonaviy o‘zbek qissalarida ruhiyat tasviri(Shuhrat Matkarim va Xoliyor Safarov qissalari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5246
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalgashevich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Azmiddin Nosirov Normaxmatovich va filologiya fanlari doktori, professor Yakubov Islamjon Axmedjanovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iste’dodli yozuvchilar Shuhrat Matkarim va Xoliyor Safarov qissalari tahlili asosida istiqlol davri qissachiligining poetik yangilanishi va taraqqiyot tamoyillarini badiiy mahorat nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy aspektda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Istiqlol davri o‘zbek qissachiligining yetakchi mavzu ko‘lami va g‘oyaviy xususiyatlari, badiiyati, qahramon ruhiyati hamda insonni badiiy kashf etishdagi yozuvchi mahorati sirlarini o‘rganish orqali badiiy yuksaklik masalalari yoritilgan;
Sh.Matkarim va X.Safarov qissalarida qahramon ruhiyatini poetik idrok etishda ma’naviyatga daxldor masalalar – burch va mas’uliyat, imon va e’tiqod, yashash uchun kurash, iztirob va yolg‘izlik psixologiyasining ijtimoiy-estetik jihatdan ochilishi adiblar mahorati mahsuli sifatida o‘rganilgan;
Adiblar asarlarida hayot haqiqatini aks ettirishda reallik va badiiy to‘qimaning uyg‘unligi asosida haqqoniylikka erishishi hamda ko‘plab poetik unsurlardan, jumladan, ramzlardan mohirlik bilan foydalanishlari tahlillar bilan asoslangan;
Yozuvchilarning ijodiy individualligi va uslubiy o‘ziga xosligi badiiy til va ifodadan foydalanishlarida, dialog va monologlarni qo‘llashlari hamda poetik unsurlardan mohirlik bilan foydalana olishlarida ko‘rinishi tahlillar bilan dalillangan hamda qissalarda ruhiyat tasvirini talqin qilishda tizimli yondashuv qo‘llanilib, badiiy matnning psixologik, ijtimoiy va madaniy qatlamlari o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek qissalarida ruhiyat tasviri tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
istiqlol davri o‘zbek qissachiligining yetakchi mavzu ko‘lami va g‘oyaviy xususiyatlari, badiiyati, qahramon ruhiyati hamda yetakchi yangilanish tamoyillari, insonni badiiy kashf etishdagi mahoratini o‘rganish orqali badiiy etuklik masalalari, shuningdek, qissalarda qahramon ruhiyatini poetik idrok etishda ma’naviyatga daxldor masalalar – burch va mas’uliyat, imon va e’tiqod, yashash uchun kurash, iztirob va yolg‘izlik psixologiyasining ijtimoiy-estetik jihatdan ochilishi adiblar mahorati mahsuli sifatida o‘rganilgan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-maydagi 01/4-1967-son ma’lumotnomasi). Hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474-raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning ilovasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyuldagi 01/4-2999-son ma’lumotnomasi). Bundan tashqari, bugungi adabiy jarayonda epik turning estetik ideal turi – qissa janriga xos yangi tamoyil va yondashuvlarning yangicha talqin qilinayotgani haqidagi ilmiy xulosalar asosida “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 06.05.2025-yildagi 01-30/303-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunining falsafiy jihatdan qiymati oshib, qissalarda inson psixologiyasini realistik va falsafiy asosda talqin etish holatlari, ruhiy murakkabliklarning ijtimoiy, falsafiy va ma’naviy ildizlari, o‘zbek qissachiligida shaxs va jamiyat munosabatining ruhiy in’ikosini ifodalovchi obrazlar tizimiga oid ma’lumotlar ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan.
Yozuvchilar Shuhrat Matkarim va Xoliyor Safarov qissalarida voqelik tasviri tashqi hodisalar ketma-ketligidan ko‘ra, shaxs ongidagi ziddiyatlar, tanlov va ichki kurashlar orqali talqin qilinishi jihatidan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining tasdiqlangan rejasi asosida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan Shuhrat Matkarim ijodi targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Mening sevimli yozuvchim” mavzusidagi Xorazm viloyatidagi qator maktab va oliygohlarda hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limida o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 07.05.2025-yildagi 25-sonli ma’lumotnomasi).
Kompozision ixchamlik, ramziy obrazlar, zamon va makonning shartli talqini hamda hayotiy muammolarning individual taqdir misolida yoritilgan “Maqar”, “Yilon” (Shuhrat Matkarim) va “Eng qayg‘uli quvonch”(Xoliyor Safarov) qissalari bugungi kutobxon e’tiborini tortayotgani haqidagi tadqiqot xulosalaridan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan “Assalom Xorazm”, “Xorazm adabiy muhiti an’analari” teleloyihalarini tayyorlash, ularning badiiy, g‘oyaviy talqinlari va ma’no-mazmunini shakllantirishda ham ushbu tadqiqot ishidan foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanalining 8.05.2025-yildagi 306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda aks ettirilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar, poetik talqin vositalari va nazariy qarashlar mazkur ko‘rsatuvlar yo‘nalishini badiiy belgilashda ilmiy asos bo‘lgan.