Eraliev Xalimjon Alimbekovichning pedagogika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari ”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Ped5263.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: rasmiy opponentlar sifatida quyidagi professorlar tavsiya qilinyapti:
Qo‘qon davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Erkaboeva Nigora Shermatovna, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Artikova Muhayyo Botiralievna.
Yetakchi tashkilot: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi, funksional komponentlari, mezon va ko‘rsatkichlari, shuningdek, uning pedagogik, psixologik hamda ergonomik xususiyatlari kompetensiyaviy yondashuv asosida ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi tashkiliy-pedagogik omillar, didaktik shart-sharoitlar, kasbiy ehtiyojlar, ta’lim muhiti va boshqaruv faoliyatiga xos muammolar tizimli tahlil asosida asoslangan;
malaka oshirish tizimi doirasida midiergonomik kompetentlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik model, o‘quv-metodik ta’minot, interfaol ta’lim texnologiyalari, amaliy mashg‘ulotlar mazmuni hamda pedagogik shart-sharoitlar majmui ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan metodika va tavsiyalarning samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi pedagogik diagnostika vositalari, baholash mezonlari, indikatorlar, monitoring mexanizmlari hamda tajriba-sinov ishlari asosidagi natijaviylikni aniqlash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi, funksional komponentlari, mezon va ko‘rsatkichlari, shuningdek, uning pedagogik, psixologik hamda ergonomik xususiyatlari kompetensiyaviy yondashuv asosida ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalari asosida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’limda boshqaruv” metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 04-02/3-1086-son, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2023-yil 24-noyabrdagi 01/09-645-son ma’lumotnomalar). Natijada pedagogik mahorat markazlari uchun ilmiy metodologik adabiyotlar ta’minoti bilan ta’minlangan hamda “Ta’limda boshqaruv” o‘quv moduli mazmuni boyitilgan;
malaka oshirish jarayonida direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi tashkiliy-pedagogik omillar, didaktik shart-sharoitlar, kasbiy ehtiyojlar, ta’lim muhiti va boshqaruv faoliyatiga xos muammolar tizimli tahlil asosida asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalaridan Namangan viloyati “Gʻurumsaroy” xalq hunarmandchiligi va kasb-hunarga o‘rgatish markazida 2022-yilda bajarilgan “Yoshlar bo‘lsa hunarli - hayoti bo‘lar zavqli” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 04-02/3-1086-son, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2023-yil 24-noyabrdagi 01/09-645-son ma’lumotnomalar). Natijada o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining midiergonomik kompetentligini takomillashtirish orqali ularni kasbiy kompetentliklari takomillashtirilgan, kognitiv-deontologik o‘quv bilish muhiti sharoitlari ishlab chiqilib, midiergonomik kompetentligini takomillashtirishga oid nazariy yondashuvlar bilan boyitilgan.
malaka oshirish tizimi doirasida midiergonomik kompetentlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik model, o‘quv-metodik ta’minot, interfaol ta’lim texnologiyalari, amaliy mashg‘ulotlar mazmuni hamda pedagogik shart-sharoitlar majmui ishlab chiqilganligiga oid ilmiy amaliy tavsiyalardan 2018-2019-yillarda Namangan davlat universiteti va Timisoara G‘arb universiteti hamkorligida bajarilgan “Erasmus+mobility program” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 04-02/3-1086-son, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2023-yil 24-noyabrdagi 01/09-645-son ma’lumotnomalar). Natijada midiergonomik kompetentlikning rivojlanishi talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
ishlab chiqilgan metodika va tavsiyalarning samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi pedagogik diagnostika vositalari, baholash mezonlari, indikatorlar, monitoring mexanizmlari hamda tajriba-sinov ishlari asosidagi natijaviylikni aniqlash tizimi takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2022-2023-yillarda bajarilgan “Xotin-qizlarning asosiy hayotiy qadriyatlariga erishish yo‘llarining sotsiologik tadqiqi” nomli grant loyihasi doirasida natijalar olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 04-02/3-1086-son, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2023-yil 24-noyabrdagi 01/09-645-son ma’lumotnomalar). Natijada xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatni amaliyotga samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishildi.