Soliev Eliyor Ravshan o‘g‘lining pedagogika fanlari  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida talabalarni innovatsion kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3PhD/Ped10973
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Bobirjon  Baxodirovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02  raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti  dotsenti,  pedagogika fanlari nomzodi (PhD) O‘rinov Baxrom Jamoldinovich, Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Sulaymonova Saodatxon Usubxonovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning innovatsion kompetentligini integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
integrativ yondashuv hamda innovatsion kompetentlik tushunchalarining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi, funksional komponentlari, shuningdek, ularning pedagogik va didaktik xususiyatlari kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilgan; 
talabalarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirishning amaldagi holatiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar, didaktik shart-sharoitlar, motivatsion-muammoli muhit hamda ta’lim jarayonining tashkiliy-metodik imkoniyatlari tizimli tahlil asosida dalillangan; 
integrativ yondashuv asosida talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik model, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, o‘quv-topshiriqlar tizimi va didaktik ta’minot majmui ishlab chiqilgan; 
ishlab chiqilgan metodika va modelning samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi tajriba-sinov dasturi, diagnostik mezonlar, baholash ko‘rsatkichlari, monitoring mexanizmlari hamda natijaviylikni aniqlovchi pedagogik diagnostika tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning innovatsion kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
integrativ yondashuv hamda innovatsion kompetentlik tushunchalarining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi, funksional komponentlari, shuningdek, ularning pedagogik va didaktik xususiyatlari kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan  Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogik faoliyatni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil                   27-dekabrdagi 485-son buyrug‘iga asosan №586049 o‘quv adabiyotining nashr guvohnomasi) hamda O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil    20-oktyabrdagi 22-01-816/22-sonli ma’lumotnomasi. Natijada, talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-didaktik ta’minoti mazmun jihatidan boyitishga erishilgan. 
talabalarda innovatsion kompetentlikni rivojlantirishning amaldagi holatiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar, didaktik shart-sharoitlar, motivatsion-muammoli muhit hamda ta’lim jarayonining tashkiliy-metodik imkoniyatlari tizimli tahlil asosida dalillashga doir amaliy takliflaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli      “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 29-sentyabrdagi   96-son ma’lunomasi). Natijada, innovatsion kompetentlikni bosqichma-bosqich takomillashtirish modeli pedagogik jarayon va natijaviy bloklarda tarkib topgan komponentlar maqsadli integratsiyalashtirilgan; 
integrativ yondashuv asosida talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik model, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, o‘quv-topshiriqlar tizimi va didaktik ta’minot majmui ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalaridan Pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti rektorining    2026-yil 31-martdagi 45-sonli buyrug‘iga asosan №45-004 o‘quv adabiyotining nashr guvohnomasi) hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 4-iyundagi 02/01-01-196-sonli ma’lumotnomasi. Natijada, talabalarning innovatsion  kompetentligini rivojlantirish metodikasi relevantligi tizimli asoslangan; 
ishlab chiqilgan metodika va modelning samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi tajriba-sinov dasturi, diagnostik mezonlar, baholash ko‘rsatkichlari, monitoring mexanizmlari hamda natijaviylikni aniqlovchi pedagogik diagnostika tizimi takomillashtirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 05-09-1566-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish