Ashurov Maxmud Shaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish”
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped _______
Ilmiy rahbar: Mustafaev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori,dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Hilolaxon Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik paradigmalar mazmuni milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyaning integrativ-aksiologik konstrukti sifatida subekt-subekt munosabatlari jarayonida qadriyatli identifikatsiya, kasbiy o‘zlik, fuqarolik mas’uliyati va shaxsiy pozisiyani funksional bog‘liqlikda shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
aksiologik-musiqiy identifikatsiya texnologiyasi (AMIT) bo‘lajak o‘qituvchilarda san’atni anglash negizida madaniy merosni ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish, musiqiy merosni estetik idrok etish, hissiy rezonans, tafsir, vatanparvarlik, burch va daxldorlikni rivojlantirish asosida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirishning innovatsion vositasi sifatida takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy gurur va iftixor tuyg‘usini rivojlantirish tizimi kognitiv-identifikativ, affektiv-qadriyatlilik va faoliyatli-barqarorlik transferining tarixiy-madaniy merosga hurmat, yuqori darajali fikrlash, argumentlash, ijtimoiy tashabbuslar, raqamli muhitda axloqiy muloqot va refleksiv amaliyotga ta’sirini ustuvorlashtirish asosida konseptual modellashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish samaradorligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qiyoslash, ajdodlar merosni tushuntira olish, hurmat hissini singdirish, ta’limiy salohiyatini anglash, ichki tayyorlik, mas’uliyat, shaxsiy munosabat bildirish va axloqiy kommunikatsiyani baholash asosida ijobiy dinamikasi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talabalarning aksiologik yondashuv asosida milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik paradigmalar mazmuni milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyaning integrativ-aksiologik konstrukti sifatida subekt-subekt munosabatlari jarayonida qadriyatli identifikatsiya, kasbiy o‘zlik, fuqarolik mas’uliyati va shaxsiy pozisiyani funksional bog‘liqligi “Cholg‘u asboblar tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 -yil 4-martdagi № 296518 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish orqali milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari rivojlantirildi;
aksiologik-musiqiy identifikatsiya texnologiyasi (AMIT) bo‘lajak o‘qituvchilarda san’atni anglash negizida madaniy merosni ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish, musiqiy merosni estetik idrok etish, hissiy rezonans, tafsir, vatanparvarlik, burch va daxldorlikni rivojlantirish asosida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirishning innovatsion vositasi sifatida “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4262-6869-71b6-9d1a-f124-6319-2891-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizning tarixiy me’rosi, urf-odat va an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy gurur va iftixor tuyg‘usini rivojlantirish tizimi kognitiv-identifikativ, affektiv-qadriyatlilik va faoliyatli-barqarorlik transferining tarixiy-madaniy merosga hurmat, yuqori darajali fikrlash, argumentlash, ijtimoiy tashabbuslar, raqamli muhitda axloqiy muloqot va refleksiv amaliyotga ta’sirini ustuvorlashtirish asosida konseptual modeldan “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4262-6869-71b6-9d1a-f124-6319-2891-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv davrida talabalarni ta’limdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqishda sharoit yaratilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish samaradorligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qiyoslash, ajdodlar merosni tushuntira olish, hurmat hissini singdirish, ta’limiy salohiyatini anglash, ichki tayyorlik, mas’uliyat, shaxsiy munosabat bildirish va axloqiy kommunikatsiyani baholash asosidagi ijobiy dinamikasidan “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4262-6869-71b6-9d1a-f124-6319-2891-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ta’limdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda aksiologik yondashuv asosida ma’naviy axloqiy sifatlarni rivojlantiruvchi texnologiyalarni aniqlash imkoni kengaytirilgan.