Parpiev Abror Muxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sumition omayt pestisidlarining toksik ta’sir mexanizmining gigienik jihatlarni o‘rganish va zaharlanishlarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning patogenetik usullarni ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib471.
Ilmiy rahbar: Sadikov Askar Usmanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Shaxob Samarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniluvchi Sumition va Omayt pestisidlari bilan zaharlanishni erta tashxislash, patogenetik profilaktika ishlarini olib borish va metabolik jarayonlarni korreksiya qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta etishtirishda o‘simlik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan Sumition va Omayt pestisidlarini o‘rganilmagan zaharlilik ta’sir mexanizmini, organizm zaharlanishini maxsus davolash yo‘li bilan zararsizlantirish va profilaktikasi, patogenetik usullarini hamda pestisidlar bilan surunkali zaharlanishlarni kamaytirish asoslangan;
pestisidlar ta’sirida metabolik siljishlarning o‘zaro aloqasi va bog‘liqligi, ko‘p qirrali biokimyoviy testlar kompleksini qo‘llash sababli, organizmga insektisidlarning ta’sirini erta namoyon bo‘lishida tashxislash hamda metabolik buzilishlarni patogenetik korreksiyalash tartibi isbotlangan;
Sumition va Omayt pestisidlari ta’sirida organizmning maxsus reaksiyalari, kimyoviy moddalarning biologik ta’sirini, preparatlarni uglevod-energetik, azot, lipid almashinuv, ya’ni jigarning to‘laqonli ish funksiyasini ta’minlovchi modda almashinuv turlariga ta’sir xarakteri asoslangan;
biologik testlar kompleksini qo‘llash sababli pestisidlar ta’siri ostida metabolik siljishlarning o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi, na’matak mevalarining qaynatmasi va tiotriazolindan tashkil topgan sun’iy va o‘simlik dori vositalarini kiritish orqali metabolik jarayonlarni boshqarish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sumitoino, Omayt pestisidalarning toksik ta’sir mexanizmining gigienik jihatlarni o‘rganish va zaharlanishlarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning patogenetik usullari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Donchilik korxonalarida ishlaydigan ishchilar salomatlik holatiga pestisidalr ta’sirining asosiy xususiyatlari va biologik faol moddalar orqali zaharlanishlarni oldini olishning yangi usullarni ishlab chiqish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 8n-d/268-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishchilarining pestisidalardan zaharlanishlarini aniqlash, patogenetik davolash tizimini ishlab chiqishni baholash imkonini bergan;
«Pestisidlarning (Sumiton, danitol, omayt) organizmga o‘ziga xos xususiyati bilan ta’siri, biologik faol moddalar yuborish orqali farmakosanatsiya uslublari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 8n-d/268-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qishloq xo‘jaligida Sumiton, Danitol, Omayt pestisidlarni yuborish orqali organizmga o‘ziga xos xususiyati bilan ta’sirini kamaytirish, ishchilarining pestisidalardan zaharlanishlarini aniqlash, patogenetik davolash tizimini ishlab chiqishni baholash imkonini bergan;
Sumitoino, Omayt pestisidalarning toksik ta’sir mexanizmining gigienik jihatlarni o‘rganish va zaharlanishlarni erta tashxislash davolash va oldini olishning patogenetik usullari baholash samaradorligiga erishish natijasida olingan ilmiy natijalar Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyati, Toshkent shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/100-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar pestisidlar bilan surunkali zaharlanishi tashxislash va zaxarlanishlarni biologik faol moddalar bilan davolash, kasb kasalliklarni kelib chiqishini oldini olish, bemorlarning shifoxonada davolash muddatini 2 kunga kamaytirishdan imkonini bergan.