Qirboeva Norgul To‘ymurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda notiqlik kompetensiyasi shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4788
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Xashimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat        pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqmli ilmiy kengash
  Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Gulchehra Sharipboevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Tursunova Mahkamoy, filologiya fanlar nomzodi, professor.
  Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya integratsiyasini ta’minlashda pedagogik kommunikativ kompetensiyaning konstruktiv ahamiyatini amaliy tatbiq etishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari didaktik determinantlar tizimi hamda ularning o‘zaro sinergetik-korrelyasion bog‘liqlik mexanizmlari taksomaniyasi asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishning strategik yo‘nalishlari multimodal o‘quv muhitini rivojlantirish asosida mentorlik dasturlari, aralash ta’lim, gamifikatsiya usullari hamda “flipped learning” texnologiyalari  integrativligida takomillashtirilgan; 
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirish modeli ritorika, nutq madaniyati, kommunikatsiya psixologiyasi va kasbiy nutq faoliyatini kompleks rivojlantirishga xizmat qiluvchi yaxlit pedagogik mexanizm, nutqiy rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish, nutqiy chiqishlarni yozib olish, tahlil qilish va qayta ko‘rish imkonini beruvchi vositalarni tavsiya etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishda baholash mezonlari  nutqning mantiqiyligi va izchilligi, fikrni aniq va ravon ifodalash, dalillarni asoslash va ishontirish darajasi, auditoriya bilan aloqa o‘rnatish, nutq texnikasi,  nutqiy xatolarni aniqlash va tuzatish kabi indikatorlar vositasida aniqlashtirildi hamda ilmiy tavsiyalar shakllantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning kommunikativ kompetentligini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik komponentlarni zamonaviy ta’lim va tarbiya muhitiga joriy etish hamda ular o‘rtasidagi funksional integratsiyani ta’minlovchi ishlab chiqilgan metodik ko‘rsatma va natijalar  asosida:
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari didaktik determinantlar tizimi hamda ularning o‘zaro sinergetik-korrelyasion bog‘liqlik mexanizmlari taksomaniyasi asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2938-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning nazariy bilimlari amaliy nutqiy mashqlar, muammoli vaziyatlar, dialogik va monologik chiqishlar, taqdimotlar hamda refleksiv topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirildi;
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishning strategik yo‘nalishlari multimodal o‘quv muhitini rivojlantirish asosida mentorlik dasturlari, aralash ta’lim, gamifikatsiya usullari hamda “flipped learning” texnologiyalari  integrativligida takomillashtirishga doir takliflardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2025-2027-yillarga mo‘jallangan “ErasmusT KA 171 Programme Erasmus + Staff and student mobility” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 16-oktyabrdagi 22-01-804/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologik model akademik va kasbiy kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim mexanizmlarini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi;
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirish modeli ritorika, nutq madaniyati, kommunikatsiya psixologiyasi va kasbiy nutq faoliyatini kompleks rivojlantirishga xizmat qiluvchi yaxlit pedagogik mexanizm, nutqiy rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish, nutqiy chiqishlarni yozib olish, tahlil qilish va qayta ko‘rish imkonini beruvchi vositalarni tavsiya etish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2938-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda notiqlik kompetensiyasi germenevtik qobiliyatlar asosida rivojlanishining imkoniyatlari kengaytirishiga sharoit yaratilgan;
talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirishda baholash mezonlari  nutqning mantiqiyligi va izchilligi, fikrni aniq va ravon ifodalash, dalillarni asoslash va ishontirish darajasi, nutqning grammatik va uslubiy to‘g‘riligi, auditoriya bilan aloqa o‘rnatish, nutq texnikasi,  nutqiy xatolarni aniqlash va tuzatish kabi indikatorlar vositasida aniqlashtirildi hamda ilmiy tavsiyalardan “Talabalarda notiqlik kompetensiyalari shakllantirish texnologiyasi” nomli elektron o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-maydagi 02/01-01-169-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarda notiqlik kompetensiyasining shakllanish samaradorligi baholash indikatorlari asosida o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiv tahlil va individual rivojlanishni monitoring qilishga xizmat qiluvchi interaktiv topshiriqlar hamda baholash vositalari tizimlashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish